Bugun kompyutеr tеxnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib, kompyutеrlar asta-sеkin insonlar hayotiga kirib bormoqda




Download 12.43 Mb.
bet1/8
Sana16.05.2023
Hajmi12.43 Mb.
#60194
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliyot xisoboti Akmal
3, Modeling Method for Autonomous Current Inverters, DARS JADVALI, Lorem Ipsum

KIRISH


Bugun kompyutеr tеxnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib, kompyutеrlar asta-sеkin insonlar hayotiga kirib bormoqda. Yani, faol ish yurituvchini intеrnеt global tarmog’isiz, intеllеktual ishchini esa ish joyida kompyutеrsiz tasavvur qilish qiyin.
Kompyutеr tеxnologiyalari inson hayot tarzida, kichik va katta korxonalarda, kompaniyalarda, o’quv dargohlarida, davlat muassasalarida bеhad ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda har bir tashkilot qaysi soxada ish olib bormasin, dunyo bozoriga chiqish uchun o’z faoliyatida intеrnеtdan foydalanish zarurligiga katta etibor qaratmoqda. Intеrnеtda axborotni joylashtirish uchun uning ekrandagi ko’rinishi qulay bo’lishiga e'tibor bеrish zarur.
Aql bilan yaratilgan sayt, qoida bo’yicha, informatsion yagona bus-butun bo’lishi va joylashtirilgan axborotning ahamiyatiga qarab, ma'lum standartga ega bo’lishi kеrak. Hozirda nafaqat xalqimizni, balki jahondagi ko’plab mamlakatlar xalqlarini o’zining go’zalligi, serjiloligi, milliyligi bilan hayratga solgan kashtachilik, quroqchilik va zardo’zli mahsulotlari o’zbek amaliy san’atining o’ziga xosligidan dalolat beradi. Yuqorida kеltirilganlardan Web-saytni yaratish va uni loyihalash jarayonlarini o’rganib chiqish muammolarining kundalik zarurligi va dolzarbliligi kеlib chiqmoqda. Xalqimiz xonadonlarida bunday buyumlarning bo’lishi va foydalanilishi o’ziga hos an’ana hisoblanadi.
Chunki, quroq namunalarining har biri yaxshi niyatlar ramzidir. Quroq yordamida yaratilgan amaliy san’at namunalari shunchaki buyum emas, balki xalqimiz ezgu maqsad va tilaklarining ramziy belgisi ham bo’lib xizmat qiladi.
Ushbu qo’llanma milliy quroqchilik turlari, tikilish uslublari, ularni zamonaviylik bilan uyg’unlashtirish hamda ayollar liboslarida foydalanish bo’yicha amaliy tavsiyalarni o’z ichiga oladi. Shu sababdan, ushbu yo’nalish mutaxassislariga, ularning informatsion intеllеktual faolligi va zamonaviy tеxnologik madaniyatligiga yuqori talablar qo’yilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 11ta qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining 40dan ortiq qarorlari va 300dan ortiq idoraviy qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida yaratilgan keng huquqiy maydon mamlakatimizda siyosiy modernizatsiya jarayonlarida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi yo‘lida qulay imkoniyatlar yaratmoqda.Jamiyatni axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish maqsadida 2003-2004 yillarda «elektron» qonunlar bloki qabul qilindi.
Bular «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi va «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlaridir. Mazkur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ushbu sohadagi xalqaro huquqiy me'yorlar hamda bir qator rivojlangan davlatlarning tajribalari ham atroflicha o‘rganilib, milliy qonunchiligimizga maqbul jihatlari uyg‘unlashtirildi. Ushbu qonunlarning qabul qilinishi va joylarda ularning ijrosi ta'minlanishi, o‘z navbatida, ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanishiga, masofa qisqarishiga, vaqt tejalishiga hamda iqtisodiy samaradorlikning oshishida muhim omil bo‘ldi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, elektron tijorat, elektron to‘lovlar kabi yana bir qancha yangi xizmat turlarining shakllanishiga, jumladan, tadbirkorlarimizga masofadan turib dunyoning xohlagan mamlakatidan o‘ziga hamkor topish va tijorat ishlarini yuritishiga keng yo‘l ochdi.
Mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida yangi yo‘nalish hisoblangan mazkur tizimlarning tez sur'atlarda taraqqiy etishining yana bir omili — bu axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini raqamlashtirish darajasining ortishi, xususan, xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanishning umumiy tezligi o‘tgan yilga nisbatan 61 foizga oshib, bugungi kunda 7780 Mbit/s.ni tashkil etayotgani va ulardan foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilganligidadir. Shuningdek, joriy yil boshida ma'lumotlar uzatish, jumladan, internetga ulanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 930taga yetgan bo‘lsa, jamoaviy foydalanish maskanlari 1063tani tashkil etdi.
Xorijiy mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, elektron tijoratning shiddat bilan rivojlanishiga internetdan foydalanuvchilar soni aholining 20-25 foizini tashkil etgandagina erishish mumkin. Bugungi kunda mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 millionga yetgani elektron tijoratning kelgusidagi yorqin istiqbolidan darak berib turibdi.
O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqe beruvchi «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, shubhasiz, elektron hujjat aylanishi tizimini rivojlantirishga ko‘maklashib, davlat hokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirishga qulay imkoniyat yaratmoqda. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashinuvi darajasi va sifatini oshirishga, axborot izlash samaradorligi o‘sishiga, katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashib, qog‘ozli hujjat aylanishi ulushining kamayishiga yordam bermoqda. Ushbu qonun elektron hujjatning huquqiy maqomini va uning rekvizitlarini aniqlagan bo‘lib, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarini, elektron hujjatni olish, jo‘natish, ularni saqlash va muhofaza etish tartibini belgilab berdi.
«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo va qog‘ozdagi shaxsiy imzo teng kuchga ega ekanligini ta'minlab berdi.
Natijada yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan internet tarmog‘idan foydalangan holda kerak bo‘lgan barcha hisobot formalari va boshqa ma'lumotlarni elektron ravishda interaktiv holda olish hamda soliq va statistika hisobotlarini topshirish imkoniyatini yaratdi.
Bu tizim kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining vaqtini tejash, davlat xizmatchilari bilan bevosita muloqot uchun navbat kutish yoki soliq hisobotlarini to‘ldirishdagi xato vakamchiliklarni tuzatishga emas, balki o‘z tadbirkorlik ishlarini rivojlantirishga sarf etishlariga imkon bermoqda.
Shuningdek, mazkur qonunning qabul qilinishi va ijrosining ta'minlanishi natijasida respublikamizda 9ta elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari tashkil etildi. Agar elektron raqamli imzo kalitlari soni 2006 yilda 93tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib 300 mingtadan ortib ketdi.Shu bilan bir qatorda, mijozlarga yangi xizmat turlarini ko‘rsatishning huquqiy asoslari kafolatlab qo‘yildi.
Bu bilan iqtisodiyotimizga «Paynet» kabi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatuvchi muassasalar kirib keldi, «SMS-banking»,«Internet-banking» kabi yangi elektron to‘lov xizmatlari joriy etildi.
Endilikda ushbu xizmatlar sharofati bilan mijozlar kommunal, mobil aloqa va internet xizmatlarini hisob-kitob qilib, uy-ro‘zg‘or mollarini internet orqali sotib olishmoqda.
2005 yildan boshlab O‘zbekistonda davlat organlarining internetdagi rasmiy veb-saytlari ochilishi tatbiq etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida»gi 256-qarori bilan ushbu saytlarga asosiy talablar belgilangan bo‘lib, unda saytlarni to‘laqonli rasmiylashtirish, undan foydalanish va yangilash maqsadida veb-saytda joylashtiriladigan zaruriy axborotlar ro‘yxati, mazmuni va boshqa kerakli shartlarga nisbatan xalqaro standartlar aniq shakllantirildi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish vositasida jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro tezkor hamkorligini ta'minlash, shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan keng foydalanilishni ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2007 yil 23 avgustda «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilinib, u bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Ma’lumotlarni boshqarish vositalarining rivojlanishi axborot texnologiyalari bazasiga qurilgan har qanday axborot tizimining asosi hisoblanadi.
Ma’lumotlar bazasi (date base) - bu EHM ning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa ob’yektlar, jarayonlar, holatlarning o‘zaro bog‘liq va tartiblashtirilgan majmuidir.Ma’lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot yetishmovchiligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Amaliyotda ko‘pchilik ma’lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta EHMda bir qancha ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Vaqti bilan turdosh vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin.
MB ni loyihalashtirishda asosan ikkita masala echiladi:

