Sport kollejlarida kasbiy aloqadorlik




Download 145.09 Kb.
bet7/10
Sana01.03.2023
Hajmi145.09 Kb.
#43851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdiyxamidova Soniya
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
1.2 Sport kollejlarida kasbiy aloqadorlik Sport hozirgi kunda barcha xalqlarning hayot talabi va ehtiyojiga aylanib qolmoqda. Chunki u kishilarning har tomonlama chiniqishini taminlabgina qolmay, balki ruhan tetik, ma’nan boy, axloqan pok, yuksak madaniyatli, mustahkam irodali qilib tarbiyalaydi. Sport turli xilma-xildir. Lekin ularning har biri ham kishilarda yuqoridagi xislatlarni tarbiyalash uchun sport mashg’ulotlarida foydali metodlarini ishlab chiqara va ish faoliyatiga bo`ysundira olmaymiz. Sport faoliyati juda katta aniqlik, his qilish hamda idrok etish nafisligiga bog’liqdir.
Yurtimizda ruhan tetik, jismonan barkamol insonni shaklantirishdagi ahamiyati davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlarda o`z aksini topmoqda.2000-yil fevral oyida O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Sog’lom avlodni tarbiyalash”davlat dasturi qabul qilindi. 2002-yil 24-oktabrda O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to`g’risidagi Prezident farmoni chiqdi. 2003-yil 4-noyabrda O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy sport targ’ibotini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g’risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror va farmonlar zamirida sog’lom turmush tarzini shakllantirish hamda turli xil kasalliklarning oldini olishning asosiy yo`li to`g’ri tashkil etilgan jismoniy harakat madaniyati, sport hamda yoshlarga jismoniy tarbiya darslarini olib borishdagi jismoniy tarbiya o`qituvchisi va sport murabbiylarining yuqori malakaga ega ekanligidir.
Jismoniy harakat bolaning butun organizmini normallashtiradi, buzilgan fiziologik faoliyatning tiklanishiga yordam beradi, aqliy va jismoniy faolligini oshiradi. Shuni aytish zarurki, turli yoshdagi bolalar uchun jismoniy tarbiya va sport- hayot va faoliyat ko`rsatgichidir.Shuning uchun o`qituvchi yoki murabbiy tomonidan rihiyatini ko`taruvchi holatlarni yaratish zarur. Hayotda uchraydigan murakkab holatlarni misollar asosida, bolalar psixologiyasiga ta’sir etish yo`li bilan, jismoniy tarbiya va sport orqali, uzoq umr ko`rish g’oyasini bola ongiga singdirish katta ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim jarayonida o`quvchilarda jismoniy mashqlarni muvaffaqiyatli bajarish qobiliyati rivojlanadi. Mashg’lot jarayonlari ularni yuksak sport mahoratini egallashlariga, jismonan baquvvat bo`lishlariga o`z ta’sirini ko`rsatadi.Sportning vazifasi o`quvchilarga jismoniy mashqlarni bajarishning turli usullarini bajarishga yordamlashishdir.
Mustaqil bilim olish pedagogik texnologiyaga nisbatan juda muhim talablarni qo`yadi. Ta’lim muassasadagi o`qituvchi va o`quvchi hamkorligidagi faoliyatining yakuniy natijasi oldindan aniq bo`lgan o`qitish jarayonidan farqli ravishda mustaqil bilim olishda o`quvchi aniq bo`lmagan hamda oldindan rejalashtirilmagan natijaga erishish kerak, ya’ni o`rganayotgan o`quv materiallari bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarning aniq hajmini o`zlashtirishi lozim.
Mustaqil bilim olishning maqsadi, tamoyili, usuli, metodi, vosita va shartlari aniq ko`rsatilishi zarur hamda ularning tanlanish va samarali amalga oshirish ko`zlangan natijaga olib keladi.
O`quvchi o`zi olgan bilimlari sifatiga javobgarlikni o`ziga olishi kerak. O`quvchilarning bilim manbai faqatgina o`qituvchi ma’ruzalarida berilayotgan bilimlar emas balki o`quvchi o`zi anglashi va harakat qilishi, o`qituvchi esa, o`z navbatida, o`quvchining tadqiqot olib borish ko`nik-malarini, o`tilgan materiallarni yanada chuqurroq o`zlashtirish uchun qo`-shimcha ma’lumotlarni izlab topish qobiliyatlarini rivojlantirishga undashlari lozim.
Har bir bo`lajak zamonaviy mutaxassis mustaqil ravishda ta’lim olishga va o`rganishga shunday tayyorlanishlari kerakki, ular nafaqat ho-zirgi mavjud texnika va texnologiyani bilishi, balki yangi texnika va texno-logiyani ancha qisqa muddatda hamda samarali o`zlashtira olishlari lozim. SHuni ta’kidlash kerakki, bo`lajak kichik mutaxassisda ijodkorlikni shakllantirish va rivojlantirib borish alohida pedagogik vazifa ham hi-soblanadi hamda bu vazifani amalga oshirish uchun maxsus metodikalar ishlab chiqishni taqozo etadi.
