Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




Download 7.23 Mb.
bet2/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34

2.5. XULOSA

2.6.ILOVA

2.7.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

MUNDARIJA



KIRISH

San’at - tabiatga tahliddir”.



Arastu.

Naqqoshlik - o’zbek xalq amaliy bezak san’atining eng jozibali va nafis to’rlaridan biridir! Binobarin xalq amaliy san’atining barcha turlarini naqsh elementlarisiz tasavvur etish qiyin. Naqsh - gul, bezak degan ma’noni anglatib, amaliy san’at asarlariga chiroy bag’ishlaydi. Bunday bezak elementlari esa, tabiatda uchrovchi o’simlik dunyosi, xayvonlar tasviri va koinot jismlarining eng sodda ko’rinishlari orhali aks ettiriladi.



Naqqoshlik san’ati qadimdan insonning moddiy muhitini go’zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qilib kelgan. Xalq ustalari tomonidan jilolangan me’moriy obidalar, turar joy va ro’zqor buyumlari go’zallikni idrok etishimiz, ma’naviyatimiz va o’zligimizni chuqurroq anglashimiz borasida bebaqodir. Ota-bobolarimizning bizga qoldirgan ma’naviy merosi cheksiz. Shulardan biri san’at asarlaridir. Xalq amaliy san’ati asarlari nafaqat bezakdorligi, chiroyli shakllari, qadimiyligi hamda chuqur falsafiy, tarbiyaviy, ruhiy xususiyatlari bilan o’zining yuksak qiymatiga ega. Farzandlariga yoshlik choqlaridan hunar o’rgatib kelgan xalqimiz o’zining an’analaridan, urf-odatlaridan, turli ma’naviy meroslaridan unumli foydalanib keladi. Bugungi kunimizda qam xalqimizning an’analarini, usta va shogird asosida yoshlarimizga hunar o’rgatishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa oliy ta’lim muassasalarini, turli san’at akademik litsey va kasb-xunar kollejlarda yoshlarning kasb-hunar faoliyati bilan shuqullanishlari uchun zarur shart - sharoitlarni vujudga keltirish, ularni mutaxassisliklar yo’nalishlari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni berish uchun samarali mehnat qilinmoqda. Shuningdek, buyuk ma’naviyatimizni tiklash va uni yanada yuksaltirish yo’lida ta’lim-tarbiya tizimini yuksaltirish muxim ahamiyatga egadir.

Naqqoshlik san’ati qam hunar, qam san’atdir. Bu va bu kabi san’at turlarini egallash yoshlarning badiiy madaniyatini, tafakkurini, dunyoqarashi va estetik didini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Naqqoshlik san’ati asirlar davomida ajdodlarimiz tomonidan ko’z qorachiqiday asrab-avaylab kelindi va kelinmoqda. Hozirgi yosh avlod uni qabul qilib olarkan, o’z oldida turgan mas’uliyatni bir daqiqa qam unutmasligi lozim. Xozirgi kunda Respublikamizda ta’lim-tarbiyanin jaxon standartlari talab darajasida bo’lishi aloxida axamiyatga egadir.

“Xalq badiiy xunarmandchiligi va amaliy san’atining yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab - quvvatlash chora tadbirlari to’g’risida”gi Prezidentining Farmoni bir necha muxim, dolzarb masalalarni o’z ichiga olishi bilan birgalikda - ta’lim - tarbiya tizimini tubdan isloq qilish, uni zamon talabi darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini parpo qilish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat. Xozirgi kunda Respublikamizda ta’lim-tarbiyanin jaxon standartlari talab darajasida bo’lishi aloxida axamiyatga egadir. Bugungi kunimizda amaliy san’at ustalarining yangi avlodlarini tarbiyalash, ularning barkamollikka erishishlari yo’lida barcha sharoitlar mavjud.





Download 7.23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 7.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

Download 7.23 Mb.