|
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
|
bet | 2/3 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 76,66 Kb. | | #160518 |
Bog'liq Abdug`aniyev Azamat IQ nazariyaBozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.
Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida paydo bo‘ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor takror ishlab chiqarishning bitta fazasini, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa barcha fazalarini – ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi.
Hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida pul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar bajariladi.
Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo‘lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga olmaydi.Bozor sub’ektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub’ektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi.
|
| |