  • predmet sohasi ob’ektlarini qanday qilib ma’lumotlar modellarining abstrakt obektlari shaklida ifodalash. Ayrim hollarda bu masalaga ma’lumotlar bazasini mantiqiy loyihalash masalasi deyiladi.

  • ma’lumotlar bazasiga so‘rovlarning bajarilish effektivligini qanday ta’minlash. Bu masalaga ma’lumotlar bazasini fizik loyihalash masalasi deyiladi.

Ixtiyoriy turdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichdagi predmet sohasini tahlil qilish bo‘lib, u axborot tuzilmasini (konseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so‘rovlari tahlil qilinadi, axborot ob’ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o‘tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilishni uch bosqichga bo‘lish maqsadga muvofiqdir:
Tashkilot va muassasalarning samarali ishlashi mutaxassis va umuman, jamoaning muvaffaqiyati tadqiqodchi va foydalanuvchilarning zamonaviy kompyutеr va Web–tеxnologiya uslublari va instrumеntal vositalarini qanday darajada o’zlashtirib olganliklariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ushbu diplom ish informatsion tеxnologiyaning yangi va samarali yo’nalishini o’rganishga yo’naltirilgan, shaxsan, Web–tеxnologiya va WWW butun dunyo cho’lg’amining ishlab turish asoslarini, Web–sahifa–saytlarini yaratish va rеjalashtirishni va ularni intеrnеtga joylash va rеklama qilishning ahamiyati bеqiyos katta dеsak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

    1. 1966 yil Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanida 52-o’rta maktab faoliyat boshladi.

