Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta




Download 2.08 Mb.
bet1/23
Sana24.02.2022
Hajmi2.08 Mb.
#18051
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
005 elektrotexnik materiallar
1. Anketa (o\'quvchilar), Test savollari, 2 5239975614265431741, 5-SINF ISH REJA

KIRISH

Mustaqil Respublikamiz uchun ma’naviy yetuk o’z kasb xunarini chuqur egallagan yosh avlodni tarbiyalashda kasb xunar kollejlarning salmoqli o’mi bor. Kasb xunar kollejlarining bitiruvchilari hozirgi kunda vatanimizning barcha tarmoqlarida, jumladan qishloq va suv xo’jaligida faoliyat ko’rsatmoqdalar. Iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish, texnologik jarayonlami takomillashtirish va intensivlash yo’nalishlaridan biri texnologik qurilmalarni xavfsiz, ishonchli o’rnatish, samarali foydalanish, ekspluatatsiya jarayonlarini to’la nazorat qilishni ta’min1ashdir. Istiqbol sharofati bilan ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochiladi, degan edi Prizidentimiz Islom Karimov, biz bu buloqlarning zilol suvlaridan bahramand bo’la boshladik. Respublikamiz istiqloliga erishganidan keyin barcha sohalardagi kabi ta’lim tizimida ham jiddiy islohotlar olib borildi. Ayniqsa, 1997 yil 29 avgustda Respublikamiz Oliya Majlisining lX sessiyasida “Ta’lim to’g’risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan vatanimizning ijtimoiy taraqqiyotida ta’lim ustuvor deb belgilandi va ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilab berildi.


Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta
maxsus ta’lim o’quv muassasalarning fan dasturlarida, o’quv laboratoriya bazalarini zamonaviy o’quv texnik jihozlar bilan jihozlashda, hozirgi zamon fan yutuqlari va zamonaviy texnik taraqqiyotning so’nggi yutuqlari asosida yaratilgan o’quv adabiyotlarini yaratish ustida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
O’tgan mustaqillik yillari O’zbekistonimiz uchun samarali bo’ldi. Yirik o’zgarishlar, yutuqlar qo’lga kiritildi. agrar tarmoqda, jumladan, suv xo’jaligi tizimida yangi iqtisodiy munosabatlar shakllandi. Yangi zamonaviy gidromeliorativ tizimlari o’rnatilib, ishga tushirildi. Qishloq va suv xo’jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarida mustaqil faoliyat ko’rsatadigan bilimli mutaxassis kadrlarga talab ortib bormoqda. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, suv xo’jaligi ob’yektlariga mutaxassislar tayyorlovchi qator kollejlar tashkil etildi. Respublikamizda suv xo’jaligini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Qishloq xo’jaligi maxsulotlarini yetishtirish asosan sug’oriladigan yer dehqonchiligini yo’lga qo’yish orqali tashkil qilinadi. Bundan tashqari respublikamiz yyerlarida yuqori hosil olish uchun katta hajmda meliorativ ishlarni amalga oshirish zarur. Respublikamiz suv xo’jaligi tizimida hozirgi kunda 1600 dan ortiq nasos stantsiyalari va 11 mingdan ziyod vertikal quduqlardagi nasos agregatlari ishlab turibdi. Ular yordamida 2 mln. gektardan ziyod yyerlar, jami sug’oriladigan yyerlarning 53 % dan ortig’I sug’oriladi. Sug’oriladigan yerlarda 27700 km dan ziyod kanallar sug’oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlab turibdi. Hozirgi Respublikamizda barcha magistral va xo’jaliklararo suv tarqatish tarmoqlari elektrlashtirilgan va avtomat boshqarish tizimlari yo’lga qo’yilgan.
