Masalalar bilan dastlabki tanishuv




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana24.11.2022
Hajmi0.64 Mb.
#31578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MATEMATIKA O\'QITISH METODIKASI KURS ISHI

1.2. Masalalar bilan dastlabki tanishuv 
Boshlang‘ich 
sinflar 
matematika 
darslarining 
dastlabki 
kunlaridayoq 
o‘quvchilarga ―Masala terminini qo’llash bilan birga uning boshqa xil 
topshiriqlardan farqini bolalarga tushuntirib berish kerak. Bu ing uchun quyidagi 2 
masalani taqqoslash mumkin. 
1. Ikkita ko’k va bitta qizil rangli mashinalar tasviri tushirilgan rasmdan 
foydalaniladi. O’qituvchi so’raydi: ―Rasmda nimani ko’ryapsiz? (Ikkita ko’k 
va bitta qizil mashina.) ―Rasmdagi mashinalar soni qancha? (3 ta.) O’qituvchi 
misoldagi barcha ma‘lumotlar aniq ekanligini ta‘kidlaydi. (Hammasi rasmda 
ko’rinib turibdi). Shundan so’ng boshqa masalani ko’rib chiqishni tavsiya 
etadi. 2. ―Karimda 2 ta, Po’latda esa 4 ta marka bor edi. Karim va Po’latda 
jami qancha marka bor? O’qituvchi dastlab 2 ta markani olib, konvyertga 
soladi, keyin 4 ta markani olib, shu konvertga soladi. – ―Bu masalada biz 
uchun nima ma‘lum va nima noma‘lum? (Karimda 2 ta, Po’latda 4 ta marka 
borligi ma‘lum edi. Ammo, ulardagi jami markalar soni noma‘lum). – Bu 
savolga javob berish uchun arifmetik amallarni qo’llash kerak, ya‘ni ma‘lum 
markalar miqdorini qo’shish yoki ayirish kerak bo’ladi. Xo’sh, shu amallarning 
qay biridan foydalanish mumkin? (Qo’shish). – Hozir bajarmoqchi bo’lgan 
vazifa ham masala deb ataladi. Masalaning shartlari shunday: ―Karimda 2 ta, 
Po’latda 4 ta marka bor edi. Savol: Karim va Po’latda jami qancha marka bor? 
Mashg’ulot so’nggida o’qituvchi masalada nima ma‘lum va nima noma‘lum 
ekanini tushintiradi. So’ng yechimni yozuv shaklida (2+ 4 = 6 marka) va 


