• BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING PREDMETI VA VAZIFALARI Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chiqaradi va boshqaruv psixologiyasi
  • Boshqaruv psixologiyasi




    Download 3.2 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/146
    Sana01.06.2022
    Hajmi3.2 Mb.
    #22672
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146
    Bog'liq
    бошқарув психалогияси
    SAKRASH VA ULOQTIRISH TURLARI, Dissotsiyalanish, Mustaqil ish mavzular 4, Hisob grafik isi 2022-1 semastr, 571178, NASIMOV O elektronika va sxema1 15-lab, 3 sinf dar isshlanma matem, 05 09 02 Geotexnika-Yo‘llar-yo‘llarni-raqamlashtirish-va-yo‘l-harakati-xavfsizligi.-Yo‘l-telematikasi-yo‘nalishlari-bo‘yicha, Statistik g’ujanak, 5-ma’ruza mavzu Aralashtirgichlar. Tindirgichlar va ularning tu, 7 амалий тиббий билим, jaroxat turlari, Daily plan for a month, 100 Quotes To Read When Stressed by Lee Journey B
    I QISM 
     
     
     
    MENEJMENT 
    EVOLYUTSIYASI
     


    17 
    I bob 
    NAZARIYADAN AMALIYOT SARI 
    TARIXIY YUKSALISHLAR 
     
    1-bobning 
    qisqacha 
    mazmuni 
    Mazkur 
    bobda 
    Siz 
    boshqaruv 
    psixologiyasining 
    predmeti 
    va 
    vazifalari; 
    boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixi; 
    ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy 
    tashkil etish maktabi; insoniy munosabatlar 
    maktabi; boshqaruvda klassik yoki ma‟muriy 
    maktab; insoniy munosabatlar maktabi; miqdoriy 
    yondashuv; 
    boshqaruvga 
    jarayon 
    sifatida 
    yondashish; tizimli va vaziyatli yondashuvlar
    inson kapitali nazariyasi; inson resurslarini 
    rivojlantirish 
    konsepsiyasi; 
    boshqaruv 
    nazariyalari; liderlikka oid nazariyalar va 
    superliderlik fenomeniga oid fikr-mulohazalar 
    bilan tanishasiz. 


    18 
    BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING PREDMETI VA 
    VAZIFALARI 
    Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib 
    chiqaradi va boshqaruv psixologiyasi aynan shu munosabatlar tarkibini o„rganadi. 
    Ko„rib o„tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va 
    vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub‟yekti va ob‟yekti o„rtasida 
    yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy 
    qismlari o„zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.
    Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv fanida subordinatsiya 
    deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. 
    Subordinasiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat 
    va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat 
    rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi 
    jihatidan barobar tashkilot a‟zolari o„rtasidagi munosabatlarni ham o„rganadi. 
    Tizimning 
    bunday 
    qismlari 
    o„rtasidagi 
    munosabatlarni 
    o„zaro 
    muvofiqlashtirish, 
    ular 
    o„rtasidagi 
    hamjihatlik 
    shakllarini 
    yanada 
    mukammallashtirish koordinatsiya tadbirlarida namoyon bo„ladi.
    Boshqaruvdagi subordinatsiya va koordinatsiya munosabatlari tashkilot 
    miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug„diradi. Demak, 
    vertikal aloqalar o„zaro itoatdagi xodimlar o„rtasida yuzaga keluvchi 
    munosabatlardan iborat bo„lsa, gorizontal aloqalar o„zaro koordinatsiyani, ya‟ni 
    tizimning teng va mustaqil qismlari o„rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. 
    Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o„zining rasmiy va norasmiy 
    ko„rinishiga ham ega. 
    Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy 
    munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o„rtasidagi 
    ixtiyoriylik va o„zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv 
    psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta‟kidlangan munosabatlarni 
    yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
    Boshqaruv psixologiyasining boshqa 
    turkum 
    vazifalari boshqaruv 


    19 
    metodlarini shakllantirish bo„lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini 
    ta‟minlash maqsadidagi ta‟sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir
    Tashkilot personaliga ta‟sir etish uslublarini uch guruhga bo„lamiz: 
    ma‟muriy, moddiy va ma‟naviy shakllarda ta‟sir etish. Bularning har birida 
    ma‟lum psixologik mazmun namoyon bo„ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan 
    sifatida, bu choralarning xodimga ta‟sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
    Bunday ta‟sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya‟ni 
    bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg„otish masalasiga katta e‟tibor qaratiladi. 
    Boshqaruv ob‟yektiga ta‟sir etish uslublariga ko„ra, uning bevosita va bavosita 
    ta‟sir shakllari ajratiladi.
    Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv 
    sub‟yekti va ob‟yekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko„z oldimizga 
    keltirsak, boshqaruv sub‟yekti sifatida rahbarni, ob‟yekt tarzida esa xodimni va 
    mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Biroq, rahbar o„z faoliyatini tashkil 
    etishi va o„z-o„zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub‟yekti, balki ob‟yekt 
    sifatida ham tushunish zaruratini qo„yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, 
    o„z-o„zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi 
    asosiy mavzulardan biriga aylanadi.
    Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining 
    predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.

    Download 3.2 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146




    Download 3.2 Mb.
    Pdf ko'rish