• NAQQOSHLIK SAN’ATI VA UNING TARIXI
  • Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




    Download 7.23 Mb.
    bet5/34
    Sana08.03.2021
    Hajmi7.23 Mb.
    #13196
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Tadqiqot ob’yekti:

    Kasb-hunar kollejlarida, maktabda va maktabdan tashqari muassasalardagi amaliy san’at to’garaklari va “Kashtachilik” san’atini yoshlarga o’rgatishda qo’llash jarayoni.



    Tadqiqot predmeti:

    Amaliy san’atda to’garaklarni tashkil etish shakllari va uslublarini ishlab chiqish va amalda qo’llash.



    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

    Amaliy san’atda kashtachilik to’garaklarini yangi zamonaviy uslubini ishlab chiqarish. Qadimiy amaliy san’at turlaridan bo’lmish, kashtachilik san’ati sirlarini o’rgatish uchun to’garaklarini tashkil qilish metodikasiga asoslanib to’garaklarni tashkil etish, bunda yangi innovatsion pedagogik texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalanish. Kashtachilik san’ati o’qitishning innovatsion pedagogik texnologiyalari mashg’ulot turlariga dars bayonini va ishlanmasini tayyorlash. Hozirgi kun talabiga javob beradigan, yangi o’quv xonalarini badiiy did bilan bezash, yangi yetapli (bosqich) uslubi ishlab chiqariladi.



    NAQQOSHLIK SAN’ATI VA UNING TARIXI

    Naqqoshlik san’ati barcha amaliy san’at turlarining tarkibiy qismi o’laroq, O’rta Osiyo xalqlari orasida o’zining nafis shakllari, rangin tovlanishi hamda ramziy ma’nolariga boyligi bilan qadimdan keng rivojlanib kelmoqda.

    Ma’lumki Vatanimiz ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm kabi shaharlardagi ko’hna obidalar ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, sangtaroshlik, naqqoshlik, koshinkorlik namunalari bilan o’ziga xos ravishda bezatilgan. Ulardagi betakror naqsh bezaklarini kuzatar ekanmiz, ijodkor bo’yoqlar orhali shakllarni qanchalar nafis ifodalay olganidan xayratga tushamiz, Shuningdek, tarixiy Baqtriya, Suqd, Xorazm, Shosh kabi qududlardan topilgan bezakli ashyolarning o’ta qadimiyligi ham, insoniyatning go’zallik olamiga qanchalar intiq yashaganligidan dalolat beradi. Tarixdan har bir davr naqqoshlik san’atining rivojiga o’zining salmoqli hissasini qo’shib, uning yanada rivojlanib, taraqqiy etishiga zamin yaratib kelgan.

    VIII asrning boshlarida O’rta Osiyoga islom madaniyatining kirib kelishi, badiiy bezak va naqqoshlik san’atining yanada rivojlanishiga sabab bo’ldi. Mahobatli rasmlardagi jonli mavjudotlar o’rnini tabiat tasvirlari, o’simliksimon va geometrik elementlar ishtirokidagi naqsh namunalari egalladi. Arab yozuvlari o’zlashtirilib, bezakli (epigrafika) uslubi paydo bo’ldi.

    Naqqoshlikda turli shakllar, gul elementlari va rang tuslarining ramziy falsafiy ma’nolari kengroq ifodalana boshlandi:

    Kvadrat - abadiylik, mustaxkamlik .

    Quyosh - hayot ramzi.

    Zirk guli (gulsafsar) osoyishtalik va uzoq umr.

    Olma - muxabbat ramzi.

    Sher - mardlik, adolat va kuchlilik ramzi.

    Xumo - baxt keltiruvchi qush.

    Yashil rang - ona zamin.



    Havo rang - musaffo osmon.

