Assalomu alaykum, Sizni tabriklaymiz! Agar siz ishonchli buxgalteriya hamkorini izlayotgan boʻlsangiz, unda siz toʻgʻri joyga keldingiz. Kompaniyamiz kichik va oʻrta biznes uchun to'liq buxgalteriya xizmatlarini taqdim etadi.
Siz allaqachon buxgalteriya hisobidagi qiyinchiliklarga duch kelgan boʻlishingiz mumkin. Bizning kompaniyamiz sizga ushbu muammoni hal qilishda yordam beradi.
Biz professional buxgalteriya hisobi, hisobot, soliq maslahati va boshqa koʻpgina xizmat turlarini taklif qilamiz. Bizning mutaxassislarimiz katta tajribaga ega va har doim sizga yordam berishga tayyor.
Biz bilan hamkorlik buxgalteriya hisobi masalalariga vaqtni behuda sarflamasdan oʻz biznesingizni rivojlantirishga e'tibor qaratish imkonini beradi. Biz barcha ishlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini kafolatlaymiz.
Kechiktirmang, bugunoq biz bilan bogʻlaning va professional buxgalteriya yordamini oling. Biz sizning ishonchli biznes hamkoringiz boʻlishga tayyormiz.
Buxgalteriya hisobini yuritish
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish
Buxgalteriya hisobini tiklash
“Nollik” hisobot
Hisobotlarni tayyorlash
Shartnomalar tahlili
Qurilish tashkilotlarti reytingini yaxshilash
Konsultativ xizmatlar
Boshqa xizmatlar
Buxgalteriya xizmatining bu turi o`z ichiga hisobotlarni tuzish va topshirish, olib borilayotgan faoliyat turi bo`yicha soliq ajratmalarini optimallashtirishga oid maslahatlar berishdan iborat buxgalteriya hisobini to`liq (kompleks) yuritishni oladi.
Hisobni yuritish bo`yicha shartnoma imzolangandan so`ng hujjatlarni taqdim qilish grafigi va tartibi kelishiladi. Buxgalteriya hizmati ko`rsatish narxi hujjatlarni taqdim qilish shakli (qog`oz yoki elektron) va yetkazib berish tartibi (o`z kuchingiz bilan yoki bizning kuchimiz bilan)ga bog`liq holda o`zgaradi.
Hisobni yuritish xizmati kompleks (to`liq) holda, yoki mehnat ko`p talab qiladigan ayrim uchastkalar (masalan, ish haqi hisobi, moliyaviy va soliq hisobotlarini tayyorlash) bo`yicha ko`rsatilishi mumkin.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish o`z ichiga korxonani tashkil qilgandan (ro`yhatdan o`tkazgandan) so`ng buxgalteriya hisobi va kadrlar hujjatlarini shakllantirishni oladi. Ushbu xizmat ishni boshlashda hisob poydevorini qurish uchun kerak bo`ladi. Ushbu xizmatning tarkibiga korxonaning hisob siyosatini ishlab chiqish, hujjatlar aylanish grafigini, hisobni yuritish metodologiyasini ishlab chiqish, zaruriy buxgalteriya provodkalarini shakllanishini ko`rsatish maqsadida bittadan bazaviy muomalalarni ko`rsatishni oladi.
Hisob tajribasiz buxgalter tomonidan noto`g`ri yuritilgan bo`lsa yoki umuman hisob yuritilmagan holatda buxgalteriya hisobini tiklash zarur bo`ladi. Hisobni tiklashni keyinga surish yaxshilikka olib kelmasligi mumkin. Soliq organlari tomonidan tekshiruv natijasida aniqlangan noto`g`ri hisoblangan soliqlar va ularning penyalari biznesiningizni barbod qilishi mumkin. Ushbu jarayon yetishmayotgan hujjatlarni buyurtmachi kuchi bilan tiklash orqali amalga oshirilib, buxgalteriya hisobi axborot bazasi shakllantiriladi va ish natijalari buyurtmachiga beriladi. Buxgalteriya hisobini tiklash xizmatining qiymati hujjatlarning hajmi va hisobni tiklash usuliga bog`liq. Hisobotni tiklash usuli deganda tiklashning bizning kuchimiz bilan yoki sizning xodimlaringiz tomonidan tiklanganda yordam ko`rsatish tushuniladi.
