ELEKTRONIKA SOHASIDA QO`LLANILISHI




Download 385.64 Kb.
bet5/11
Sana01.03.2023
Hajmi385.64 Kb.
#43852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Adolat kurs ishi
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04

1.3ELEKTRONIKA SOHASIDA QO`LLANILISHI .


Lazer texnologiyasi jarayonlarini albatta shartli ravishda ikki turga bo`lamiz. Birinchi turi lazer nurini o`ta aniq fokuslash va impulsli rejimda ham, uzluksiz rejimda ham energiyani aniq dozalash imkoniyatidan foydalaniladi. Bunday texnologik jarayonlarda o`rtacha quvvati uncha yuqori bo`lmagan lazerlar: impuls-davriy ishlaydigan gaz lazerlari, neodim kirishmali itiriy-alyuminiy granat kristallaridagi lazerlar qo`llaniladi. Keyingi lazerlar yordamida soatsozlik sanoati uchun yoqut va olmos toshlarda mayda (diametri 1-10 mkm va chuqurligi 10-100 mkm gacha) teshiklar parmalash texnologiyasi va ingichka sim tortish uchun filerlar texnologiyasi ishlab chiqilgan. Kichik quvvatli impuls lazerlar qo`llanadigan asosiy soha mikroelektronika va elektrovakuum sanoatida mitti detallarni kesish va payvandlash, mitti detallarga markalar tushirish bilan bog‘liq. Poligrafiya sanoati ehtiyojlari uchun raqamlar, harflar, tasvirlar avtomatik tarzda kuydirib tayyorlanadi.
Hozirgi kunda mikroelektronikaning eng muhim sohalaridan biri-fotolitografiyada oddiy yorug‘lik manbai o`rniga lazerlardan foydalanilmoqda. Bizga ma’lumki, fotolitografiya usulini qo`llamay turib, o`ta mitti bosma platalar, integral sxemalar va mikroelektron texnikaning boshqa elementlarini tayyorlab bo`lmaydi.
Submikron litografiyadagi keyingi taraqqiyot ekspozitsiyalovchi yorug‘lik manbai sifatida lazer nuri vujudga keltiradigan plazmadan tarqaladigan yumshoq rentgen nurlanishidan foydalanish bilan bog‘liq. Bu holda rentgen nurlanishining to`lqin uzunligi (0,01-0,001mkm) bilan belgilanadigan ajratish chegarasi juda yuqori bo`ladi.
Yarim o`tkazgichli lazer diodlar. Eng keng tarqalgan lazer turlari lazerli ko`rsatkichlar, lazerli printerlarda foydalaniladi, telekommunikatsiyalarda va optik axborot tashuvchilarda qo`llaniladi. Quvvatli lazerli diodlar zamonviy qattiq jismli lazerlarni yig’ishda ishlatiladi. Tashqi rezonatorli lazerlar yuqori energiyali impulslarni hosil qilishda ishlatiladi.

1.3.1-rasm. Yarimo’tkazgichli lazer diodlari
Lazer texnologiyasining ikkinchi turi esa o`rtacha quvvati katta: 1 kVt gacha va undan yuqori bo`lgan lazerlardan foydalanishga asoslangan. Yuqori quvvatli lazerlardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: qalin po`lat listlarni qirqish va payvandlash, sirtqi toblash, yirik gabaritli detallarga metallni eritib yopishtirish va legirlash (metallarni maxsus material, xrom, nikel va boshqalar bilan qoplash), binolar sirtini tozalash, marmar, granitni kesish, gazlama, teri va boshqa materiallarni bichishda. Metallarni lazer bilan payvandlashda chok juda sifatli chiqadi, elektron-nurli payvandda ishlatiladigan vakuum kameralarga ehtiyoj qolmaydi, bu esa konveyerli ishlab chiqarishda juda muhimdir.
Katta quvvatli lazer texnologiyasi mashinasozlikda, avtomobil sanoatida, qurilish materiallari sanoatda qo`llaniladi. U materiallarga ishlov berish sifatini oshiribgina qolmay, ishlab chiqarish jarayonlarining texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini ham yaxshilaydi. Masalan, 14 mkm qalinlikdagi po`lat listlarni lazer bilan payvandlash tezligi 100 m/soat ga yetadi; bunda 10 kVt(soat elektr energiya sarflanadi.
Hozirgi paytda bundan ham quvvatliroq lazer texnikasi rivojlanishi bilan lazer nurlanish energiyasi an’anaviy energiya turlari (elektr tok energiyasi, mexanik energiya, ximiya jarayonlar energiyasi) bilan bir qatorda xalq xo`jaligida borgan sari keng qo`llanilmoqda.

Download 385.64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 385.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ELEKTRONIKA SOHASIDA QO`LLANILISHI

Download 385.64 Kb.