    O’rta Osiyoga bostirib kelgan Chingizxon (XIII asr) qo’shinlari madaniy hayotni birmuncha izdan chiqardi. Temur va Temuriylar davriga kelib esa ilmu-fan, madaniyat va san’at keskin rivojlandi. Ko’plab tarixiy inshoatlar qurilib ular koshinkorlik, unvonli serhasham yozuvlar va turli o’yma naqshlar bilan bezatildi. Natijada hattotlik, kitobat va minatyura san’atlari yanada rivoj topdi. Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib kabi ko’plab naqqosh - musavvirlar; Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Amir Xusrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy va ko’plab buyuk zotlarning asarlarini ajoyib tasvir va naqshlar bilan bezaganlar.

    XVI-XVII asrlarda Buxorodagi Abdulazizxon madrasasi (XVI asr) Baland masjidi (XVI asr) Xo’ja Zayniddin xonaqosi (XVI asr) Samarqanddagi Tillaqori madrasasi (XVII asr) va Zarxal naqshlar (kundal texnikasi) bilan bezatildi. Bu usul “mahzi soxta” deb ham yuritiladi. Naqqoshlikda lojuvard, yashil, qizil, tilla hal bo’yoq tuslarini o’zaro bog’lanishi asosidagi “turunj” namoyon, girih usullaridan tashkil topgan naqsh namunalari ko’plab ishlangan. Naqqoshlik san’atida o’ziga xos naqsh maktablari shakllana boshlandi. Ko’plab xalq ustalari yetishib chiqib faoliyat ko’rsatdilar.

    XX asr boshlarida naqqosh ustalar: Olimjon Qosimjonov, usta Sherali Xoji, Rauf Nazarov, ustazoda Yoqubjon Raupov, Vakil va Sobir Isayevlar Toshkentdagi Romanovlar saroyini, hozirgi xalq amaliy san’ati muzeyi binosini va boshqa binolarni sharqona naqsh namunalari bilan bezadilar.

    1947 yilda qurib bitkazilgan O’zbekiston Davlat opera va balet katta teatri binosining bezak ishlarida usta Vakil va Sobir Isaevlar, Yoqubjon Raupov, Olimjon Qosimjonov, Jalil Hakimovlar samarali mehnat qildilar. Teatr binosini 1966 yilda qayta ta’mirlash ishlarida ham mohir usta Jalil Hakimovning xizmatlari katta bo’ldi. Yangi naqsh kompozitsiyalarini odatda naqqosh ustalar chizib berganlar. Ular xalq amaliy san’ati turlari uchun chiziluvchi naqshlarning kompozitsion tuzilishini, chizish, o’yish, tikish usullari va pardoz berish qoidalarini yaxshi bilganlar.

    Naqqosh ustalar bir vaqtning o’zida bir necha hunar turlarini ham egallab borganlar. Masalan: Toshkentlik pargori usta Olimjon Qosimjonov, naqqosh Jalil Hakimovlar yog’och o’ymakorligini, Xivalik Abdulla Boltayev naqqoshlik, misgarlik kabi hunar turlarida erkin ijod qila olganlar. Handasiy naqsh kompozitsiyalari, girihlarni tuzuvchi ustalarni naqqoshlikda girihkor, katta ustalar deb atashgan. Geometrik naqqoshlarni gumbaz mehrob va turli assimetrik shakllarda qo’llab ishlash ancha murakkab ish sanaladi.

    O’zbekistonda naqqoshlik san’atining o’ziga xos bir necha maktablari mavjud bo’lib, ular XX asrning o’rtalarida qayta shakllanib yanada rivojlandi. Toshkent naqqoshlik maktabi o’ziga xos uslubga ega.

    Bu uslubda ishlangan naqshlar rang tuslarining nozikligi, yashil havo rang hamda oltinsimon jigarrang koloritlarda ishlanishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, naqsh elementlarining xilma-xilligi pardoz usullarining ko’proq targ’il tortish texnikasi bilan bajarilishi o’ziga xosdir. Toshkent naqqoshlik maktabining namoyondalari Sherali Hoji Hasanov, Vakil va Sobir Isaevlar, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raupov, Jalil Hakimov, Toir To’xtaxo’jaev, Mahmud To’raev, Komil Karimov va Anvar Ilxomovlardir.

