Buxoro davlat universiteti fizika -matematika fakulteti "fizika " kafedrasi




Download 0.84 Mb.
bet6/10
Sana01.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#43849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HUSNIDDIN
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
Tranzistor haqida tushuncha.
Ikkita p–n o‘tishga ega bo‘lgan yarimo‘t kazgichli sistemaga tranzistor deyi ladi. Tranzistor yordamida elektr tebranishlari hosil qilinadi, boshqariladi va kuchaytiriladi. Tranzistorni tayyorlash uchun elektron o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan germaniy kristalining ikkita tomoniga indiy kavsharlanadi. Germaniy kristalining qalinligi juda kichik bo‘ladi (bir necha mikrometr). Mana shu qatlam tranzistor asosi, ya’ni bazasi deb ataladi (1.3.5 a-rasm).

1.3.5-rasm.
Uning kovakli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita tomonidan сhiqarilgan uchlari emitter va kollektor deyiladi. Bunday turdagi tranzistorni p–n–p strukturali tranzistor deyiladi (1.3.5 a-rasm). Tranzistorning emitter sohasidagi kovaklar konsentratsiyasi, bazadagi elektronlar konsent rat siyasiga nisbatan bir necha marta katta qilib tayyorlanadi. Tranzistorning shartli belgisi 1.3.5 b-rasmda
keltirilgan.
Tranzistorning ishlashini qaraylik (1.3.6-rasm).

Emitter – baza oralig‘iga ulangan batareya kuchlanishi to‘g‘ri p–n o‘tishni hosil qiladi. Kollektor – baza oralig‘idagi batareya teskari p–n o‘tishni hosil qiladi. Unda kollektorda tok qanday hosil bo‘ladi?
Baza – emitter oralig‘iga qo‘yilgan kuchlanish ta’sirida kovaklar bazaga kirib keladi. Bazaning qalinligi juda kichik bo‘lganligi hamda unda elektronlar konsentratsiyasi kam bo‘lganligidan kovaklarning juda kam qismi elektronlarga birikadi. Ko‘pchilik kovaklar esa kollektor sohasiga o‘tib qoladi. Kollektorga ning manfiy qutbi ulanganligidan kovaklar unga tortilib, kollektor tokini tashkil etadi. Emitter – baza zanjiridagi tok kuchi, emitter – kollektor yo‘nalishidagi tok kuchidan ancha kichik bo‘ladi. Emitter – baza yo‘nalishidagi tok kuchi o‘zgarsa, emitter – kollektor yo‘nalishida o‘tayotgan tok kuchi ham o‘zgaradi. Shunga ko‘ra tranzistordan o‘zgaruvchan tok signallarini kuchaytirishda foydalaniladi.
Tranzistorni tayyorlashda baza sifatida p-turdagi yarimo‘tkazgich olinishi ham mumkin. Bu holda emitter va kollektor sohasi n-turdagi yarimo‘tkazgichdan tayyorlanadi. Bunday tranzistorni n–p–n strukturali tranzistor deyiladi. Bunday turdagi tranzistorlarning ishlash prinsipi p–n–p turdagi tranzistordan farq qilmaydi. Bu tranzistorda faqat tok yo‘nalishi kollektordan emitterga tomon bo‘ladi.

Download 0.84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti fizika -matematika fakulteti "fizika " kafedrasi

Download 0.84 Mb.