Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




Download 7.23 Mb.
bet3/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Mavzuning dolzarbligi

Prezidentimiz I.A.Karimov «Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi ma’ruzalarida mehnat va kasb ta’limi sohasida, o’qituvchi va tarbiyachilarning qay darajada yetuk bilimli bo’lishlari kerakligi haqida alohida to’xtalib o’tganlar.

Davlat talablarida mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisi o’z sohasiga tegishli barcha meyoriy - huquqiy, meyoriy - uslubiy hujjatlarni bilishi, o’quvchilar bilimini baholashning yangicha usullari, ayniqsa, reyting tizimini mukammal qo’llay bilishlari kerakligi haqida talablar qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13-maydagi «Umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi 203-sonli qarorini bajara borib, viloyatimiz maktablarida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Milliy madaniyatni rivojlantirishda xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atining ahamiyatini oshirish, qo’lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlash, an’anaviy va o’ziga xos turlarni qayta tiklash, hamda xalq hunarmandlariga davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash yo’llari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martdagi PF-1714 sonli badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora tadbirlari to’g’risidagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1977-yil 4-iyun 282-sonli qarorida o’z aksini topgan. Farmon hunarmandlar va amaliy san’at ustalari uchun o’z vaqtida qabul qilingan eng muhim xujjat va kelgusi ishlarni yanada rivojlantirishga dastur amal bo’ldi.

Shuningdek farmonda yana “San’atning noyob turlarini va buyumlarining yuksak badiiy nusxalarni tayyorlashda an’analarni saqlab qolish, hamda bu ish ko’nikmalarini yoshlarga singdirish masalalari ko’rildi. Mohir ustalarni tayyorlash bo’yicha maxsus “Ustoz - shogird” maktablarini tashkil qilish” bayon etilgan. Shu qatorda amaliy san’at bo’yicha badiiy to’garaklar tashkil etib, amaliy san’atimizga qiziqqan yoshlarni jalb qilib o’rgatish ustuvor vazifa bo’ldi.

Hozirgi kunda eng qadimiy amaliy san’at turlaridan bo’lmish kashtachilikda, usta - hunarmandlarimiz va metodist o’qituvchilarimiz tomonidan bir qator ijodiy ishlar olib borilmoqda. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini o’rganish jarayonida, muammo bilan bog’liq bir qator ijodkor ustalar qoldirgan amaliy ishlar namunalari, san’atshunos-metodistlar qalamiga mansub adabiyotlar bilan tanishib chiqdim. Bunda kashtachilik san’atini yanada rivojlantirishda, to’garaklarni qaytadan yo’lga qo’yib, tashkil qilishning o’rni haqida aytib o’tilgan. Haqiqatdan ham bu to’garaklarni qaytadan to’liq yo’lga qo’yish va shu orhali qadimiy usta - hunarmandlar olib borgan ish texnikasini asos qilib olish, mavzu ustida ishlashga sabab bo’ldi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda va undan tashqarida xalqimizning boy va betakror badiiy boyligiga va milliy qadriyatlariga, qolaversa o’zbek xalqining moddiy va ma’naviy hayotida, hozirgi madaniyatning rivojlanishi uchun asos bo’lgan. Tanlangan mavzuning muhimligi shundan iboratki, O’zbekistonda juda qadimdan rivoj topgan kashtachilik san’atida hunar sirlarini mukammal o’zlashtirib, bu hunarni san’at darajasiga ko’tarishdir.



Download 7.23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 7.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

Download 7.23 Mb.