Firma faoliyati davomida shunday paytlar ham bo`ladiki, ma’lum sabablarga ko`ra faoliyatini vaqtincha to`xtatib turishi mumkin. SHunga qaramasdan davlat organlari oldida hisobot berib turish majburiyati yo`qolmaydi. Bunday holatda nollik hisobot taqdim qilinadi
Ko`pchilik tadbirkorlar hisobni o`z kuchlari bilan yuritishini xoxlashadi. Bunday holatda Sizning ma’lumotlaringiz asosida hisobotlarni tayyorlab beramiz. Hisobot qonunchilik talablari darajasida tuzilganligi sababli ularni tegishli davlat organlariga taqdim qilishda muammolar bo`lmaydi. Shu bilan birgalikda biz tuzilgan hisobotlarni sizning ERIngiz asosida elektron shaklda tegishli organlarga taqdim qilamiz.
Xizmatning ushbu turi o`z ichiga shartnomalarni iqtisodiy nuqtai-nazardan tahlil qilishni olib, shartnomaning ayrim bir qismlari yoki ayrim so`z birikmalarining salbiy ta’sirini aniqlashga imkon beradi. Bizning bunday xizmat turimizdan foydalanib, to`liq buxgalteriya xizmati ko`rsatishdan foydalanmaslik mumkin, bu esa buxgalteriya xizmatlari narxini sezilarli pasaytiradi. Lekin bunday holatni abonentlik buxgalteriya xizmati bilan solishtirganda salbiy tomonlari ham mavjud, ya’ni joriy hisobning o`zgarishlariga tezkor moslasha olmaslik va bepul maslahatlar ola olmasligingiz mumkin.
Ushbu xizmat turi o`z ichiga buxgalteriya hisobi, soliq va kadrlar hisobi bo`yicha maslahatlar berishni oladi. Maslahat og`zaki (ofisda yoki telefonda) yoki yozma shaklda olib borilishi mumkin. Bizning abonentlik xizmatimizda turgan korxonalar har oyda 1 soat bepul maslahat olishlari mumkin.
1. Ro`yhatdan o`tish davrida soliqni rejalashtirish.
Firmani tashkil qilishning dastlabki davrida uni rivojlantirishning biznes rejasi tuziladi. Unga ko`zda tutiladigan daromad va xarajatlar kiritiladi. Biznesni tashkil qilishdan samara, naf ko`ringan holatdagina biznesni qayd qilishga kirishish mumkin. Ammo ko`pincha muhim bo`lgan detal soliqqa tortish masalasini yoddan chiqarishadi. Soliqlar harajatlarning katta qismini (70 %gacha) tashkil qilishi mumkin. SHuning uchun biznesni tashkil qilish jarayonida soliqni rejalashtirish orqali kelgusi faoliyatning xarajatlarini qisqartirish mumkin. Soliqni rejalashtirish ko`pchilik holatlarda mulkchilik va tashkiliy-huquqiy (YaT, XK, MChJ, YoAJ, OAJ) shakllarini hamda soliqqa tortishning qulay (umumbelgilangan yoki yagona soliq tizimi) tizimini tanlashga yordam beradi.
Bizning jamoa biznesning kelgusida soliq yukini hisoblash va imkoniyat darajasida soliqni optimallashtirishni taklif qiladi. Biz optimallashtirishning faqatgina qonuniy usullarini qo`llaymiz.
2. Ishga qabul qilish uchun buxgalteriya xodimlarini izlash va test qilish.
Ushbu xizmat turi malakali xodimlarni qidirish va uni biz tomonimizdan ishlab chiqilgan alohida test sinovidan o`tkazishni ko`zda tutadi.
|