• Tadqiqot ob’ekti va predmeti
  • Buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti




    Download 385.64 Kb.
    bet3/11
    Sana01.03.2023
    Hajmi385.64 Kb.
    #43852
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Adolat kurs ishi
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
    Mavzuning dolzarbligi: Fan va texnikaning hozirgi rivojlanish sur’atlari ko`plab yangi moddalar va texnologiyalar yaratilishini talab etadi. Shu munosabat bilan tez rivojlanayotgan texnologik jarayonlar qatorida lazer texnologiyalari muhim o`rin egallaydi. Yorug’likning majburiy nurlanishlar jarayoni orqali elektromagnit to`lqinlar hosil qilish, ularni kuchaytirib nur dastasiga aylantirish orqali hosil qilingan lazer nuri ko`plab amaliy jarayonlarda beqiyos texnologik asbob bo`lib qolmoqda. Shuning uchun lazerlarning ishlash prinsiplari va xossalarini chuqur tahlil qilish orqali ularning qo`llanish samaradorligini oshirish dolzarb muammolardan biridir. Ma’lumki, lazerlar moddalarning xossalarini, ularning optik xususiyatlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Lazer nurlarining texnologik imkoniyatlarini uning faqatgina ilmiy-tadqiqot ishlarida emas, balki prinspial jihatdan yangi bo’lgan lazer sistemalar qidirib topishga, yaratishga olib keldi. Bu tadqiqotlar natijasi zamonaviy lazerlar ishlab chiqarish lazerlar fizikasi va texnikasining rivoji mavjud qurilmalarni takomillashtirish va yangi turdagilarni yaratish maqsadida imkoniyatlari kengroq bo’lgan moddalarni, xususan yarim o’tkazgichlardan foydalanishni taqozo etmoqda. Ma’lumki, yarimo’tkazgichli moddalari tarkibiy tuzilishlarini o’zgartirish orqali turli-tuman xususiyatlarga ega bo’lgan elementar va murakkab tarkibli faol moddalar olish mumkin. Shunday xususiyatlari tufayli, ulardan turli xil lazerlar yaratish imkoniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
    Tadqiqot ob’ekti va predmeti:Kurs ishining tadqiqot ob’ekti yarimo`tkazgichli lazerlar, ularning turlari va yarimo`tkazgichli moddalarga qo`yiladigan talablar.
    Tadqiqot maqsadi va vazifalari: Lazerlarning qattiq jismli, suyuqlikli, yarim o`tkazgichli va gazlar asosida yaratilgan turlari ichida yarimo`tkazgichli lazerlar alohida o`rin tutadi. Yarimo`tkazgichlarda turli energetik sathlar hosil qilish, ularni to`ldirilganlik darajasini o`zgartira olish texnologik usullari mavjud bo`lganligi uchun ular tez rivojlanib ketdi. Ayniqsa, ularning o`lchamlari o`ziga xos bo`lishi, quvvatliligi, ishga tez tayyorlanishi ko`p holatlarda uni boshqa turdagilardan ustuvorligini ta’minlaydi. Mazkur Kurs ishida, yarimo`tkazgichli lazerlarning ishlash va qo`llanilish sohalari, Birinchi bobda optik kvant generatorlari va lazerlarning yaratilishiga olib kelgan fundamental effektlar,optik kvant generatorlarining ishlash prinsipi,geliy-neon lazerlari fizika va texnikasini o`rganish ishning asosiy maqsadi qilib olindi.
    Ishda oldinga qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish zarur deb topildi:
    Optik kvant generatorlarining ishlash prinsipi;
    Lazerlarning yaratilishiga olib kelgan fundamental effektlar. Olingan natijalar asosida takliflar kiritish.

    Download 385.64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 385.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti fizika-matematika fakulteti

    Download 385.64 Kb.