11 
javobni (6 marka) ko’rsatadi. Shu mashg’ulotda qoldiqni topish bo’yicha ham 
masalani o’tish mumkin. 
2. Masala. ―Tupda 7 bosh pomidor o’sayotgan edi. Shundan 2 tasini uzib 
oldilar. Tupda qancha pomidor qoldi? Stolda pomidor (yoki boshqa o’simlik - 
olma, nok, anor, bodring) modyeli bo’ladi. O’qituvchi o’quvchini yoniga 
chaqirib, 7 ta pomidorni olib, alohida idishga (konvertga) joylashtirishni 
so’raydi. – Tupda 7 ta pomidor borligini bilamiz. 
Yana nimani bilamiz? Shundan 2 tasi uzib olinganini bildik. 
– Endi, bolalar nima qilishi kerak? Konvertga (idishga) yana 2 ta pomidor 
qo’shib qo’yishimiz kerakmi yoki 2 ta pomidorni ajratib olishimiz kerakmi? 
(pomidorni uzib olishgan, demak, uning soni kamaygan. Shuning uchun 
konvertdan (idishdan) 2 ta pomidorni ajaratib olishimiz kerak bo’ladi.) – 
Masalani qaysi amalni qo’llash bilan yechishimiz mumkin? (ayirish amali 7 – 2 
= 5. Bu masalani yechimi barobar 5 ta pomidor qolgan.) Ko’rgazmali 
ashyolardan foydalanish jarayonida predmet-larni qayta-qayta sanashga yo’l 
qo’ymaslik kerak. Shunda zaruriy arifmetik amalni tanlash zaruriyati tushunarli 
bo’ladi. Yana mashg’ulot davomida vaziyatni yaratish kerakki, arifmetik 
amalni tanlash - masala shartlarini tahlil etish bilan fikrlashga asoslanishi 
lozim. Qo’shish, ayirish, sonlarni bir necha birlikka ajratish yoki kamaytirish 
bilan bog’liq masalalarni yechish jarayonida bolalarni masala shartlarini tahlil 
etish, ma‘lum va noma‘lumlarni to’g’ri aniqlash, ular o’rtasidagi o’zaro 
aloqalarni bog’lash, arifmetik amal tanlashni asoslashga o’rgatish zarur. 
Bolalar masalani yechish uchun kerakli arifmetik amalni ongli ravishda 
tanlashga o’rganishlari uchun masalani quyidagi shakldagi matnini ham tavsiya 
etish mumkin. 
―Daraxtga 10 qush qo’ngan edi. Ulardan avval 2 qush, keyin yana 4 ta qush 
uchib ketishdi. Daraxtdan qancha qush uchib ketdi? 
Masalaning tahlili ko’rgazmali vositalar yordamida olib borilishi tavsiya 
etiladi. O’qituvchi masala shartlarini bo’lak-bo’lak qilib o’qib, matnni rasmlar 
orqali tushuntiradi. ―Daraxtda 10 qush qo’ngan edi. (Rasmlarni ko’rsatdi). 


12 
Avval 2 ta qush uchib ketdi. (Rasmlardan 2 tasini ayirib, konvertga soladi). 
Keyin yana 4 ta qush uchib ketdi. (Yana 4 ta qush rasmini olib, konvertga 
soladi). O’qituvchi bolalarga masala shartini chuqur anglatib, nima ma‘lum, 
nima noma‘lumligini aniqlashga hamda qaysi amal orqali uni yechish 
(noma‘lumni topish) mumkinligini tushintiradi. So’ngra bolalarning diqqatini 
masala shartida bo’lgan 10 soniga qaratadi. – Biz masalani yechishda bu 
sondan foydalandikmi? (Yo’q, u ortiqcha ekan.) Bunday vaziyat bolalarni 
masala shartlarini diqqat bilan tahlil etib, uni yechish zaruriy amalni tanlashga 
majbur etadi. Masalalar yechishning boshlang’ich sinflarda o’rganiladi-gan u 
yoki bu nazariy materiallarni o’zlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta‘kidlab, 
programmada shunday deyiladi: ―Natural sonlar arifmetikasi va nolni 
o’rganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida 
tuziladi. Bu degan so’z xar bir yangi tushunchani tarkib toptirish xar doim bu 
tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qo’llanishini 
talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan bog’lanadi. 
Arifmetik amallarning mazmunini, amallar orasidagi bog’lanishlarni, amal 
komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarni ochib berishda, har xil 
miqdorlar orasidagi bog’lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan 
foydalaniladi (yechilishi uchun bitta amal bajarish talab qilinadigan masalalar 
sodda masalalar jumlasiga kiradi ). Sodda masalalar o’quvchilarni matematik 
munosabatlar bilan tanishtirishning muhim vositalaridan biri bo’lib xizmat 
qiladi. 
Sodda masalalardan ulushlar, qator gyeometrik tushunchalar va algebra 
elementlarini o’rganishda ham foydalaniladi. Sodda masalalar o’quvchilarda 
murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo’ladigan bilimlar, malakalar va 
ko’nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Yechilishi 
uchun bir nechta o’zaro bog’liq amallarni bajarish talab qilinadigan masalalar 
murakkab masalalar deyiladi. Sodda masalalar kabi murakkab masalalar ham 
bilimlarni 
o’zlashtirishga, 
olingan 
bilimlarni 
mustahkamlash 
va 
mukammallashtirishga xizmat qiladi. 


