• Kalit so’zlar
  • Bugungi kundagi elektron hukumat tushunchasining asl mohiyati, qonuniyatlari




    Download 67.5 Kb.
    bet1/4
    Sana28.03.2023
    Hajmi67.5 Kb.
    #47185
      1   2   3   4
    Bog'liq
    maqola1.


    BUGUNGI KUNDAGI ELEKTRON HUKUMAT TUSHUNCHASINING ASL MOHIYATI, QONUNIYATLARI
    AnnotatsiyaUshbu maqolada electron hukumat tushunchasining asl mohiyati va qonuniyatlari, uning jamiyatimizda tutgan o’rni haqida bahs yuritiladi. Davlat organi va fuqarolarni boshqarish tamoyillari izchilligi yoritib o’tiladi.
    Kalit so’zlar – Hukumat, electron hukumat, ta’rif, tavsif, kummunikatsiya, texnologiya, organ, axborot, internet, fuqaro, biznes, bozor, interaktiv xizmat.
    Ma’lumki, bugungi kunda "elektron hukumat"tushunchasiga turli ta'rif va tavsiflar berilgan. Ba'zi manbalarda, elektron hukumatgadavlat xizmatlarini taqdim etish jarayonini avtomatlashtirish deb qaralsa, boshqalarida elektron hukumat, bu - fuqaro, biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini taqdim etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, deb ta'rif berilgan.
    Umuman olganda, elektron hukumat, bu - raqamlitexnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o'zaro munosabatlarda o'zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektronhukumat aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi, fuqarolarning o'z-o'zini boshqarishlari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
    Elektron hukumat quyidagi asosiy modullardan(tizimlardan) iborat:
    · G2C(Government to Citizens) — Hukumat-fuqarolarga
    · G2B(Government to Business) — Hukumat -biznesga
    · G2G(Government to Government) — Hukumat –hukumatga
    "Elektron hukumat"ning yakuniy maqsadi interaktiv xizmatlarini taqdim etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodir bo'lgan mukammal elektron davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.
    "Elektron hukumat" joriy etilgach, davlatorganlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligi ancha ortadi, davlat organlarixizimatlaridan foydalanish kengayadi va osonlashadi, ularni alohida fuqarolargataqdim etish imkoniyati vujudga keladi, fuqarolarni siyosiy jarayonlarga vadavlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga keladi, axborotlardanfoydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini aholi va biznesvakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o'z-o'ziga xizmat qilishimkoniyati paydo bo'ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga davlatxizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq boshqa afzalliklar va qulayliklartaqdim etiladi.
    O'zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabielektron hukumatni shakllantirish va joriy etishga katta e'tibor qaratilgan.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Zamonaviyaxborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilishva rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012 yil 21 martdagi PQ-1730-son qarori hamdaushbu qaror bilan tasdiqlangan "2012-2014 yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada keng joriy etish va rivojlantirish dasturi"ni amalga oshirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi.
    Ushbu qarorda 2012-2014 yillar mobaynida O'zbekistonda AKT sohasini, shu jumladan "elektron hukumat"ni rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining milliyaxborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son qarori respublikamizda elektron hukumatnijoriy etish va yanada rivojlantirish yo'lida muhim turtki bo'ldi. Mazkur qarorbilan mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini joriy etish varivojlantirish bo'yicha bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi,ularni amalga oshirish mexanizmlari va muddatlari aniqlandi. Shu bilan birga,Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleksdasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilindi. Bundan tashqari, davlat organlarining oldiga ularning funktsiya va vazifalarini operativ va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida axborot tizimlarini yaratish va o'zaro integratsiya qilish, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish kabi bir qator muhim masalalar qo'yildi.
    Shuningdek, yuqoridagi hujjatga asosan O'zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiqoshida 2 ta yangi markaz - "Elektron hukumat"tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlash markazlarini tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborot resurslari, tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta'minlashdek muhim maqsad va vazifalar qo'yildi.
    "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazifaoliyati mamlakatimizda davlatning aholi va tadbirkorlik subektlari bilan elektron hamkorliktizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo'nalishlariniishlab chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma'lumotlarbazasi va axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirishmexanizmini nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni ta'minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalarihamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi, elektron hukumat" tizimini rivojlantirishjarayonida tadbirkorlik subektlari va aholiga vaqt va mablag'ni tejagan holda sifatli davlat xizmatlari ko'rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ravishga o'tkazish kabi vaziflarni hal etadi.
    Axborot xavfsizligini ta'minlash markazining asosiy maqsadi esa"elektronhukumat" tizimi ma'lumotlar bazasi, resurslari va axborot tizimlari kompleksining axborot xavfsizligini ta'minlash, davlat organlarining tegishli resursva tizimlarining axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko'maklashish, "elektron hukumat" tizimining axborot xavfsizliginita'minlash sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish, shuningdek, milliyinternet segmentini takomillashtirish borasida ishlarni amalga oshirishdan iborat.
    2013 yilning 1 iyulida respublikamizda "elektron hukumat"tizimning eng muhim vositalaridan biri bo'lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlariportali ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Yagonaportalning shiori "Xizmatlar yangiqiyofada" deb nomlanib, uning ma'nosi real vaqtrejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat xizmatlarini yagona nuqta orqalitaqdim etishni anglatadi.
    Bugungi kunda Yagona portal orqali foydalanuvchilarga 220dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda. Yagona portal O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013yil 14 fevraldagi PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Obod turmushyili" Davlat dasturigahamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining" Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalifaoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2012yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
    Yagona portalda tadbirkorlik sub'ektlari va aholi uchun yilboshidan 30 ta yangi xizmat va servislar ishga tushirildi.
    Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik sub'ektlariYagona portal orqaliquyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
    · tekshirishlarreja-jadvalidan elektron ko'chirma olish;
    · tashqisavdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo shartnomalaribo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish;
    · tadbirkorliksub'ektlari uchun ularni gaz ta'minlash tarmoqlariga ulanishlari uchun texnikshartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish
    · "SMS-To'lov"to'lov tizimi orqali ba'zi turdagi xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish;
    · tadbirkorlisub'ektlari uchun to'lov terminallari bilan ta'minlash, mahalliy avtotransportvositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;
    · faoliyatningba'zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun arizalarni taqdimetish va h.k.
    Xulosa o’rnida, fikrimizni dalillash maqsadida quyida “Elektron hukumat to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonunidan lavha keltiriladi:



    Download 67.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 67.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bugungi kundagi elektron hukumat tushunchasining asl mohiyati, qonuniyatlari

    Download 67.5 Kb.