Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san




Download 7.23 Mb.
bet7/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Naqsh - arab tilidan olingan bo’lib, tasvir, gul, degan ma’noni, qism - taqsimlari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil boʻladigan handasiy shakllar, oʻsimlik, qush, hayvon va boshqalarning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan bezak, gul (ashyolar, qurol, mato, mebel, kitob va b.) meʼmoriy (inshootlar ham ichki, ham). Turli narsalar tashqi bezaklar, nafis sanʼat asosan, amaliy sanʼat asarlarida keng qoʻllanadi. Narsaning sirtini bezayotgan naqqoshlik uning tuzilishini yuzaga chiqaradi va uning badiiy sifatini oshiradi. Naqqoshlik ba’zan mavhum shakllardan tuziladi, ba’zan aniq mavzulardan uslublashtiriladi. Ishlanayotgan xom ashyosiga koʻra, naqqoshlik ishlashning turli - tuman uslub va usullari mavjud: oʻyma (ganch, yogʻoch, mis, tosh, marmar va boshqalar), boʻyama (qogʻoz, mato, ganch, yogʻoch, sopol va boshqalar), chok yordamida tikma (kashtadoʻzlik, zardoʻzlik va boshqalar), zarb qilib, quyib (zargarlik, miskarlik va boshqalar), toʻqima (gilamchilik, toʻqimachilik va boshqalar), qadama (inkrustatsiya, panjarasozlik va boshqalar) va boshqa.

Naqqoshlikning paydo boʻlishi, naqqoshlik tarixi insoniyatning badiiy madaniyati kabi qadimiydir. Arxeologik materiallar naqqoshlikning jahondagi barcha xalqlarda qadimdan mavjud boʻlganligini koʻrsatadi.

Metall, sopol buyum, idish, qurollar paleolit, neolit davrlarida oddiy handasiy shakllar qatorida oʻsimliksimon naqqoshliklar bilan ham bezatilgan. Naqqoshlik turli oʻlkalar, turli xalqlarda geografik muhit, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, madaniyati taʼsirida turlicha rivoj topgan. Shimol oʻlkalari naqqoshliklarida archa, chorvadorlarda mol shoxi, dexdonlarda uzum bargi va gʻujumi, oʻtroq aholida gul, anor, bodom, qalampir tasvirlari koʻp uchraydi. Yevropada turli davrlarda xukmron boʻlgan badiiy uslublar barokko, gotika, klassitsizm va boshqalar naqqoshlikga ham oʻz taʼsirini koʻrsatgan. Uygʻonish davrida, ayniqsa, yuksak jozibadorlikka erishgan.

Naqqoshlik sanʼati Oʻrta Osiyo madaniyati tarixida juda qadimiy boʻlib, oʻziga xos namunalari bilan ajralib turadi. Arxeologik topilmalar naqqoshlikning xilma - xil va rang - barang namunalaridan darak beradi. Meʼmoriy yodgorliklarda naqqoshlikning ancha mukammal, oʻziga xos va yuksak sanʼatkorlik bilan yaratilgan nusxalarini uchratish mumkin. Xalq amaliy sanʼatining har bir turida ayniqsa, kashtadoʻzlik, gilamchilik, oʻymakorlik, ganchkorlik, naqqoshlik, naqqoshlikning shakliy imkoniyatlari naqadar keng va boy ekanligi yaqqol kuzatiladi.

Naqqoshlik san’ati juda keng tarhalgan boʻlib, asosan, 2 turga boʻlinadi: handasiy shakl va chiziqlardan iborat eng murakkab naqqoshlik turi - girih, keng tarhalgan oʻsimliksimon naqqoshlik - islimiy. Har bir naqqoshlikning oʻz qonun-qoidalari bor: taqsim va boʻlaklar aniq oʻlchamda, uygʻun boʻlishi, ranglar did bilan tanlangan va oʻzaro mutanosib boʻlishi lozim. Bu naqqosh ustadan katta mahorat, malaka talab qiladi. Oʻrta Osiyoda eng qadimiy naqqoshlik namunalar, asosan, meʼmoriy inshootlarda saqlangan; naqqoshlikning ajoyib namunalari ganch, yogʻoch va toshni oʻyib, baʼzan boʻyab ishlangan.

Naqqoshlik san’ati keng taraqqiy etdi va jadal rivojlandi. Bino, buyum, idish, kiyim, qurollar aksariyat naqqoshlik bilan bezatildi; masjid, Madrasa, maqbaralarni xashamdor qilishda naqqoshlik muhim oʻrin egalladi. Shu davrda meʼmorlikda gʻishtni turlicha halab naqqoshlik hosil qilish sanʼati yuksak darajaga koʻtarildi.


Binolarning yogʻin tushmaydigan joylari ganch va yogʻoch oʻymakorligi, boʻyama naqqoshlar bilan bezatildi. Jumladan, meʼmoriy yodgorliklardan Oʻzgandagi maqbaralar (interyer, devor, peshtoq, ravoqlar) gʻishtin nafis naqshlangan.

