Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




Download 7.23 Mb.
bet6/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Naqqoshlik, naqshkorlik - amaliy sanʼatning qad. sohasi; naqsh yaratish kasbi. Naqqosh usta qogʻozga yoki matoga naqsh mujassamotini yoki naqsh taqsimini chizib oladi (ayniqsa, girih va islimiy kabi murakkab naqshlarda), axta, andoza tayyorlaydi.

Amaliy sanʼat ustalari 2 xil usulda bezak yaratadilar: naqqoshlar tayyorlagan axta, andoza yordamida hamda naqsh (gul) toʻgʻridan-toʻgʻri bezash jarayoni-daustalar tasavvurining mahsuli sifatida yaratiladi. Naqqoshlikda naqsh, bezakni malakali naqqosh ustalar chizib beradilar, bunday naqshlarni meʼmorlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqa dagi naqsh mujassamotlarida birday uchratish mumkin.

Naqsh yaratish ustadan did, mahoratdan tashqari qunt, uzoq mashq-malaka talab qiladi. Naqqoshlar oʻtmishda xalq ustalarining eng bilimdon, isteʼdodli qismini tashkil etgan, ular ustodlarda taʼlim olgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni yaxshi bilgan.

Oʻrta Osiyo hududidagi meʼmoriy yodgorliklar, arxeologik qazilmalar Naqqoshlikning bu yerda qadimdan rivojlanganligini koʻrsatadi. Amaliy bezak sanʼati turlari (kulollik, miskarlik, zargarlik, gilamchilik, kashtadoʻzlik, kandakorlik va boshqalar) hamda meʼmorlikning taraqqiyoti naqqoshlikning ham rivojini taqozo etdi. Qoʻyqirilganhalʼa, Tuproqhalʼa, Koʻhna Urganch, qadimiy Termiz, Ayritom, Bolaliktepa, Varaxsha, Afrosiyob va boshqa joylardan topilgan turli xil uslubdagi naqsh namunalarining jozibadorligi ajdodlarning yuksak madaniyatidan darak beradi. Naqqoshlik, ayniqsa, oʻrta asrlarda (XIX-XII, XIV-XV, XVIII-XIX-asrlar)da keng tarhaldi.

Kitobat sanʼatida qoʻlyozmalarni moʻjaz asarlar bilan bezashda naqqoshlik, musavvirlik asosiy oʻrin tutadi; meʼmorlikda naqshlarni qoʻllash, ayniqsa, taraqqiy etib, oʻz qonunqoidalari hamda uslublari, oʻziga xos ranglar uygʻunligiga va mustaqil mujassamotlariga ega boʻlgan.

Oʻzbekistonning turli viloyatlaridagi meʼmoriy yodgorliklar, idish, buyum, mehnat qurollaridagi naqshlarda umumiylik koʻzga tashlansada, Buxoro, Xiva, Fargʻona, Toshkent va boshqa joylarda shu yerlarning oʻziga xos naqsh uslublari vujudga kelgan. Naqqoshlik avloddan-avlodga oʻtgan, shogirdlar ustozlaridan oʻrgangan naqsh namunalarini isteʼdodlari darajasida boyitib borganlar, naqqoshlikni rivojlantirganlar. Oʻzbekiston hududi (turli mintahalari)da oʻziga xos boʻlgan Naqqoshlik maktablari shakllangan.

Shunga koʻra, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Fargʻona vodiysi, Toshkent naqqoshligi ayrim oʻziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan Farqlanadi. XX - asr oʻrtalaridan naqqoshlik bezak mujassamotlariga tasvirlar (meʼmoriy obidalar, kishilar portretlari va boshqalar) ham kiritila boshlandi. Jumladan, kandakori buyumlar bezagida meʼmoriy obidalar, chinni buyumlar bezagida esa atoqli kishilarning portretlari va boshqa oʻz ifodasini topdi.

XX-asr 90-yillaridan naqqoshlik ustalari ijodiy markaz va uyushmalarga birlashgan holda ijod qilmoqda. «Usto» «Musavvir», «Hunarmand» ustalari ijodi diqqatga sazovor. Naqqoshlik keng taraqqiy etgan boʻlib, ustalar yangi qurilayotgan inshootlarda hamda madaniy yodgorliklarning taʼmirida faol ishtirok etmoqda. Bevosita ularning ishtirokida «Oqsaroy» qarorgohi, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, «Turkiston» konsert zali, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolari bezalgan. Usta naqqoshlardan M.Toʻrayev, A.Ilhomov, S.Mahmudov, Q.Shoislomov, H.Nuraliyev, S.Shukurov va boshqa naqqoshlik rivojiga katta hissa qoʻshdilar. Naqqoshlik buyumlari bilan ustalar xorij koʻrgazmalarida qam faol qatnashadi. Malakali naqqosh ustalar qadimdan usta-shogird usulida tayyorlangan. Hozirgi kunda ham shu usulda naqqosh ustalar tayyorlash saqlangan, shuningdek, maxsus bilim yurtlari, kollejlarda, badiiy markazlarda naqqoshlik boʻyicha ham muta-xassislar tayyorlanadi.





Download 7.23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Download 7.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

Download 7.23 Mb.