Amalda barcha qurilayotgan yoki rekonstruktsiya qilinayotgan korxonalar
elektrlashtirilgan va avtomatlashtirish vositalari bilan jihozlangan. Hozirgi zamonaviy rekonstruktsiya va yangi qurilish ishlari hajmi montaj ishlarida yuqori unumdorli ishlab chiqarish uslublari va vositalari qo’llashni talab qiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va uning asosiy ko’rsatkichlarini nazorat qilish vositalari, asboblari va qurilmalarining to’xtovsiz (ishonchli) ishlab turishiga oshirilgan talablar qo’yadi. Bajarilayotgan ishlarning ko’lami, o’1chamlari va rostlovchi ta’sirlarning aniqligi ko’proq qurilmalarning montaji (o’rnatish) sifatiga bog’liq bo’1adi.
Qo’llanmada yangi montaj texnologiyalari, sohadagi progressiv yechimlar ko’rib chiqilgan. Ularning eng muhimlaridan yangi takomillashtirilgan asboblar, energetik va texnologik vositalarni qo’llash, yangi mikroprotsessor texnikasiga asoslangan avtomatlashtirish sistemalari tuzish, energetik vositalari va asboblari bo’lgan blok-agregatli montaj uslubini yo’lga qo’yish, optik-tolali kabellar, fotosezgir qabul qilish vositalari bo’lgan sistemalarni qo’llash, plastmassali quvurlardan keng foydalanish, elektr tarmoqlarni to’1a himoya qilish va boshqalar.
Energomontaj, montaj ishlab chiqarish birlashmalarida elektr va quvurli tarmoqlarning yangi montaj uslublari, pnevmokabel va trubkalarni indikatsiyalash, kabel kesish va ulash uchun universal pichoq, klesh va qaychilar, kabellarni mexanizatsiyali yotqizish vositalari komplektlari, montajdan keyin sozlash va rostlash uchun avtomat manipulyatorlar va boshqa komplektlar ishlab chiqarish va foydalanish yo’1ga qo’yilgan.
Energetik va texnologik vositalari va nazorat- o’lchov asboblarining montaji montaj ishlarining texnik amalga oshirilishi murakkab bo’lgan qismi hisoblanadi. Montajchilaming malakasi, zamonaviy montaj uslublari va texnologiyalarini bilishi, takomillashgan texnik vositalar va asboblardan foydalana olish va ko’nikmalari ob’yektlarning qurilish va rekonstruktsiya qilish muddatlari va sifatini belgilaydi..
Suv xo’jaligi tizimlarida elektrlashtirish va avtomatlashtirish tizimlarini o’rnatish, sozlash, ta’mir1ash va ishlatishda ularning o’ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur. Elektrlashtirish sistemalarining elementlari doimo boshqarish ob’yekti bilan bog’liqlikda bo’ladi. Texnologik jarayonlarni elektrlashtirish va avtomatlashtirish masalalarini to’laligicha ochish uchun ob’yekt xususiyatlarini, texnologik talablarni yaxshi o’rganishimiz zarur.
Respublikamiz sharoiti, geografik joylashishi, yer iqlim sharoitlari suv resurslaridan tejab, unumli va samarali foydalanishni toqozo qiladi. Suvni tejab foydalanish gidromeliorativ tizimlarni loyihalashtirish, qurish — montaj qilish, texnologik qurilmalarni sozlash, ishlatish va ta’mir1ashning barcha bosqichlarda asosiy argument bo’1ib qolishi zarur. Suv taqsimoti tizimlarini operativ boshqarishni yo’lga qo’yish suv saatini va taqsimotini nazorat qilish, suv miqdorini hisobga olish, nazoratsiz suvni tashlab yuborish xolatlarini yo’qotish imkonini beradi. Telemexanika tizimlarini yo’1ga qo’yish esa tarqoq joylashgan suv ta’minoti tizimlari haqida barcha ma’lumotlarni nazorat qilish, boshqarish va ko’rsatgichlami optimal bo’lishini ta’minlaydi.
