Asosiy fanlarni o’zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni
o’rnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.Bunga turli darslarga, tushunchalarga ko’p marotaba qaytishi ,
ularni chuqurlashtirish va boyitish , shu yoshga tushunarli bo’lgan bo’lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday
qilib yaxshi shakllangan tuzilish va o’kazish tartibga ega bo’lgan , tarkibiga shu o’quv predmetiga tegishli bo’lgan tushunchalar guruhi
kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Integrasiya kursi - o'quv fanlaridan biri bo'lib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni
shakllantirish uchun o'rganiladi.
U har xil turlar,usullar, uslublar, fanlararo integrasiya ob'ektlari asosida tuzilgan.
Integrasiya kurslarining sinflarga bo'linishini turli asoslarda qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida : maktab tabiiy- ilmiy
tizimidagi vazifalari asosida: qo'shiluvchi fan tarmoqlari asosida integrasiya usullari va yo'llari asosida: o'quv rejasidagi o'rni asosida:
kursni o'rganishda sarflangan vaqt asosida: o'quvchilar uchun qiyinli darajasi asosida va h.k. Shuni e'tiborga olamizki, bu kurslarning
mualliflari odatda o'z oldilariga bir necha maqsad va muammolarni echish masalasini qo'yadilar, shu sabali kurslar ko'p maqsadli, turli
vazifali bo'ladi.
Ko'p miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarini ko'rib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yo'nalishlarini
ajratishimiz va ularni moxiyatiga qarab sinflarga bo'lishimiz mumkin.
Integrativ ta'limning sinflarga bo'linishi (klasifikasiya).
1. Ko'p fanlar integrasiyasi.
Ularni ya'ni universal yoki bir necha asosiy tizim kurslarini almashtiruvchi umumiy deb ham atash mumkin. Masalan, o'qish, tabiat,
rasm darslarining bitta umumiy darsga birlashtirish.
Odatda, bunday kurslarning mualliflari tabiiy fanlar materiallarini birlashtirib, ularni bir ma'lum tizimga keltirishida va o'z kurslarini
integrativ yoki kompleks (umumiy) deb ataydilar. Ko'rinib turibdiki boshlang'ich ta'lim tizimidagi tabiiy fanlar materiallarini berishda
to'g'ri ketma-ketlikga faqat darslar tuzilishini saqlab qolibgina erishish mumkin. Ba'zi e'tiborli olimlar ta'kidlaydilarki, bu ananaviy
maktablarda ham tabiiy fanlarni ketma-ket o'rganish yo'li b ilan ham hal qilinmoqda. Bir qator olimlar boshlang'ich ta'limga ham
darslarga ajratib o'qitish ananalari tarqalgan deb hisoblaydilar.