Yengil atletika bilan aloqadorligi




Download 145.09 Kb.
bet9/10
Sana01.03.2023
Hajmi145.09 Kb.
#43851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdiyxamidova Soniya
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
2.2.Yengil atletika bilan aloqadorligi
Yengil atletika — yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlaridan iborat sport turi. Maxsus jismoniy madaniyat o‘quv muassasalarida esa, yengil atletika — mazkur sport turining nazariy bilimlari va amaliy ko'nikmalari hamda uni o'qitish metodlaridan iborat dars bo‘lib, shu sohada ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadigan fandir. Qadimiy yunoncha “atletika” so‘zi o‘zbek tilida kurash, mashq degan ma’noni bildiradi. Qadimiy Yunonistonda tezkorlik kuchlilik va chaqqonlikda musobaqalasha oladigan kishilarni “atletlar” deb atar edilar. Qadimiy zaminimizda esa bunday kishilarni “Alp"' deb ataganlar. Shuning uchun “Alp” “atlet” tushunchasiga muqobil bo‘lishi mumkin degan fikrlar mavjud. Hozirda ham jismoniy sifatlari har tomonlama rivojlangan tezkor, kuchli, chaqqon odamlarni “atlet” deb ataydilar. O‘zbek tilimizda bunday kishilarni “Alp” deb atash to‘g‘ri bo‘lar edi.
Bu sport turiga “yengil atletika” degan nom berilishi shartli bo‘lib, sirtdan qaraganda, yengil atletika mashqlarining og‘ir atletikaga nisbatan yengil bajarilishiga qarab olingan. Og‘ir atletikada odam tashqaridan shtanganing og‘irligini yengishga oid harakat bajaradi. Yengil atletikada esa tashqi muhitdan hech qanday og‘irlik ta’sir etmasligi sababli og‘ir atletika mashqlariga nisbatan yengil bajarilishiga asoslangan. Yengil atletikada mashq qilganda tashqi muhitdan hech qanday og‘irlik ta’sir etmaydi. Uloqtirishlarda faqat snaryadni og‘irligining ta’siri bo’ladi xolos. Qolgan turlarda esa tashqi og‘irlik yo‘q. Yugurish, sakrashlar og‘ir atletikaga nisbatan yengil bajariladi. Ammo ichki a'zolar, yurak qon-tomir, nafas olish, asab tizimi va boshqa a’zolar faoliyatidagi jismoniy ta’sirlarga nisbatan kechinmalar juda ham og‘ir va davomli o‘tadi. Masalan: marafon yugurishda, o‘rta va uzoq masofalarga yugurishda va h.k. bunday holatlarning mavjudligi yengil atletikani og‘ir atletikadan ham og‘irroq sport turi ekanligi hartomonlama ilmiy asoslab isbotlangan. Ayrim mamlakatlarda yengil atletikani «atletika» (Fransiyada) yoki «yo‘lka va maydondagi mashqlar» (AQSH, Angliyada) deb ataydilar. O‘zbekistonda esa bu sport turini “yengil atletika” deb atash qabul qilingan.
Yengil atletika bilan mamlakatimizning millionlab fuqarolari shug‘ullanadilar. Ushbu sport turining bu kabi ommaviy tus olishi — xalqimizning ma’naviy va jismoniy kamol topishiga erishishga, uning salomatligini mustahkamlashga, uni vatan himoyasiga va mehnatga tayyorlashga katta yordam beradi.
Yengil atletika mashg‘ulotlari kuchlilikni, tezkorlikni, chidamlilikni va boshqa juda ko‘p harakat malakalarini oshiradi, irodaviy fazilatlarni tarbiyalaydi. Shuningdek, ularning sog’lomlashtirish ahamiyati ham katta bo’lib, jismoniy kamolotga erishishga yordam beradi.
Yengil atletika mashqlarining xilma-xilligi: yurganda, yugurganda, sakraganda va uloqtirganda kuch kelishni o‘zgartirish mumkinligi — har xil jins va yoshdagi kishilar bilan yengil atletika mashg'ulotlari o‘tkazaverish imkonini beradi. Bu mashqlarning ko’pchiligi ijro texnikasi jihatidan qiyin emas, o‘rgatish uchun oson va ularni oddiy maydonchalar yoki ochiq joylarda bajaraversa bo’ladi.
Yengil atletika mashqlarining shug’ullanuvchilarga barcha tana a’zolariga ijobiy ta’sir qilishi, ularning keng tarqalgan bo’lshiga sabab bo’ldi. Maktab bolalarining va yoshlaming jismoniy tarbiyasi dasturlarida ham har xil sport turlaridagi mashg‘ulot rejalarida ham, keksalarning jismoniy madaniyat mashg‘ulotlarida ham yengil atletika mashqlariga keng o’rin berilgan ancha jismoniy madaniyat jamoalarida, ko‘ngilli sport jamiyatlarida, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida va boshqa tashkilotlarda yengil atletika seksiyalari yetakchi o‘rinda turadi.
