• Bajardi:Botirov Rixsiboy Botir o’g’li 116-21 Guruh Sirtqi. Qabul qildi:Xalmamatova L.A. TOSHKENT-2021
  • Botirov rb val(2). docx




    Download 2.08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana29.10.2022
    Hajmi2.08 Mb.
    #28496
      1   2
    Bog'liq
    116-21Botirov RB val(2)
    Akramov Davlat, Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik iqtisodiy xusus, 412220, ВВЕДЕНИЕ, 32-20 (2), issledovanie-faktorov-vliyayuschih-na-razvitie-transportnoy-sistemy-regiona, Geodeziya (O .O tanov), 5. Илмий кенгаш аъзолари қатнашувчилар Алимов Х, СВЯЗНОСТЬ, Asad. infarmatika, Mirzo vazifa-Model.pdfnew12, 999, Mengishov Baxtiyor, matlab tenglama VARIANT


    Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi
    Toshkent Arxitektura qurilish instituti
    “Bino va inshootlar qurilishi”fakulteti
    “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi
    “Jismoniy tarbiya” fanidan
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu:
    Irsiyat va o‘zgaruvchanlik
    .
    Bajardi:Botirov Rixsiboy Botir o’g’li
    116-21 Guruh Sirtqi.
    Qabul qildi:Xalmamatova L.A.
    TOSHKENT-2021


    Reja:
    1.Genetika fani.
    2. Mеndеlning monoduragay chatishtirishda dominantlik
    va rеtsеssivlik, gomozigota va gеtеrozigota tushunchalar.
    3. Mеndеlning diduragay chatishtirishining sitologik
    asoslari.
    4.Fenotipik o‘zgaruvchanlik.
    5.Genotipik o‘zgaruvchanlik.



    Genetika (yun. genezis — kelib
    chiqish, paydo boʻlish) — barcha tirik
    organizmlarga xos boʻlgan irsiyat va
    oʻzgaruvchanlikni hamda ularni
    boshqarish metodlarini oʻrganadigan
    fan. G.ning asosiy vazifasi irsiyatning
    moddiy asoslari hisoblanadigan
    xromosoma, genlar va nuklein
    kislotalar (DNK, RNK) tuzilishi
    hamda funksiyalarini tadqiq qilish
    orqali organizmlar belgi va
    xususiyatlarining rivojlanishi va
    kelgusi avlodlarga oʻtishini ochib
    berishdan iborat. Har xil fizik va
    kimyoviy omillar taʼsirida


    organizmlarda irsiy
    oʻzgaruvchanlikning paydo boʻlishi
    va uning organizmlar
    evolyutsiyasidagi ahamiyatini tadqiq
    qilish ham G.ning vazifalari
    qatoriga kiradi. Madaniy
    oʻsimliklarning serhosil navlari,
    hayvonlar va mikroorganizmlarning
    mahsuldor zotlari va shtammlarini
    yaratish; irsiy kasalliklarning paydo
    boʻlish sabablarini oʻrganish asosida
    ularning oldini olish va davolash
    usullarini ishlab chiqish; ekologik
    muhitning irsiyatga salbiy taʼsir
    etuvchi omillarini oʻrgaiib,
    genofondni saqlab qolishni genetik


    jihatdan asoslab berish G. tadqiqotlarining amaliy muammolarini
    ifodalaydi.
    G.ning mustaqil fan sifatida shakllanishida chex olimi G. Mendel
    tomonidan 1865 y.da irsiyat qonunlarining ochilishi katta ahamiyatga
    ega boʻldi. Noʻxat ustida olib borgan tajribalari asosida G. Mendel
    G.ning asosiy metoda hisoblangan duragaylash orqali irsiyatni