13 
Sodda va murakkab masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini 
rejalashtirishning foydali vositasi bo’lib, odatda, o’z ichiga ―yashirin 
informatsiyani oladi. Bu informatsiyani qidirish, masala yechuvchidan analiz 
va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va 
hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o’rgatish matematika 
o’qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. 
Masalalar yechish orqali o„quvchilarda ushbu malakalar tarkib topmog„i 
lozim.
1. Masalani tinglashni o„rganish va uni mustaqil o„qiy olish. Masala ustida 
ishlash uning mazmunini o’zlashtirishdan boshlanadi. O’quvchilar hali o’qish 
malakasiga ega bo’lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o’qituvchi o’qib 
beradigan masala matnini tinglashga, shartning muhim elementlarini tovush 
chiqarib ajratishga o’rgatish kerak. Shundan keyin masala shartini yaxshiroq 
o’zlashtirish maqsadida, har bir o’quvchi masala matnini tinglabgina qolmay, 
balki masalani mustaqil o’qib chiqishi zarur; Masala matni o’qituvchi yoki 
o’quvchilar tomonidan bir-ikki marta o’qiladi, ammo bunda bolalarni masala 
matnini bir marta o’qishdayoq uning mazmunini tushunib olishga asta-sekin 
o’rgata borish kerak. 
2. Masalani dastlabki analiz qilish (ma‟lumni noma‟lumdan ajarata olish 
malakasi). Ma‘lumni noma‘lum-dan, muhimni nomuhimdan ajratish, masalada 
berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog’lanishni ochish - bu eng muhim 
malakalardan biri. Bunday malakaga ega bo’lmay turib, masalalarni mustaqil 
yechishga o’rganib bo’lmaydi. 
3. Masalani qisqa yozish malakasi. Masala matni ustida og’zaki ishlagandan 
keyin uning mazmunini matematik atamalar tiliga o’tkazish va qisqa yozuv 
shaklidagi matematik strukturasini belgilash kerak (rasmlar, chizmalar, 
sxemalar, jadvallar). Shuni nazarda tutish kerakki, barcha hollarda ham qisqa 
yozuvni bajarish bilan bir vaqtda masala shartining tahlii ham amalga 
oshiriladi. Aslini aytganda, qisqa yozuvning vazifasi shundan iborat. Haqiqatan 
ham masala shartining qisqa yozuvi o’quvchilar xotirasiga tayanch bo’lib, son 


14 
ma‘lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi, shu bilan birga ularning 
ratsional yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini bayoniy 
tushuntirish imkonini yaratadi. 
4. Sodda masalalarni yechishda amal tanlashni asoslab berish va murakkab 
masala tahlilini amalga oshirish, so„ngra yechish rejasini tuzish malakasi. 
Oldin sodda masalani yechishda amal tanlash masalasini qarab chiqishga 
to’xtalamiz. Bu malaka birinchi sinfdan boshlab tarkib topa boshlaydi, ikkinchi 
va uchinchi o’quv yillarida yanada rivoj toptiriladi, ya‘ni ba‘zi tanish 
masalalarga nisbatan amal tanlash ishini bajarish asosi o’zgartiriladi. Murakkab 
masalani yechishda masalani tahlil qilish malakasi asosiy ahamiyatga ega. 
Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasiga oid qo’llanmalarda masalani 
tahlil qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi. Masalaning sintetik tahlili 
deyilganda mulohazalarning shunday rivoji tushuniladiki, bunda ikkita son 
ma‘lumotni birlashtirish natijasida bu ma‘lumotlardan nimani bilish 
mumkinligi aniqlanadi, shundan keyin yangi topilgan ma‘lumot bilan boshqa 
ma‘lumot birlashmasiga o’tiladi va masala savoliga javob topilguncha shu ish 
davom ettirilaveradi. Masala tahlilining analitik usuli shunday mulohazalar 
zanjiridan iboratki, bu zanjir boshida masalada berilgan savol turadi. Masala 
savoliga javob topish uchun zarur ma‘lumotlar tanlanadi. Bu ma‘lumotlarni 
boshqa ma‘lumotlardan foydalanib topish mumkin. 
5. Yechimni bajarish, uni o’qituvchi talabiga mos qilib rasmiylashtirish va 
masala savoliga javob berish malakasi. Sodda masalalardan boshlaymiz. Sodda 
masalani arifmetik usul bilan ham, algebraik usul bilan ham yechish mumkin. 
Bu o’rinda masalalarni arifmetik usul bilan yechish haqidagina so’z boradi, 
masalani algebraik usulda yechish keyinroq alohida qaraladi. 
6. Masala yechimini tekshira olish malakasi. Masala yechimining tekshirish 
quyidagi usullarda qo’llaniladi: a) olingan javob bilan masala sharti o’rtasida 
moslik o’rnatish; b) teskari masala tuzish va yechish; v) masalani boshqa 
usullar bilan yechish; g) javobning chegaralarini aniqlash (javobni chamalash); 
d) grafik tekshirish. 