Yengil atletika mashqlari O‘zbekiston jismoniy madaniyat tizimining dasturiy — me’yoriy asosi “Alpomish” va “Barchinoy” test majmualariga ham kiritilgan.
Yengil atletikadagi tayyorgarlik darajasini baholash, bu sport turi bilan shug’ullanishni rag‘batlantirish va musobaqalarni yaxshiroq tashkil qilish maqsadida razryadlarga bo’lish qabul qilingan. Yengil atletika sporti ommaviy rivoj topayotgani va undagi natijalar muttasil o‘sib borayotgani sababli razryad normalari vaqt-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Bu O‘zbekiston sport tasnifming yengil atletika bo’limida ko‘rsatilgan
Yengil atletika O‘zbekiston jismoniy madaniyat tizimining barcha bo‘g‘inlari dasturiga kiritilgan. Uch bosqichli sport musobaqalari: “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” respublika sport musobaqalari dasturida yengil atletikaga keng o‘rin berilgan. O'zbekistonda yengil atletika bo‘yicha turli xil sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Hozirgi zamon yengil atletikasi Angliyada boshqa mamlakatlarga nisbatan oldinroq rasm bo’la boshladi 1837-yili bu yerda 2 km ga yaqin masofaga yugurishdan Regbi shahri kollej o’quvchilarining dastlabki musobaqalari bo’ldi.
Keyinroq yengil atletika musobaqalari Universitetlarda ham rasm bo’la boshladi. Bu jihatdan Oksford va Kembrij universitetlari tashabbuskor bo’ldi 1864-yilda o’quv yurtlari o’rtasida birinchi marta yengil atletika musobaqalari bo’ldi, shundan keyin bunday musobaqalar har yili o’tkaziladigan bo’ldi.
Dunyoda zamonaviy yengil atletika rivojlanishida shu sport turi bo’yicha o’tkazib kelinayotgan jahon birinchiliklari ayniqsa olimpiya o’yinlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. 2012-yilda Londonda o’tkazilgan XXX olimpiada o’yinlarida yengil atletikaning 47 turi bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Yengil atletika 5 bo’limdan iborat bo’lib, bularning orasidan yurish va yugurish ommobob va keng tarqalgan jismoniy mashqlardir. Ular insonning har tomonlama jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi, uning salomatligini asrashda, faol dam olishda ajoyib vosita bo’lib xizmat qiladi. Undan ko’pgina sport turlarida foydalaniladi va tezlikni o’zgartirib, shug’ullanuvchilar organizmiga maqsadli ta’sir ko’rsatib, istalgan natijaga erishiladi.
Sakrash bu – to’siqlardan o’tishning tabiiy usuli bo’lib, qisqa vaqt ichida asab mushak kuchiga maksimal zo’r berish bilan xarakterlanadi. Yengil atletika sakrash mashqlarida sportchilarning o’z tanalarini idora qila bilish, kuchlarni yig’a bilish qobiliyatlarini takomillashtiradi, hamda kuch, tezlik, chaqqonlik va mardlikni ortirib boradi. Uloqtrish asab mushak kuchlanishini qisqa vaqtda yuqori bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bunda qo’l, yelka kamari va tana mushaklarigina emas, balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi.
Uloqtirish bilan shug’ullanish bu – muhim fazilatlarni taraqqiy ettiribgina qolmasdan, butun tana mushaklarining ham garmonik rivojlanishiga yordam beradi. Ko’pkurash yugurish, sakrash va uloqtirishning har xil turlarini o’z ichiga oladi. Ko’pkurash shug’ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo’yadi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo’lishlaridan tashqari, Sprinterlardek tezkor, ular uloqtiruvchilardek kuchli, sakrovchilardek sakrovchan va chaqqon, dadil va albatta chidamli bo’lishlari kerak bo’lib hisoblanadi. Ko’pkurash bilan shug’ullanish sportchilar organizmiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish bilan bir qatorda yengil atletika sport turi bilan shug’ullanishga ham yaxshi zamin yaratib beradi.
Yengil atletika besh bo‘limdan: yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘p kurashlardan iborat.
Harakat to`g’risida tasavvurlar doimo murakkab bo`lib, u ko`rish harakat elemetlarini birligidan tashkil topadi. Uzoq davom etgan harakatlar dastlab ko`z kuzatishlari, keyin mushak harakat tasavvuri bilan bog’lanadi.
O`quvchilarning individual fazilat va sifatlarini shaklantirish va o`quvchilarga kasbiy maslahat , kasbiy va iqtisodiy tarbiya berish, pedagogik-psixologik tashxis ishlarini amalda tadbiq etish quyidagi uch bosqichdan iborat:
1-bosqich. Dasdan tashqari mashg’ulotlarni samarali tashkil etish, kasb-hunarga yo`llash ishlarini takomillashtirish.
