• Tashkiliy-mamuriy usullar
  • Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari Boshqarishning iqtisodiy usullari Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari




    Download 76 Kb.
    bet1/5
    Sana25.10.2022
    Hajmi76 Kb.
    #28127
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Boshqaruvning ma\'muriy usullari
    Bolalarni rasnga qarab hikoya qilishga o, amir temur tavalludiga bagishlangan , BLOKCHEYNTEXNOLOGIYASININGISHLASHPRINTSIPIVAQOLLANILISHI (1), BLOKCHEYNTEXNOLOGIYASININGISHLASHPRINTSIPIVAQOLLANILISHI, rtrt

    Mavzu: Boshqaruvning ma'muriy usullari


    Reja:

    1. Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari

    2. Boshqarishning iqtisodiy usullari

    3. Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari


    Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari
    Tashkiliy-ma'muriy usullar boshqarish usullari tizimida alohida o’rin tutadi. Bu usullarga:
    - boshqarish apparatining muayyan strukturasini tuzish;
    - har bir boshqaruv bo’g’inining funktsiyalarini belgilash;
    - kadrlarni to’g’ri tanlash;
    - buyruklar, farmoyishlar va qo’llanmalar chiqarish, ularning bajarilishini nazorat qilish;
    - topshiriqlar va direktiv ko’rsatmalarni bajarmayotgan bo’linma va shaxslarga nisbatan majburiy choralarni qo’llash kiradi.
    Tashkiliy-ma'muriy usullar yuqori organlar hokimiyatiga va quyi organlarning bo’ysunishiga asoslanadi. SHuning uchun ularni ko’pincha ma'muriy usullar deb yuritiladi. Yuqori ma'muriy organlar boshqariluvchi ob'ektning bajarishi majburiy bo’lgan tartib-qoidalarni ishlab chiqadi, shuningdek bo’ysunuvchi organlarga farmoyishlar beradi.
    Tashkiliy usullar shu yo’l bilan boshqarish tizimida ichki ongli aloqalarning tarkib topishiga yordam beradi. Bu uslublar boshqarish funktsiyalari bajarilishining:

    • tashkiliy barqarorligini;

    • intizomliligini;

    • muvofiqliligini;

    • uzluksizligini ta'minlaydi.

    Tashkiliy-ma'muriy usullar boshqaruv organlarining o’zaro aloqada ishlashini, boshqaruv munosabatlarini aks ettirib, boshqariluvchi ob'ektlarga ma'muriy ta'sir ko’rsatishning butun mexanizmini ifodalaydi.
    Shu bilan birga, ma'muriy yoki to’g’ridan-to’g’ri boshqaruv usuli xo’jalik yurituvchi sub'ektning tanlash erkinligini cheklab qo’yadi, muayyan huquqiy chegaralarini belgilaydi. O’z mohiyatiga ko’ra ma'muriy boshqarish bozorga xos bo’lgan tartibga solish harakatiga to’sqinlik qiladi.
    Biroq, rivojlangan bozor sharoitida ham boshqarishning ma'muriy usullari o’z ahamiyatini saqlab qoladi va zarur bo’lganda ulardan foydalaniladi. Xususan, bozor iktisodiyoti rivojlangan hamma mamlakatlarda ma'muriy usullar vositasida monopoliyaga qarshi siyosat amalga oshiriladi. Davlat bozorning monopollashtirilishiga to’sqinlik qiladigan ma'muriy cheklovlar tizimini belgilaydi, monopol kompaniyalar faoliyatini direktiv yo’sinda boshqaradi.
    Ma'muriy usullardan;

    • iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish;

    • atrof-muhitni muhofaza qilish;

    • xavfli texnologiyalardan foydalanish, zararli ishlab chiqarish chiqitlarini chiqarib tashlashni ta'qiqlash;

    • odamlar sog’lig’iga zararli mahsulotni reklama qilishni ta'qiqlash kabi sohalarda faol foydalaniladi.


    Download 76 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqarishning tashkiliy-ma'muriy usullari Boshqarishning iqtisodiy usullari Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari

    Download 76 Kb.