Mustaqil Respublikamiz xalq xo’jaligi tarmoqlarini, shu jumladan qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlarini rivojlanish darajasini ularda ishlab chiqarish jarayonlarda qanchalik darajada elektr energiyasi qo’llanilayotganligi bilan
baholash mumkin. Qishloq va suv xo’jaligida tobora ko’proq elektrlashtirilgan jihozlar va uskunalar ishlatilmoqda. Elektr uskunalar miqdori ortib bormoqda. Ularda yuqori texnologik, kompyuter texnikasi bilan jihozlangan, zamonaviy nazorat o’lchov asboblari va energetik qurilmalar va vositalari bilan ta’minlangan elektr uskunalar komplektlari mavjud. Ularni sifatli elektr energiyasi bilan ta’min1ash uchun yuqori ishonchli elektr ta’minot tizimi ishlab chiqilgan. Ishlab chiqarish unumdorligini va samaradorligini ta’minlash uchun elektr uskunalarga sifatli elektrotexnik xizmat ko’rsatishni tashqil etish zarur. Hozirda qishloq va suv xo’jaligi elektr uskunalari, avtomatlashtirish vositalari va elektr ta’minot tizimi ishonchliligi talab darajasida emas. Elektr energetik tizim, jumladan elektr uskunalar uzluksiz, texnologik talab rejimlari bo’yicha ishlab turishi uchun elektr uskunalarni to’g’ri o’rnatish, ekspluatatsiyasi va ta’mirini to’g’ri tashkil qilish, eskirgan elektr jihozlami ta’mirlab yangilarini o’rnatish, montajchi chilangar energoxo’jalik xodimlarini muntazam ravishda malakasini oshirish va bilimlarini tekshirib turish zarur.
Qishloq va suv xo’jaligida elektr uskunalar quvvatini yangilab turish,
zamonaviy qurilmalarni o’rnatish darajasi yetarli emas. Elektr uskunalarni to’g’ri tanlash, ularni energetik ko’rsatkichlarini yuqori bo’lishiga olib keladi. Elektr uskunalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun muntazam ravishda ularni diagnostika qilib profilaktik texnik qarov va ta’mir tadbirlarini o’tkazib turish zarur. Texnik qarov va ta’mir ishlariga ketgan xarajatlar yangi elektr uskuna narxidan 10... 100 marta kam bo’lib, o’zini qisqa vaqtda qoplaydi. Elektr uskunalarni uzluksiz va ishonchli ishlab turishi qishloq xo’jaligida mahsulot sifatini va ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi.
O’quv qo’llanma ikki qism va o’n bobdan iborat bo’lib birinchi qismda
elekrotexnik materiallarning xususiyatlari, ikkinchi qismda esa elekrt uskunalar montaji ko’rib chiqilgan. Ushbu o’quv qo’llanma Respublikamizning Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi kasb—hunar kollejlarining texnika yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ularning fan dasturlari asosida yaratildi. O’quv qo’llanmada asosiy etibor qishloq va suv xo’jaligi sohasida tabiiy va energetik resurslardan foydalanish, mahsulotlar tayyorlash, ularning sifat ko’rsatkichlarini nazorat etish va qayta ishlashning texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlarida, qishloq va suv xo’jaligi mashinasozligida keng qo’llanilayotgan analog va raqamli o’lchash asboblari va texnikasini o’rnatish haqida ma’1umot1arni keng yoritib beriladi.
O’quv qo’11anmani ishlab chiqishdan asosiy maqsad bo’1ajak energetiklarga qishloq va suv xo’jaligi sharoitidagi turli xil elektr uskunalarni samarali o’rnatish va qo’yilgan ekspluatatsiya masalalarini yechishda ijodiy yondoshish ko’nikmalarini berishdir.