XIV-XV-asrlarda koshinkoriy naqqoshliklar yaratildi (Koʻhna Urganchdagi Toʻrabekxonim koʻshki, Samarqanddagi Shohizinda ansambli, Dilkusho koʻshki - Ishratxona va boshqalar). Xiva, Buxoro, Qoʻqon xonliklari davrida xalq ustalari sanʼati ayniqsa shaharlarda oʻsdi, naqqoshlik, naqqoshlik qam yanada rivojlandi. Xudoyorxon oʻrdasi (Xiva), Sitorai Mohi Xosa (Buxoro), Toshhovli (Xiva) va boshqa binolar mohir ustalar tomonidan nafis naqqoshliklar bilan bezatildi. Bu esa Oʻrta Osiyoda naqqoshlikning oʻziga xos uslublari vujudga kelganligini koʻrsatadi.



Buxoro naqqoshligi eng murakkab, mukammal va jozibador boʻlib, koʻp asrlik ijodiy mehnat anʼanalari samarasidir; naqqoshlik bezak boʻlish bilan birga binokorlikning ajralmas qismiga aylangan. Juda murakkab girihlar puxta oʻlcham bilan ishlangan, gul naqqoshliklari oʻziga xosligi bilan (gul naqqoshlikda vaza, kosa, guldonlar uslublashtirilib, ularda gul butalari aks ettirilgan, yaproq, mevalar tasvirlari bir maromda berilishiga alohida eʼtibori bilan) ajralib turadi.

Xiva naqqoshliki (yulduzlar hosil qiluvchi girihlar orasida oʻsimliksimon gullarni mahorat bilan joylashtirilishi, barg shaklidagi bezaklarning koʻpligi, oʻsimliksimon tasvirlar zich, koʻp va turli-tumanligi bilan mashhur.

Fargʻona naqqoshligi Margʻilon, Xoʻjand, Qoʻqon, Fargona, Namangan va boshqa shaharlarda vujudga kelgan uslublardan iborat. Meʼmoriy yodgorliklar (Qoʻqondagi Modarixon daxmasi va Daxmai shohon), XIX - asrda yaratilgan naqsharda sodda rang-baranglik (sariq, qizil, yashil, qora, oq, koʻk, pushtirang), naqqoshlik qismlarining ancha joʻnligi koʻzga tashlanadi.

Fargʻona naqqoshlikining oʻziga xos jihatlari: bino devorlariga mehrobi namoyonlar ishlanib, ular hoshiya naqqoshlik bilan bir-biridan ajratiladi, hoshiyalar orasiga girih, qolgan qismlarga oʻsimliksimon gullar ishlanadi. Ularda Buxoro, Xiva naqqoshliklarining taʼsiri seziladi. XIX - asr oxiri - XX - asr boshlaridagi naqqoshliklarda yevropa naqqoshlarining ham taʼsiri bor. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida yaratilgan roʻzgʻor buyumlari, asbob va qurollar, uy va inshootlarni naqqoshlik (bezak)siz tasavvur qilish qiyin. Oʻrta Osiyoda ishlangan bezakli buyumlar, matolar xalqaro bozorlarda ham qadrlangan. Turli oʻlkalar bilan madaniyiqtisodiy alohalar naqqoshlikning rivojiga ham sezilarli taʼsir koʻrsatgan.

XX - asr boshqa sohalar qatorida amaliy sanʼat anʼanalarining yangi rivojlanish davri boʻldi. 30 - yillardan yirik jamoat va maʼmuriy binolar qurilishi rivojlandi, badiiy buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Alisher Navoiy teatri, Muhimiy teatri, Oʻzbekiston tarixi muzeyi, Xalqlar doʻstligi saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, «Xotira» maydoni, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Oliy Majlis, Oʻzbek milliy drama teatri, Oʻzbekiston konservatoriyasi binolarining turli texnika, usullar bilan ishlangan naqqoshliklar hisobiga kurkam qilingani qadimiy anʼanalarning tiklanganligi, yangi mazmun bilan boyib borayotganligiga yorqin dalildir. Kulollik, zardoʻzlik, kashtadoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, kandakorlik va boshqa sohalarda naqqoshlik bilan bezatilgan badiiy buyumlar turmushga fayz kiritadi. Ustalar yangi usullarni qoʻllab, yangi mazmun bilan boyitilayotgan naqqoshliklar yaratmoqda.

Bu jarayonda naqqoshlardan M.Toʻrayev, A.Ilhomov, S.Mahmudov, Q.Shoislomov, H.Nuraliyev, A.Asqarov, O.Fayzullayev, S.Shukurov va boshqa yirik ustalar shogirdlari bilan qatnashdilar.

Ular yaratgan bezaklarda «kundal», «mehrobi», «bodom», «buta», «chorgul», «shobarg», «oygul», «zanjira» naqqoshlik turlari koʻp uchraydi. Ushbulardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston mustaqilligidan keyin barcha sanʼatlar qatorida amaliy sanʼat turlari, shulardan naqqoshlik, naqqoshlik, yogʻoch va ganch oʻymakorligi ham jadal rivojlanmoqda, ularda qad. unutilayotgan anʼanalar qayta tiklanayotgani, naqqoshlik turlari kengayotgani va islimiy naqqoshlikning bir necha turlari uygʻunlashayotgani kuzatiladi.





Download 7.23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Download 7.23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti tasviriy san

Download 7.23 Mb.