15 
7. Masalalar ustida ishlashda ma‟lum sistemani belgilash va uni joriy qilish 
malakasi. 
Masalalar ustida ishlash rejasi
1. Masalani o’qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini o’zing 
tasavvur qiling 
2. Masalada nima ma‘lum va nimani topish kerakligini aniqlab oling. Agar masala 
matnini tushunib olish qiyin bo’lsa, uni qisqa yozing (yoki masalaga oid chizma 
tayyorlang).
3. Qisqa yozuv bo’yicha har bir son nimani ko’rsatishini tushuntiring va masala 
savolini takrorlang 
4. O’ylab ko’ring, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar 
mumkin bo’lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin? Masalani 
yechish rejasini tuzing. 
5. Yechishni bajaring va javobini yozing. 
6. O’z yechimingizning to’g’riligini tekshirib ko’ring. 
7. O’zingizga qiziqarli savollar bering va ularga javob bering.
Bunda ilg’or o’qituvchilar ishlarida o’quvchilarni mustaqil masalalar yechishga 
o’rgatishning bir qancha bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin: 
1-bosqich. 
Masala o’qituvchining yo’naltiruvchi savollari bo’yicha yechiladi va bu yechish 
doskada va daftarlarda bir vaqtda bajariladi. 
2-bosqich. 
Masala sharti o’qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi va yechish rejasi tuziladi. 
Yechishning o’zi doskaga yozilmaydi, og’zaki aytilmaydi ham, o’quvchilar esa uni 
mustaqil bajaradilar.
3-bosqich. 
O’qituvchi rahbarligida masala faqat analiz qilinadi. Yechish rejasi va 
yechishning o’zini o’quvchilar mustaqil bajarishadi 
4-bosqich. Masalani o’qituvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish. 


16 
O’quvchilarda masalalar yechish malakasini tarkib toptirishda ijodiy 
xarakterdagi mashqlarning ham muhim ahamiyati bor. Bunga quyidagilar kiradi:
1. Masalalarni har xil usullar bilan yechish. 
2. Muammoli xarakterdagi masalalarni yechish. 
3. Masalalar tuzish va ularni almashtirishga doir topshiriqlar. Oxirida shuni 
ta‘kidlab o’tamizki, matematik masala ustida ishlash jarayonida shunga intilish 
kerakki, har bir masala bolalar uchun haqiqiy bilim manbai bo’lib qolsin. Buning 
uchun o’quvchining diqqatini masala shartidan tafakkurini va bilish qobiliyatlarini 
rivojlantiradigan darajada ko’proq ma‘lumotlarni olishga yo’naltirish kerak. 

Download 0.64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masalalar bilan dastlabki tanishuv

Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish