I Bob Sport kollejlarida fizika o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari




Download 145.09 Kb.
bet5/10
Sana01.03.2023
Hajmi145.09 Kb.
#43851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdiyxamidova Soniya
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
I Bob Sport kollejlarida fizika o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari
1.1 Sport kollejlarida fizikaning maqsad va vazifalari
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma’ruzadan kelib chiqqan vazifalar belgilab olindi, hamda unlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ta’lim sohasida bir qator vazifalarni bajarish asosiy vazifalar hisoblanadi
Mazkur qonunning qabul qilinishi mikrofirmalar va kichik korxonalarni yanada rag`batlantirishi hamda rivojlantirish, ularning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, ular tomonidan yangi ish o`rinlarini yaratish, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ularninghuquq va manfaatlarini himoya qilishni kafolatlashga yordam beradi.
Тa’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlashning byudjetdan tashqari jamg`armasini tashkil etish yo`li bilan umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasab-hunar kollejlarini kapital rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni, mebel, zamonaviy kompyuter texnikasi va o`quv–laboratoriya uskunalari bilan jihozlashni moliyalashning ishonchli va doimiy manbalarni yaratish nazarda tutiladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummiliy dasturining amalga oshirilish natijasida 1 ming 536 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji, umum ta’lim maktablarining qarib 9 mingtasi 1800 dan ortiq sport zali na’munaviy loyhalar asosida barpo etildi.
Ushbu o`quv muassasalarining moddiy texnika ba’zasini muntazam yangilab borish, tizimli asosda zamonaviy kompyuter texnikasi, o`quv –laboratoriya uskunalari, mebel va o`quv anjomlari bilan qayta jihozlash ularni talab darajasida saqlash hamda yaratilgan salohiyatdan samaraliy foydalanish vazifalari qo`yildi.
Shu bilan birga zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalar, internetni nafaqat maktab, litsey, kollej va oliy o`quv yurtlariga joriy qilish harakatlari bugungi kunda tobora kuchayib bormoqda. Zamonaviy aloqa va axborot texnologiyalari tizimini keng ko`lamda rivojlantirish mamlakatimiz va jamiyatimizning taraqqiyot darajasini belgilaydigan asosiy mezonlardan biri bo`lib xizmat qilish kerak.
Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikatsiyalarning zamonaviy usullarini o`zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o`quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug‘dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim. Ayni paytda kasb-hunar kollejlari va oliy o`quv yurtlarini bitirib chiqayotgan yoshlarimiz egallayotgan eng zamonaviy bilim va ko`nikmalarni amalda joriy etishi uchun ularni kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga keng jalb qilish masalasiga prinsipial ahamiyat berilishi va bu vazifa dasturda o`zining munosib o`rnini topishi darkor). Bugun hech kimga sir emaski, biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o`z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va davlat uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yo`lidan chetda qolib ketishi muqarrar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bosqichini o`z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi. Bir so`z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta’lim bilan birga zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo`lish imkonini beradigan 12 yillik ta’lim tizimiga o`tish yakunlanmoqda. 2009- yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda, ularning avvalo eng muhim masalalarga – yangi ish o`rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yanada oshirishga yo`naltirilganini alohida qayd etish zarur Yurtimizda 2010 yilni “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilganimizdan yaxshi xabardorsiz. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo`lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo`lida, jami davlat va nodavlat manbalarini hisobga olgan holda, mavjud barcha resurs va imkoniyatlarimizni safarbar etishni ko`zda tutadi...
Kasb- hunar kollejlarida fizika ta’limining ahamiyati uning fan- texnika tarqqiyotida, ishlab chiqish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o`rni bilan belgilanadi. Maktabda fizika o`qitish ta’limining umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya’ni o`qituvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini, aqliy rivojlantirishini, o`z- o`zini anglash salohiyatini shakillantirishi va o`stirishi, ularda milliy va imiminsiniy qadriyatlarni tarkib topishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantirilish lozim.

Download 145.09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 145.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I Bob Sport kollejlarida fizika o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari

Download 145.09 Kb.