Boshqa tilda oʻqish pdf sifatida yuklash




Download 10.91 Kb.
Sana23.10.2022
Hajmi10.91 Kb.
#27925
Bog'liq
Qurilish-WPS Office
Тест бланка, Meliboyev mahmudjon, Azizbek11-20(1)[1]AAAAAAAAA, slayd4, Laboratoriya 1, ТЕХНИКАВИЙ ВА ТАРИФИЙ МЕЪЁРЛАШ, Mexanik va elektromagnit tebranishlar-genderi.org (3), Kelishilgan (1), 1-Ìa’ruza. Kirish. Kompyuter tarmoqlarining tarixi Kompyuter tar, Dhcp snooping xavfsizlik texnologiyasi-fayllar.org, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” 9 e sinf uchun maxsus

Qurilish
Boshqa tilda oʻqish
PDF sifatida yuklash
Kuzatish
Tahrirlash
Qurilish biror inshootni tayyorlash jarayoni, shuningdek shunday jarayon ketayotgan joydir. Qurilish murakkab jarayon boʻlib, unda bir necha vazifalar amalga oshiriladi.

Bino qurilishi. Melburn, Avstraliya.


Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obʼyektlar Qurilish mahsu-lotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obʼyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Qurilishlarga boʻlinadi.

Qurilish Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Qurilish sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi. 2003-yilda yalpi ichki mahsu-lotning 4,5% (2000-yilda 6,1%), xalq xoʻjaligida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning 4,8% (11,9 ming) Qurilish hissasiga toʻgʻri keladi.

Qurilish xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi.

Qurilish industriyasi negizini davlat, aksiyadorlik, shirkat, xususiy, qoʻshma va boshqa pudrat qurilishmontaj tashkilotlari, shuningdek, oʻz moddiy-texnika va ishlab chiqarish bazasiga, malakali ishchi va mutaxassis kadrlarga ega boʻlgan korxonalar, transport va boshqa yordamchi xoʻjaliklar tashkil etadi. Oʻzbekistonda qurilishmontaj kompaniyalari, korporatsiyalari, qurilish aksiyadorlik jamiyatlari va birlashmalari, quyi pudrat tashkilotlari, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar, loyiha va ilmiy hamda qurilish sohasiga moslashtirilgan ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat koʻrsatadi. Qurilishmontaj ishlarining deyarli barchasini ixtisoslashtirilgan qurilish tashkilotlari amalga oshiradi.


Turar-joy qurilishi.


2003-yilda respublikaning asosiy kapitalini koʻpaytirishga 1867,4 mlrd. soʻm miqdorida investitsiyalar kiritildi. Bu mablagʻning 1236,1 mlrd. soʻmi (65,1%) ishlab chiqarish obʼyektlarini qurish, kengaytirish, takomillashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga yoʻnaltirildi. Barcha mulkchilik shakllaridagi Qurilish tashkilotlari tomonidan jami 808,1 mlrd.soʻmlik Qurilish ishlari amalga oshirildi (shundan 717,4 mlrd. soʻmi yoki 88,8% nodavlat mulkchilik shaklidagi Qurilish tashkilotlari hissasiga toʻgʻri keladi).

Qurilish ishlari umumiy hajmidan 76,9% yangi qurilishlar, faoliyat koʻrsata-yotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga, 23,1% kapital, joriy taʼmirlash ishlariga toʻgʻri keladi. Oʻrta va kichik biznesga mansub qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan Qurilish ishlari hajmi 350,4 mlrd. soʻmni tashkil etdi (respublika boʻyicha bajarilgan qurilish ishlari umumiy haj-mining 43,4%).

Respublikaning turli mulkchilik shakllaridagi qurilish tashkilotlari va korxonalari ixtisoslashtirilgan korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik birlashmalariga uyushgan. Qurilish moddiy-texnika bazasining muhim tarkibiy qismini qurilish materiallari sano-ati tashkil etadi (qarang Kurshshsh materi-allari sanoati).

Qurilishlar quyidagi turlarga ajratiladi:

Bino qurilishi (turar-joylar, jamoat binolari).
Sanoat qurilishi (korxona va fabrikalar).
Yoʻl-transport qurilishi (yoʻl, koʻprik, tunnellar).
Gidrotexnik qurilish (gidroelektrik stansiya, damba, kanallar).
Qurilish materiallari
Boshqa tilda oʻqish
PDF sifatida yuklash
Kuzatish
Tahrirlash
Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, se-ment, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor.

Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi (qarang Keramika, Gʻisht). Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-me-xanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar. yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi (qarang Temirbeton, Temir-beton konst-ruksiyalar). Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqa tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fib-rolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konst-ruksiyalari uchun, quvurlarning issiklik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa Polimeryaarta sin-tetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (li-noleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (pe-noplasshlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. L o k va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari Qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi.

Oʻzbekistonda Qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Uzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilingan (2005-yilgacha).

Adabiyot
Tahrirlash


Stroitelnne materialm [Pod obshey red. V.G.Mikulskogo], M., 2000;

Ko‘proq o‘rganishUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Stub ikona
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Qurilish materiallari deb o'zing tarkibi, xossalrri hom ashyoning turlari, ishlab chiqarish usullari bilan bir biridan farq qiladigan qurilishda ishlatiladigan ashyolarga aytiladi. Masalan: Qum, Gild tuproq, shag'altosh gips, ohak, sement, va hokazo. Qurilish buyumlari deb aynan qurulish materiallaridan tayorlangan alohida buyumlarga aytiladi. Misol: Oddiy pishiq g'isht, temir beton buyumlari yog'och buyumlar vs metal asosida olingan buyumlar.
Download 10.91 Kb.




Download 10.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqa tilda oʻqish pdf sifatida yuklash

Download 10.91 Kb.