|
Plastidalarning uch xil turi mavjud
|
bet | 2/3 | Sana | 03.07.2024 | Hajmi | 6,7 Mb. | | #266542 |
Bog'liq 5-sinf botanika 06.Hujayra – tiriklikning asosi Plastidalarning uch xil turi mavjud:
1. Leykoplastlar — rangsiz plastidalar, monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil qilishda ishtirok etadi (ayrim leykoplastlarda oqsil va moylar ham to‘planadi).
2.Xromoplastlar — har xil rangga ega plastidalar. Ular gullar va mevalarga rang beruvchi karotinoidlardan iborat. 3. Xloroplastlar — yashil pigmentlar, fotosintez jarayonini amalga oshi radi.
O’simlik hujayrasi hujayra qobig’I va uning ichidagi tirik qism: protoplastdan tuzilgan. Protoplast tarkibida sitoplazma, yadro, mitoxondriya, plastida, vakuola kabi tirik organoidlar mavjud.
Hujayra membranasi hujayraga mexanik mustahkamlik beradi hamda moddalami yutilishida ishtirok etadi. Yosh hujayralarda po‘st o'sish qobiliyatiga ega. U protoplast komponentlaridan hosil bo‘ladi. Membranalar asosan lipoproteidli tuzilmalar bo‘lib 60% oqsil moddalardan, 40% esa lipidlardan, xususan, fosfolipidlardan iborat. Ulaming qalinligi 6-10 nm. Sitoplazma murakkab sistema bo‘lib, Vinda Goldji apparati, endoplazmatik to‘r, ribosoma, nvkronaycha va boshqa submikroskopik tuzilmalar joylashgan.
Organizmning hujayralari bir-birlari bilan plazmodesmalar deb ataluvchi sitoplazmatik ipchalar-kanalchalar bilan bog‘langan bo‘lib ular orqali hujayralararo moddalar almashinuvi ro‘y berib turadi. Yadro. Irsiy belgilami saqlovchi organoid bu yadrodir. 0 ‘simlik hujayrasi yadrosining diametri 10 mkm atrofida bo‘lib, ikkita membrana (ichki va tashqi) bilan o'ralgandir. Endoplazmatik retikulum (ER).
Ular kanalcha, pufakcha sistemachalardan, konus va yarim shar shakl idagi tutashgan tanachalardan iborat.
ER membranalarining yuzasi boshqa organoidlar yuzasidan katta bo‘lib uning o‘zi hujayraning 16% hajmini egallaydi. Ulaming yuzasida ribosomalar joy lashib oqsillar sintezini ta’minlaydi.
Endoplazmatik to‘rlar bir-birlari bilan plazmodesma iplari bilan tutashib umumiy hujayralararo va organoidlararo moddalar almashinuvini ro‘yobga chiqaradi. Golji apparati (GA). Ular 7-8 nm qalinlikdagi membrana bilan o‘ralgan diktiosomalar, vezikulalar va sistemalar to‘plamidan iboratdir. Ular endoplazmatik to‘rdan pufakchalar holda ajralib disk tayoqchalar ko'rinishida to‘planadi. 0 ‘simlik hujayralarida bir nechtadan bir necha yuztagacha GA uchrashi mumkin. GA ni membranasi endoplazmatik to‘r va plazmolemma membranasi bilan tutashgan bo'ladi. GA plazmolemma va hujayra qobig‘ini shakllanishida ishtirok etadi. Shuningdek, GA, vezikulalari tufayli hujayralarda sekretorlik ya’ni shilimshiqsimon-suyuq moddalarni chiqarib tashlashda ham qatnashadi. Golji apparatining diktiosomalarida gliko-proteinlar va gliko-lipidlar shakllanadi. Ribosoma. Ribosomalaming har biri ikkita nukleoproteiddan iborat bo‘lib diametri 20-30 nm. Ular katta va kichik bo‘lakchalardan tuzilgan, bo‘lib kattasining diametri odatda 12-15 nm, kichigi esa 8-12 nm atrofida bo’ladi. U yadrochada sintezlanadi va sitoplazmaga tushib mRNK molekulasida yig’iladi. Mitoxondriyalar. Mitoxondriyalar ham xuddi xloroplastlarga o ‘xshash yadro membranalaridan uzilib chiqqan pufakcha-initsial tanalardan hosil boradi. Mitoxondriyalar ham qo‘sh membranali organoiddir.Asosiy energetik jarayonlar va ATF sintezi shu organoidda boradi. 0 ‘simlik hujayrasi mitoxondriyalarining uzunligi 1-5 mkm, diametri 0,4-0,5 mkm boradi. Bitta hujayrada 50-2000 atrofida mitoxondriyalar bo’lishi mumkin. Lizosomalar-membranalar bilan chegaralangan organoidlardir. Ular endoplazmatik to‘r yoki Golji apparatidan hosil bo‘ladi.
Xulosa shundan iboratki, hujayra murakkab tuzilishga ega.
Barcha tirik organizmlarning moddiy asosidir!!!!
|
| |