    oʻrganish metodiga asos soldi. U organizmlar belgi va xususiyatlarini
    kelgusi avlodga berishi irsiyat omillari (hoz. tushunchaga koʻra
    genlar) bilan bogʻliqligini taʼkidlaydi. Mendel ochgan qonunlar uzoq
    vaqt eʼtibordan chetda qoldi. Faqat 1900 y.da de-Friz (Gollandiya),
    K. Korrens (Germaniya) va E. Chermak (Avstriya) tadqiqotlari
    tufayli bu krnunlar qayta kashf qilinib, Mendel nom i bilan ataladigan
    boʻldi. Shu sababdan 1900 y. G.ning mustaqil fan sifatida tashkil
    topgan yili hisoblanadi. Biroq G. termini 1906 y. ingliz olimi U.
    Betsonning taklifi bilan berildi. G.ning keyingi rivojlanishi natijasida
    Mendel kashf etgan qonunlarning universalligi uni barcha
    organizmlarga, jumladan odamga ham taalluqli ekanligi isbot qilindi.
    Keyinchalik organizmdagi aksariyat belgilarning irsiylanishida ikki
    va undan ortiq genlar ishtirok etishi bilan bogʻliq boʻlgan
    komplementarlik, epistaz, polimeriya, pleyotropiya hodisalari hamda
    belgilar irsiylanishida allel bulmagan genlarning murakkab uzaro
    taʼsiridan iborat kombinirlangan tip kashf etildi. G.ning Mendel asos



    solgan ushbu yoʻnalishi hozirgi davrda
    yanada tez rivojlanmoqda. Bu yoʻnalish
    klassik genetika, yaʼni mendelizm deb
    ataladi. Mendel yaratgan irsiyat qonunlarini
    isbotlashda sitologiya fani erishgan yutuqlar
    ham katta ahamiyatga ega. Sitologik
    tadqiqotlar tufayli irsiyatning moddiy asosi
    hisoblangan xromosomalar mavjudligi, ular
    soni har bir turning barcha individlari uchun
    bir xil boʻlishi aniqlandi. G. tarixida
    amerikalik genetik T. X. Morgan (1911) va
    uning xodimlari (K. Brijes, A. Stertevant va
    G. Meller) tomonidan asoslab berilgan
    irsiyatning xromosoma nazariyasi alohida
    oʻrin tutadi. Bu nazariyaning ochilishida
    Morgan va xodimlarining jins genetikasi va


    belgilarning jins bilan bogʻliq holda
    hamda ularning birikkan holda
    irsiylanishini oʻrganish natijalari
    katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur
    nazariyaga binoan organizmlar belgi
    va xususiyatlarining irsiylanishi
    irsiyat birligi — genlar orqali amalga
    oshadi; genlar xromosomalarda koʻp
    miqdorda hamda tegishli tarkibda
    chiziq-chiziq boʻlib joylashadi. Bitta
    xromosomada joylashgan genlar
    birgalikda irsiylanadi va ular
    birikkan genlar deb ataladi.
    Irsiylanishning bu xili birikkan holda
    irsiylanish deyiladi. Birikkan
    genlarning irsiylanishi Mendelning


    uchinchi qonuniga mos kelmaydi. Bitta xromosomada joylashgan
    genlarning birikkan holda irsiylanishi haqidagi Morgan kashf etgan
    qonuniyat G.ning toʻrtinchi fundamental qonuni hisoblanadi. Biroq
    birikkan holda irsiylanish mutlaq boʻlmasdan, bir qancha hollarda
    avlodda ota-ona belgilariga nisbatan ajralish roʻy beradi. Bu hodisa


    gomologik
    xromosomalarning
    chalkashuvi
    (krossingover), yaʼni
    ikkita xromosoma ayrim
    qismlarining oʻzaro oʻrin
    almashinishi natijasida
    sodir boʻladi. Bu sohadagi
    i. t.lar tufayli
    xromosomalarda
    genlarning joylashish
    tartiblari aniqlandi, yaʼni
    xromosomalarning
    genetik haritalari tuzildi.














    Download 2.08 Mb.
      1   2




    Download 2.08 Mb.
    Pdf ko'rish