Bu esa, o`z navbatida, xayolning inson miyasining faol ishlashi bilan topilgan yechimlarni hisoblashlarda, chizmalarda, eskizlarni yaratishda, bu-yumlarni bezash va hokazolarda aniq ifodalashni talab qiladigan o`ziga xos aqliy ish bilan bog’liqdir. Ijodiy mehnat jarayonida faqat qandaydir bu-yum yoki yangi narsa yaratilib qolinmay, balki shaxsning o`zi kiritgan ori-ginal xususiyatlari ham yaqqol namoyon bo`ladi. SHunga ko`ra, ijodiy faoliyat, ijodkorlik sifatlari va shaxs xislatlarini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.
Barcha sohada ijod ish natijasining farqli belgilari, uning yangi-ligi va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir. Pedagogik ensiklopediyada o`quvchilarning texnik ijodkorligi foydali va muhim yangilik belgilariga ega bo`lgan texnik ob’ektlar yaratiladigan faoliyat turidir», deb ta’rif-lanadi.
Agar hozirgi ta’limni tahlil qiladigan bo`lsak bugungi kunda o`qi-tuvchining vazifasida an’anaviy qarash hali ham mavjud. Odatda o`qituvchining vazifasi o`quvchilarga muayyan fan bo`yicha bilim va ko`nikmalarini berish deb tushuniladi. Bunday qarashga asosan o`quvchiga bilimni “qachon” va “qanday” qilib berish bo`yicha o`qituvchi qaror qabul qiladi va auditoriyada kechadigan barcha jarayonlarning yagona diktatori hisoblanadi. O`qituvchi ta’lim jarayonini tasdiqlangan o`quv rejasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadidagi auditoriyada kechadigan jarayonlarni nazorat qila olishi mum-kin va lozim. Ammo o`qituvchi o`quvchilarning xayollari va qalblarida kecha-digan jarayonlarni nazorat qila olmaydi.
Shunday qilib, o`qituvchi azaldan bilimlar “egasi” hisoblangan. Agar o`qituvchilikning kelib chiqish tarixiga nazar solsak, bunda biz ushbu kasbni, aniqrog’i o`qituvchi rolining ildizi hisoblangan kitoblarning yozilishi va ko`paytirishi endigina rivojlangan davrlarga taqalishini ko`ramiz. O`tmishda kitoblar kam uchraydigan va noyob bo`lganligi sababli, ulardan faqatgina kishilarning tor doirasi foydalangan. Ushbu insonlar ziyoli bo`lib, o`qishni bilganlar, kitoblardan o`qiganlarini esa boshqalarga aytib berganlar. Avvalgi davrdagi ularning tinglovchilari uchun mavzuni tanlash imkoniyati bo`lmagan, so`zamollar aytgan “haqiqat” ni eshitaverganlar, shu sababli ushbu ziyoli insonlarni barcha bilimlarning “egasi” va “bilag’oni” deb qabul qilganlar.
Vaqt o`tishi bilan insoniyat rivojlanib borishi, fan va texnika ta-raqqiyoti natijasida insonlar maktablarda, universitetlarda hamda boshqa o`quv maskanlarida kechayotgan jarayonlar haqida ko`proq, chuqurroq mulohaza yurita boshlaganlar. Ammo nima uchun o`qitish jarayoni doim ham samarali bo`lmagan? Nima uchun iqtidorli, savodxon, ziyoli o`qituvchilardan bilim olganlar orasida savodsiz o`quvchilar paydo bo`lgan? Nahotki an’anaviy o`qitish texnologiyasi samarasi past bo`lgan, balki o`quv jarayonidagi barcha holatlar faqat o`qituvchiga bog’liq emasdir?
Ko`pgina pedagoglar va olimlarning insonning qanday qilib ilm o`rganishi haqida ko`pgina turli xil nazariyalar, qarashlari mavjud. Ammo tadqiqotlarning ko`rsatishicha, ta’lim olish jarayoniga muvofiqlashtiril-gan holda bir xil yondashib bo`lmaydi, chunki o`rganish jarayoni har bir inson uchun individualdir. SHuningdek, ta’lim jarayoni ko`p omillarga, ya’ni ob-havo sharoiti, o`qituvchiga bo`lgan shaxsiy munosabat, o`qishdan tashqari ishlar bilan bandligi, oilaviy sharoit, jismoniy holatlarga bog’liq bo`lib bularning barchasi intellektual bilimlar o`quvchining darslarda va darsdan tashqarida faolligi, o`qishga bo`lgan ishtiyoqi, o`zlashtirish darajasiga ta’sir qilishi mumkin.
Mustaqil ta’lim olishning ustuvor omillaridan biri o`quvchining bilim olishi uchun o`zi mas’ul bo`lishi, javobgarlikni his qilishidadir. U o`qituvchiga qaram emas, u o`zi mustaqil ravishda nimani va qanday qilib o`rganishni hal qila oladi. Bunday o`quvchining o`zi kamchiliklarini o`zi tuzatishi uchun mustaqil ishlaydi. Bunda o`quvchi ta’lim olishni mustaqil rejalashtirish qobiliyati ham muhimdir.
Zamonaviy ta’lim jarayonining vazifasi o`qitish, tarbiya va rivoj-lanish birligini ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq sohalar uchun kichik mutaxassislar tayyorlashda o`quvchilarning qobiliyati, ong va ko`nikmalarini o`stirish, mustaqil hamda ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, ilmiy-amaliy bilimlarini chuqurlashtirish muammosi bundan ham muhim-roq. Bu xususiyatlar kelajakda o`quvchilar qobiliyatini va qiziqishiga ongli ravishda o`z kasblariga qiziqish hamda mas’uliyatni oshishiga yordam beradi.
O`quvchining sportni mukammal egallashida harakat tasuvvurlariningroli kattadir.Harakat tasavvurlariga ega bo`lmagan o`quvchi eng oddiy jismoniy mashqlarniham bajara olmaydi.



Download 145.09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 145.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sport kollejlarida kasbiy aloqadorlik

Download 145.09 Kb.