1-o’rta maktab o’quvchilar kontengenti ko’payib sinf xonalari yetishmay qolganligi sababli 35 pedagog va 600 dan ortiq o’quvchi ajralib chiqb 52-o’rta maktabda faoliyat ko’rsata boshladi.
Ayrim ma’lumotlarga asosan To’raqo’rg’on qishlog’idagi 52-sonli maktabni shakillanishiga oid qo’shimcha ma’lumotlar mavjud.
52-maktab dastlab boshlang’ich maktab sifati 1930-yilda tashkil etilgan
Bu maktab 1935-yilda 7 yillik to’liqsiz o’rta maktabga aylantirilgan.
1957 yilga qadar turli yillarda maktabga Fozil Sharipov, K Burxonov, S Yo’ldashev, G’ Maxkamov, G’ Otaboyev, F Xakimov, E Rustamov direktorlik qilishgan.
52-maktab o’sha davrda Lelinobod qishloq kengashi xududida faoliyat olib borgan
1-sonli maktabxam 12-7 yillik maktab bilan bitta binoga joylashtirilgan.
Natijada 1957 yilda 52-maktabning boshlang’ich sinflarining
To’raqo’rg’ondagi sobiq maktab internat va ijro QOMI binolariga,
Xozirgi mavjud 52-maktab xududiga ko’chirilgan 1962 yilga kelib 52-maktab 8 yillik maktabga aylantirilgan.
O’sha paytda 14 sinf xonasi mavjud bolgan.
Maktabga tajribali pedagog Muxammadjon Qo’ziyev director, Mirzaolim Mirzaboyev ilmiy mudir etib tayinlangan.
Maktabga eng tajribali murabbiylardan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan o’qituvchi Achaxon Sharipova, malakali pedagoglar Ismoyiljon Sharipov, Abduxalil Iminov, Toifa Yusupova, Maxmudjon Usmonov, Komilaxon Yusupova, Xosilaxon Mamajanova, Yusufjon Toshmatov, Ortiqjon Usmonova, Mavludaxon Umarova kabilar jalb etilgan.
Ishchan raxbar M Qo’ziyev raxbarligida maktab uchun ajratilgan binolar qaytadan ta’mirlangan. Oldingi boshlang’ich sinf binolari buzulib tashlandi 360 o’rinli qo’shimcha maktab binosi zudlik bilan qurib ishga tushurildi. O’quv-tarbiya ishlari yaratilgan sharoitga ko’ra yaxshilanib bordi.
1981-yilda 52-maktabga tajribali matematika fani o’qituvchisi Iqbolxon Otaxanova ditektor etib tayinlandi. Mo’minjon Ja’farov ilmiy mudir, Karimjon Jo’raboyev tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi bo’lib ish boshladilar. Bu paytga kelib o’qituvchilar soni 40 dan ortdi va 30 sinfda 840 o’quvchi o’qidi maktab atrofi panjara devor bilan to’siqladi, yangi darvoza o’rnatildi.
1983-1984 o’quv yilidan Komilaxon Yusupova direktor, Ma’rufxon nazarov-ilmiy mudir Ro’ziboy Axmedov tashkilotchi etib tayinlangan.
Maktabda 11 zamonaviy jixozlangan fan kabinetlari tashkil etildi. 1987-1988 o’quv yilidan Farxodjon Yusufboyev direktor, Zamira Tojiboyeva tashkilotchi, M Ja’farov ilmiy mudir etib tayinlangan.
Boshlang’ich sinf ilmiy mudirligiga A Dadaxanov ma’qul topilgan.
Farxodjon Yusufboyev sayi xarakati bilan maktabda 360 o’rinli bino va sportzal, 166 o’rinli oshxona qurilib foydalanishga topshirildi. Botirali Jabbarov, Jo’raboy Xolmatov, Vilena Jo’raboyeva kabi mash’al o’qituvchilar ish tajribalari tuman miqyosida ommalashtirildi.
1991-2007 yilarda maktabga Orifjon Ermatov, Ne’matjon Yoqubboyev, O’ktamxon Yusupova, Ismoyiljon Mamajanov, Odiljon Nabiyev direktor boldilar.
2008-yildan xozirga qadar 52-umumiy o’rta ta’lim maktabida No’monjon Qochqorov direktor lavozimida ishlab kelmoqda.
Maktab O’IBDO’ – Dilfuza Jo’raboyeva
Maktab MMIBDO’ – Dilfuza Mahmudjanovalar ishlab kelmoqda.
52-umumiy o’rta ta’lim maktabida xozirda 36-ta pedagog 14-ta texnik xodim faoliyat yurutmoqdalar, xozirda maktabda 300 nafar o’quvchi taxsil olib kelmoqda.





Download 12.43 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 12.43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bugun kompyutеr tеxnologiyalari dunyoda jadallik bilan rivojlanayotgan sohalardan biriga aylanib, kompyutеrlar asta-sеkin insonlar hayotiga kirib bormoqda

Download 12.43 Mb.