2-boqich. O`quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlariga qarab darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish, o`quvchilarni darsdan tashqari ishlarga tanlovlar asosida qabul qilish, individualva tabaqalashtirilgan metodlardan foydalanish.
3-bosqich. Shaxs sifatida tahlil qilish va tashxis qilish metodikasini amalga oshirish.
Kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan kasblarini egallashlari uchun texnik fanlarni qitishda mustaqil va ijodiy ishlarni samarali tashkil qilish, ushbu jarayonni yangi o`quv-uslubiy majmualar bilan ta’minlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining erkin va mustaqil fikrlash hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun turli muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish malakalarini shakl-lantirishni, ularning ta’lim jarayonida faol ishtirokini ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda metodlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodlarini qo`llash, o`qitish jarayonida ijodiy muhitni yuzaga keltiradi, o`quvchilar faolligini oshiradi, o`qituvchi esa tayyor bilimlarni yetkazuvchi emas, balki o`quvchilarning bilimlarini mustaqil o`zlashtirilishi uchun sharoit yaratib beruvchi, ta’lim jarayonining yo`naltiruvchisi yoki maslaxatchisiga aylanadi.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, jismoniy tarbiya mutaxasislari o`z ustida tinimsiz mehnat qilishlari, izlanishlari, o`quvchilarning bilim samaradorligini oshirishda kerakli malaka va ko`nikmalarni rivojlantirib borishlari zarur. Shundagina, jismoniy tarbiya va sportni o`quvchi tafakkurining rivojlanishiga, jismoniy sifatlariningo`sishiga, ularning texnik va taktik harakatlarni o`rganishiga yaqindan yordam beriladi
Shu qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham katta ahamiyat berilmoqda. Bejiz emaski, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi, 1993-yildagi “Sog’lom avlod uchun jamg’armasini tashkl etish to’g’risida”gi Farmoni, 1998-yil 10-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni va shu farminni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, Respublika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 1999-yil 29-martdagi “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tog’risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasining 2000-yildagi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 24-oktabrdagi “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni hamda Republika Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hay’atining 2003-yil 4-yanvardagi qarori – bu hujjatlarning barchasida hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sportni aholi o’rtasida keng yoyish va yoshlarni sportga jalb etish umumdavlat ishi ekanligi va bu barcha xo’jalik va jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalarining burchi ekanligi ta’kidlangan. Barcha qonun, qaror va farmonlarda kishilarning sog’lom turmush tarzini shakillantiruvchi yangidan yangi aniq vazifalar belgilab berilgan, ayniqsa bolalarni go’dakligidan boshlab mustaqil jismoniy mashg’ulotlarga o’rgatishga keng jalb qilish, ularni chiniqtirish, xususan, sog’lom, baquvvat, chidamli, chaqqon bo’lib o’sishlariga jiddiy e’tibor berish zarurligi alohida uqtirilgan. Chunki bu dolzarb masalalardan biridir. Prezidertimiz Islom Karimov o’z chiqishlarida mamlakatimizda sog’lom avlod tarbiyasi davlat ahamiyatiga molik vazivasi ekanligini qayta-qayta ta’kidlamoqda. Bu sharafli vazifani bajarishda esa jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish ham katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, milliy mafkuramiz, qadriyatlarimizni jismoniy tarbiyada ham aks ettirish choralari ko’rilmoqda. Ya’ni sportni rivojlantirish bilan birga, milliy qadriyatlarimizni, o’zbekona urf-odatlarimizni ham yosh avlod hayotiga singdirib borish va shu ruhda tarbiyalashga muhim vazifa deb qaralmoqda.
Farzandlarimiz chiroyli, qad-qamoti kelishgan, xuddi ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi va To’maris, qolaversa, dostonlarimizda kuylanib kelayotgan Alpomish va Barchinoy, Go’ro’g’li, Kuntug’mishlardek jasur, bahodir va dono bo’lib o’sishlari uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishimiz zarurdir.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi. Bas, shunday ekan, hammamiz jismoniy tarbiya va sportning yuksalishiga o’z munosib hissamizni qo’shishimiz shart va lozim, deb o’ylaymiz.
Mamlakatimiz mustaqillika erishgandan so`ng taraqqiyotning barcha jabhalarida yuz berayotgan kabi ta’lim tizimida shu jumladan fizika o`qitish borasida ham jiddiy o`zgarishlar yuz berayotganining guvohi bo`lib bormoqdamiz ayniqsa akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida fizika fanida yuqori ko`rsadkichlarga erishishda o`quvchilarni ayni fanga bo`lgan qiziqishlarini orttirish hal qiluvchi omillardan biridir shu nuqtai nazardan ayni kurs ishida bir qancha vazifalarni hal qilishga urunildi.

Download 145.09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 145.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yengil atletika bilan aloqadorligi

Download 145.09 Kb.