Burg‘ilash chig‘iri chig‘ir va uning qismlari




Download 310,95 Kb.
Sana11.12.2023
Hajmi310,95 Kb.
#115614
Bog'liq
chigir mustaqil


Burg‘ilash chig‘iri

CHIG‘IR VA UNING QISMLARI

Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayonida, burg‘ilashning davomiyligini ta'minlashda va ko‘tarish sistemasining barcha qismlariga doimiy bog‘liq bo‘lgan va chig‘ir deb yuritiluvchi uskuna ishlatiladi. Chig‘ir bir qancha jarayonlarni bajarish uchunmo‘ljallangan,ya'ni: burg‘ilash va mustahkamlash quvurlarini tushirish yoki ko‘tarish; burg‘ilash jarayonlarida yuvish va mustahkamlashda quvurlarni ko‘tarib va ushlabturadi;
davomli qazish jarayonida burg‘ilash tizmalari majmuasini quvurlar bilan uzaytirib borish;
quvurlarni biriktirish (yopish yoki ochish);
quvurlarni, uskunalarni, burg‘ilash jihozlarini yuklashda va qo‘shimcha ishlarda; yig‘ilgan yoki tiklangan minoralarni vertikal holatda ko‘tarish va shunga o‘xshash boshqa bir qancha holatlarda chig‘irning ahamiyati judakatta.
Chig‘irlar baraban, to‘xtatgich, tezlik shesternalari va himoya qoplamasidan iborat. Burg‘ilash chig‘iriga uzatilayotgan quvvatgamuvofiq 200—2950 kW gacha bo‘lib, ular quduqning chuqurligigabog‘liq. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi korxona, firma vazavodlarining burg‘ilash chig‘irlari ko‘tarish tezligi ikki, uch, to‘rtva olti tezliklarda bo‘lib, chet el zavodlarida sakkiz va o‘n tezliklichig‘irlar ham mavjud. Tezliklar uzatmalar qutisiga bog‘liq holdao‘zgartiriladi.
Burg‘ilash chig‘iridagi ko‘tarish tezligi bosqichli va bosqichsizo‘zgartiriladi.
Uzatmadan tezlik tez yoki sekin amalga oshiriladi va u olib borilayotgan ishga(maxsus burg‘ilash,mustahkamlash quvurlarini tushirish,elevatorni quvurdan bo‘shatish va h.k.)bog‘liq bo‘ladi.
Tez holatida quvurlarning birinchi qismi va kolonna erkin osilgan vaqtida svechalarni ko‘tarish amalga oshiriladi. Chig‘irlar bir,ikki,uch valda ishlab chiqariladi. Chig‘irlar bir-biridan tezligi,vallarsoni,rotorga tezlikni uzatishturi,joyla-shish kinematikasi va sxemasi hamda boshqarilish turiga qarab farq qiladi.
Burg‘ilash vaqtida chig‘irni boshqarish yarim avtomatik, av-tomatik,programmali,regulatorli va qo‘l bilan amalga oshiriladi.
Misoluchun,O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan«O‘zbekiston-2»va uning keyingi avlodlari chig‘irni ishlatishda va burg‘ilashni optimallashtirishda keng ko‘lamda foydalanilmoqda.
Chig‘irlarning zanjirli uzatmasi tomizilib yoki oqizilib moylanadi,to‘xtatish shkivlari havo yoki suv orqali sovitiladi,gidrodinamik va elektromagnit yordamchi to‘xtatkichlar, qo‘lyoki uzoqdan turib boshqarish — uning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir.

CHIG¹IRNING KINEMATIK SXEMASI, TUZILISHIVATEXNIKTAVSIFI

Burg‘ilash chig‘irlarining kinematik sxemasi ko‘rsatkich bel-gilari bilanbir-biriga bog‘liqligini anglatadi.Kinematik elementlar bilan tushuntirilib beriladi.

Y—k—55 markadagi chig‘ir kinematikasi:
I—umumiy transmissiya;II—burg‘iga uzatmaning regulatori;
III—o‘zgaruvchi uzatmalar qutisi;IV—rotor.

Uch valli chig‘ir ko‘tarish transmissiyasi (5) g‘altakli (S) vallar va qo‘shimcha val(9)orqali rotor harakatga keltiriladi.Yetaklovchi val 6, 5-transmission vallarga (5) zanjir uzatma (28/25) orqalishinnopnevmatik mufta (16) ko‘tarish valini «tez» tezligiga o‘tkazib beradi.Yetaklanuvchi val o‘zgaruvchi uzatmalar qutisi 4 ta tezlikka ega.Yetaklanuvchi val(8)uzatma qutisining tishli reduktori orqali bog‘lanadi. Ulardan biri ko‘tarish vali shinnopnevmatik mufta (7)ga,qo‘shimcha val(9),rotor uzatmasi IV ga ulanadi.


Ushbu chig‘ir besh tezlikdan tashkil topgan bo‘lib,uning to‘rttasi «sekin» va bittasi mustaqil «tez» harakatlanadi, rotor 4-tezlikli aylanish chastotasiga eg aholda ishlab chiqariladi.
G‘altakli val (S), zanjirli uzatma (4) orqali boshqaruvchi g‘ildirakz=19,ko‘tarishvali15z=28tishli«tez»tezligi zanjirli g‘ildirak bilan himoyalangan. G‘altakli val (3) oraliq uzatmalar qutisiga tez hadli val bilan bog‘langan.G‘altakli val konsulaga friksiong‘altak(1) planitar tishli uzatma (2) ulangan bo‘lib, burg‘ilash jarayonining qo‘shimcha ishlarida ishlatiladi.Rotor uzatmasi zanjirli uzatish(21/45) shinnopnevmatik mufta (10) orqali qo‘shiladi. Gidrodinamik to‘xtatkich(12)va zanjirli g‘ildirak(14)burg‘iga uzatish regulatori ko‘tarish valiga ikki yoqlama mushtsimon mufta(1S)orqali qo‘shiladi.Chig‘ir barabani tekis qilib aylanma holda ishlab chiqariladi.Barabanda po‘lat arqon shunday o‘ralishi kerakki,ko‘tarib tushirishda oson harakatqilsin.
Eslatma a.Ushbu markadagi chig‘irlar ham ishlatiladi.1.ЛБY—1100M2 ning ЛБY—1100M1 dan farqi shundaki, to‘xtatish shkivi va rotorga uzatish vali yo‘q; 2. ЛБY—1700E, ЛБY—1700D turida esa rotorga uzatish vali uchramaydi; 3. Y2—2—11 va Y2—5—5 o‘qilishi: Y — «Ypaлmam» zavodida tayyorlangan; 4.2-raqamitezlik soni (Y2—2. KMM siz soni); 5-raqam modifikatsiya raqami;ЛБY—1100chig‘ir barabanidagi quvvat;ot kuchi;
Download 310,95 Kb.




Download 310,95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Burg‘ilash chig‘iri chig‘ir va uning qismlari

Download 310,95 Kb.