Buxoro davlat universiteti fizika -matematika fakulteti "fizika " kafedrasi




Download 145.09 Kb.
bet4/10
Sana01.03.2023
Hajmi145.09 Kb.
#43851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdiyxamidova Soniya
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamonda axborotlar ko’lami jadal o’sib, fanlar tarmoqlanib borayotgan bir davrda ularni umumlashtiruvchi mashg’ulotlar orqali o’quvchilarga yetkazish muhim ahamiyatga ega. Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o’zaro aloqadorligini ta’minlash va uni ta’lim mazmunida aks ettirish hozirgi zamon pedagogikasi hamda o’qitish uslubiyoti takomillashuvi tendentsiyasining o’ziga xos muhim yo’nalishi hisoblanadi. Jahon tajribasida bunday “integrallashuvlar” o’quv-ilmiy ishlab chiqarish majmualari asosida amalga oshiriladi. Uzluksiz ta`limda shaxs bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, kasb tanlash va uni egallashga bo`lgan intilishlarini takomillashtirib boradi. Amaliy va umumlashgan xarakterdagi masalalar yechish, keng qamrovli ma’lumotlarning mazmunini ishlab chiqish hamda fizik ma’ruzalarni bayon etishda zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanib umumlashtiruvchi darslarni tashkil qilish kasb-hunar kollejlari ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Umumlashtiruvchi darslar kasb-hunar kollejlari ixtisosligiga oid fizik bilimlarning katta hajmini ixchamlashtirilgan va sistemalashtirilgan holatda o’quvchilarga yetkazish imkoniyatiga ega. Sport kollejlarida fizika ta’limi mazmuni bir tomondan o’quvchilarda ilmiy dunyo qarashni shakllantirishga yordam beradi. Ushbu hol fizika o’qitishda nazariyani rolini kuchaytirish orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi jihati esa, fizika qonuniyatlarining tajriba faktlari orqali tasdiqlanishi, amalda qo`llanilishi ham ta’lim mazmunini ifodalaydi. Demak, o’quvchilarning fizik bilimlari bo’lajak kasb-hunar egallash bilan bog’liq imkoniyatlarga xizmat qiladi. Modomiki, fundamental fizik nazariyalar kasb-hunar kollejlarining fizika o’quv fanining asosini tashkil etar ekan, umumlashtiruvchi fizika darslar ham ushbu tuzilma asosida tashkil etilishi imkoniyatlari o`rganib chiqildi. Shu asosda sport kollejlari uchun tayyorlangan va foydalanish uchun tavsiya etilgan fizika ta’lim standarti, fizika o’quv reja hamda o’quv dasturlar mazmunidan kelib chiqadigan umumlashtiruvchi darslar ta`lim mazmuni va o’qitish metodikasini yangilash bugungi kun talabi darajasida bo`lishiga didaktik shart-sharoit yaratadi.



Download 145.09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 145.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti fizika -matematika fakulteti "fizika " kafedrasi

Download 145.09 Kb.