    Farg’ona naqqoshlik maktabining uslubi naqsh kompozitsiyalarida ortiqcha shakl yasovchilarisiz, zamin bo’shliqlari islimiy gul va novda shakllari bilan mohirona to’ldiriladi.

    Farg’ona naqshlariga to’qroq, qarama - qarshi (kontrast) ranglar jilvasi ulug’vorlik bag’ishlaydi. Gul va barg elementlarining pardozlari ko’proq yedirma uslubida bajariladi. Farg’ona naqqoshlik maktabi haqida gap ketganda qo’qonlik naqqosh ustazodalar nomlarini faxr bilan tilga olish mumkin. Ular Norqo’zi Nurmatov, Saidmahmud Norqo’ziev, Saidahmad Mahmudovlardir.

    Mustaqilligimizning ilk yillarida o’zining 80 yoshlik to’ylarini nishonlab, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi unvonini olgan Saidahmad Mahmudovning ko’plab shogirtlari bor. Xorazm naqqoshlik maktabining ham o’ziga xos uslubi mavjud. Xorazm naqshlari ko’proq novda ishtirokidagi aylana spiralsimon murakkab ko’rinishdagi naqshlardan iborat.

    Xorazm naqshlarini turlanishida uch va to’rt xil rang tuslari ishtirok etib, naqsh zaminlari havorang - yashil novdalar oq rangda pardozi esa qora rangda bo’ladi. Xorazm naqshlarida islimiy egiluvchan madohil shakllari ko’plab uchraydi. Xorazm naqqoshlik maktabi namoyondalari Abdulla Boltayev, Xo’janiyoz Saidniyozov, Eshmurodov Sofoev, aka-uka Vafo va Bolta Mirzaevlar, Ro’zimat Masharipov va boshqalardir.

    Buxoro naqqoshlik maktabining ish uslublari naqsh kompozitsiyalarining mukammal va jozibadorligi, girih o’simliksimon, aralash naqsh namunalarining yorqin ranglarda ishlanishi bilan xarakterlidir. Samarqand naqshlari Toshkent, Farg’ona naqshlariga o’xshab ketadi.

    Samarqand naqshlarida zangori - yashil rang tuslari ko’plab qo’llaniladi. Naqsh kompozitsiyalaridan o’simliksimon murakkab girih turlari alohida joziba kashf etadi. Samarqand naqsh turlarida yedirma - pardoz usullari keng qo’llaniladi. Bu naqqoshlik maktabning nomoyondalariga: usta Raxmon, usta Jamoliddin, usta Sharif, usta Aminjon, usta Mahmud va boshqalar kiradi.

    Naqqoshlikda ko’plab material va asboblar ishlatiladi. Naqsh chizish uchun oq qog’oz, yumshoq qora qalam, chizg’ich va o’chirg’ich. Bo’yoq turlaridan guash, akvarel, moybo’yoqlari, suv idish va ranglarni qorish uchun idishchalar. Turli nomerlardagi mo’yqalamlar, pargor, shaffof qog’ozi, kumush va tilla hal kukuni, xoka, nina, duradgorlik yelimi, bo’r, alif, lak va hokazolar kerak bo’ladi. Ularning ishlatilishini va ahamiyatlari bilan tanishaylik. Naqshlarni bo’yash va ularga pardoz berishda bo’rsiq, suvsar, olmaxon kabi hayvonlarning yungidan tayyorlangan mayin mo’yqalamlar ishlatiladi. Mayda qil - qalamlarni uchi ingichkaligi sababli naqshdagi nozik joylarni ishlashda qulaylik tug’diradi. Naqqosh ustalar zarurat tug’ilsa yirikroq mo’yqalamlarni iplar bilan bo’lib bog’lagan holda kichiklashtirib ishlatadilar.



    Download 7.23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 7.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

    Download 7.23 Mb.