|
O‘zbekistonda bulutli texnologiyalarning rivojlanishi
|
bet | 5/5 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #149465 |
Bog'liq Bulutli hisoblashO‘zbekistonda bulutli texnologiyalarning rivojlanishi. Bugungi kunda jaxondagi ko‘plab davlatlar qatori O‘zbekistonda ham bulutli texnologiya qo‘llanilishni boshlagan. O‘zbekistonda “O‘zbektelekom” AK “UZCLOUD” maʻlumotlarni qayta ishlash markazini ishga tushirilgan. “O‘zbektelekom” AK tomonidan ishga tushirilgan “UZCLOUD” maʻlumotlarni qayta ishlash markazi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2015-yil 6-martdagi “2015-2019 yillarda yo‘l-transport infratuzilmasini va muxandislik kommunikatsiyalarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” dagi PQ-2313 son Qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori. 19.02.2018y. №Pq-5349 son Qaroriga muvofiq amalga oshirilgan. Google Docs - Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan matn va jadval protsessorlarini o‘z ichiga olgan bepul onlayn ofis bo‘lib, unda taqdimotlar, shakllar, chizmalar va boshqa ilovalarni yaratish, shuningdek, fayl almashish funksiyalariga ega bo‘lgan, fayllarni bulutli texnologiyalar asosida saqlash imkoniyatlari mavjud. Google Drive bulutli texnologiyalar asosida fayllarni saqlash va ular bilan ishlash uchun yagona virtual soha. Ushbu servis yordamida bir vaqtning o‘zida hujjatlar ustida boshqa foydalanuvchilar bilan birgalikda ishlash imkoniyatlari taqdim etiladi.
|
| |