Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida




Download 30.57 Kb.
bet1/5
Sana17.04.2023
Hajmi30.57 Kb.
#51996
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida
Xalqaro mehnat taqsimoti, In the name of Sharof Rashidov, 1 октября день учителей и наставников, Qo`qon xonligi madaniyati dars ishlanma, my dreams, Toshpo‘latova Nilufar Narimon qizi, 259-Мактаб паспорти 2023 (1), Mehnat bozori – bozor iqtisodiyotining muhim elementi sifatida.

Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida

Reja:



Kirish
1. Boshqaruv maqsadalari va ularga qo‘yiladigan talabalar
2. Boshqaruv maqsadari turlari
3. Maqsadlarga qo‘yiladigan talabalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Boshqarish (iqtisodiyotda) — xoʻjalik obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni; subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obʼyektlarga ongli maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Boshqaruv usullari boshqariladigan obʼyektning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni nazarda tutadi. Boshqaruv xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib boriladi. Boshqaruvning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiyruxiy usullari mavjud. Boshqaruvning iqtisodiy usulidakutilganmaqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar (rejalashtirish, texnikiqtisodiy taxlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq va boshqa dastaklar)dan toʻgʻri foydalanish muhim oʻrin tutadi, ishlab chiqarish jamoasini tashkil etadigan kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi taʼminlanadi (mas, ishchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla katta pul bilan takdirlash va boshqa ragʻbatlantirish choralari). Boshqaruvning maʼmuriy usuli buyruq va farmoyishlar asosida olib boriladi. Maʼmuriyat oʻz xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni, shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, masʼuliyati va huquqini belgilaydi. Unda rejalashtirish, resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish markazlashtirilgan tartibda olib boriladi. Ijtimoiyruhiy usuldagi Boshqaruv ijtimoiymaʼnaviy vaziyatga taʼsir etish orqali kishilarning feʼlatvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirish yordamida olib boriladi.
Boshqaruv tarkibiy jihatdan korxona, firma, kompaniya, birlashma va boshqa miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi. Boshqaruv ishini davlatning boshqaruv organlari yoki boshqaruvchshshr (menejerlar) amalga oshiradi.



  1. Download 30.57 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 30.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshqaruv obyektiv zaruriyat va maqsadga yo`naltirilgan jarayon sifatida

Download 30.57 Kb.