• Tyagonaporomer
  • Manometr — absolyut va ortiqcha bosimni o‘lchaydi; Barometr




    Download 27.1 Kb.
    bet2/5
    Sana21.02.2023
    Hajmi27.1 Kb.
    #43004
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    55-19 Javohir BOSIM OLCHASH USULLARI
    Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, Idul Fitri, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2
    Manometr — absolyut va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;

  • Barometr — atmosfera bosimini o‘lchaydi;

  • Vakuummetr — berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining kamayishi (siyraklanishi) ni o‘lchaydi;

  • Monovakuummetr — ortiqcha bosim va bosim kamayishini o‘lchaydi;

  • Naporomer—kichik kiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi;

  • Tyagomer — kichik qiymatli siyraklanishini o‘lchaydi;

  • Tyagonaporomer — kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;

  • Differensial monometrlar — ikki bosim ayirmasini (bosim o‘zgarishini) o‘lchaydi.


    SUYUQLIKLI BOSIM O‘LCHASH ASBOBLARI
    Bu asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko‘pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi.
    Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llaniladi. Ularda ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday holatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosi­mi bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli monome­trlar ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. SHunday suyuqlikli asboblar gruppasi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi po‘kakning siljishiga olib keladi yoki boshqa qurilma xarakteristikalarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu xarakteristikalar yo raqamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi.
    Suyuqlikli asboblarning ba’zi xillarini ko‘rib chiqamiz.


    Ikki naychali manometrlar. Bosim va bosimlar ayirmasini (farqini) o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali simon manometrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi (4.1-rasm). Ikki vertikal tutash naycha 1, 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo‘lib, unga shkala 4 mahkamlangan.
    Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismdagi bosim bilan mos kelsa, sistema muvozanat holatda bo‘ladi. SHunday qilib, quyidagi ifodani yozish mumkin:
    (4.5)
    bu erda Rabs – o‘lchanayotgan bosim, Pa; Ratm – atmosfera bosimi, Pa; s – naycha kesimining yuzi, m3N – suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m; ρ – suyuqlikning zichligi, kg/m3ρ1 – manometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3; g – tezlanish kuchi, m/s2.


    Demak,
    (4.6)

    (4.7)
    Agar manometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda:
    (4.8)
    Suyuqlik ustupi balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini sanab chiqish kerak (bitta tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini va ularning qiymatini ko‘shish lozim, ya’ni


    (4.9)
    Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli dif­ferensial ikki naychali manometrning bir tomoniga (musbat) katta bosim, ikkinchi tomoniga esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tomonlardagi suyuqlik sathining farqi o‘lchanayotgan bosimlar farqiga proporsional (∆R):
    . Бир найчали манометр.

    manometrlarda kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish uchun ichki diametri 8–10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi.
    Agar ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin.
    Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan muhitning zichligi ρ ham ρ1h1 va h2 balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat.


    Download 27.1 Kb.
  • 1   2   3   4   5




    Download 27.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Manometr — absolyut va ortiqcha bosimni o‘lchaydi; Barometr

    Download 27.1 Kb.