Qishloq va suv xo’jaligi energetikasida elektrlashtirish va avtomatlashtirish to’g’ri yo’llarini tanlab, elektr iste’molchilarni va elektr tarmoqlarini montaj, elektr uskunalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, elektr qurilmalarini avariyasiz ishlatishni ta’minlash, elektr energiyasini sarf miqdorini kamaytirib aktiv quvvat koeffitsienti (cos‹p) miqdorini oshirib, ish mashinalariga
elektr yuritmalarni to’g’ri tanlab, energosistema eng kam yuklangan vaqtlarida ularni ishlatib, ularni ish soatlarini to’g’ri rejlashtirish, elektr energiyani samaradorligini oshirish masalalar ishlab chikish zarur. Bundan tashqari elektr uskunalarni montaji bilan shug’ullanayotgan xodimlarning malakasini oshirish, ularning xavfsizligini ta’min1ash zarurdir.
Ishlab chiqarish unumdorligini oshirishning asosiy omillari qishloq xo’jalik korxonalarini zamonaviy texnik vositalar va aslaxalar bilan ta’minlab borishdir. Bunda alohida olingan uskunalar kompleks blokli ishlab chiqarish texnologik qatorlari mashinalariga o’tish zarur. Bundan tashqari qishloq va suv xo’jaligi uchun texnik vositalar statsionar va qo’zg’aluvchi bo’lib, suyuq yoqilg’ida, gazda, ko’mir va boshqa yoqilg’ilarda ishlaydi. Bizning vazifamiz ulardan eng qulay va kam xarajatlilarini ajratib foydalanishdir. Qishloq va suv xo’jaligining umumiy energiya balansida harakatdagi qo’zg’aluvchi mashinalar eng keng o’rin olgan
Elektr kuch quri1ma1arining— 80...90% elektr motorlar, yoritish qurilmalari 6-8% bo’lib, qishloq va suv xo’jaligining barcha tarmoqlarida energiya iste’molining 50% ni issiqlik energiyasi tashkil qiladi. Energiya manbaalaridan foydalanishda ularning zaxiralari cheksiz emas, shuning uchun kelajakda ko’proq tabiiy o’ayta tiklanuvchi energiya zaxiralaridan foydalanishni ko’zda tutish kerak.
Quyosh, shamol, biogaz yana chiqindi gazlaro energiyasidan tinchlik yo’llarida ko’proq foydalanish zarur.
Elektromagnit maydoni materiyaning turi bo’lib, u elektr va magnit maydoni ko’rinishida namoyon bo’ladi. Har qanday modda yoki jismning elektromagnit xususiyati o’rganilganda uning elektr va magnit maydoni ta’siriga turg’unligi yoki moyilligi taqqoslanadi. Elektrlik xususiyatiga ko’ra elektrotexnika materiallarining asosiy belgilari elektr o’tkazuvchanlik darajasi bilan belgilanadi. Elektr o’tkazuvchanlik darajasi esa uzoq muddatli o’zgarmas kuchlanish ta’sirida elektrotexnika materialining tarkibidan oqib o’tuvchi tok miqdori bilan izohlanadi.
Elektr muxofazalovchi materiallar ikki turga: tabiiy va sun’iyga bo’linadi.
Tabiiy muxofaza materiallar tabiy holda olinib qayta ishlash natijasida muxofazalovchi materialga aylantirilsa, sun’iy muxofaza materiallari kimyoviy moddalar yoki aralashmalardan olinib texnik ishlov berish natijasida hosil qilinadi va ularga dielektriklar deyiladi. Dielektrik material deganda, tarkibidan oqib o’tuvchi tokka kuchli qarshilik bilan ta’sir etuvchi material tushuniladi. Ularda kuchli elektr maydonlarning ta’siri mavjuddir. SHunga ko’ra dielektrik materiallar kuchli va kuchsiz elektr maydonli elektr o’tkazgich materiallardan keskin farq qiladi. Qo’yilgan kuchlanish ta’siri ostida materialning elektr tokini o’tkazishi elektr o’tkazuvchanlik deyiladi. Elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi materiallar elektr o’tkazgichlar deyiladi. Elektr o’tkazgich materiallar bilan dielektrik materiallar orasidagi o’rinni yarim o’tkazgich materiallar egallaydi.

Download 2.08 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 2.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Oliy va o’rta

Download 2.08 Mb.