Bezakning simmetrik tuzilishi




Download 7.23 Mb.
bet9/34
Sana08.03.2021
Hajmi7.23 Mb.
#13196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bezakning simmetrik tuzilishi

Kashtada gul ko’pincha yopiq yuzada, ya’ni qandaydir geometrik shakl bilan chegaralangan yuzada tuziladi. Bu kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi dasturxon, so’zana, palak, zardevor, kirpich, choyshab, belbog’, yostiq ustiga yopiladigan jildi, dastro’mol va hokazolar bo’lishi mumkin. Buyum shakliga va kashtado’zning mo’ljaliga qarab kashta gulning shakli va joy o’zgarishi, masalan, dasturxon, dastro’mollarning burchaklariga yoki o’rtasiga kashta tikilishi mumkin. Burchakdagi kashta gullarining tuzilishi har xil bo’ladi.

Bezakda bargli va gulli novdalar burchakdan chap va o’ng tomonga yo’nalgan. Hamma bezaklarda aytilgan o’simliklarga o’xshashlik saqlanib, gul va barglari yangi shaklga kiradi. Ularda tabiatda uchraydigan kamchiliklar: burishgan yoki singan barglar, buralgan gulbarglar, singan yoki zichlashgan shoxchalar yo’q. Bunday novdani ko’rish uchun barglarni surib tekislash, ulardan bir qismini uzib tashlash kerak. Rassom ham kashta bezagini yaratishda xuddi shunday qiladi. Gul va barglarning aniq shakllari rassom o’ylaganicha itoat etib, yangicha yo’l yoki yuzani to’ldiradi.

Bunday bezaklarda gullar, barglar va mevalar bir-biriga halaqit bermaydi, bir-birini ustiga o’tmaydi. Buyumni bezak elementlari shunday joylashtiriladiki, ular orasidagi bo’sh joylari bir tekisda taqsimlanib, bezakning bir qismi bo’lib qoladi. Kashta uchun xalq orasida tarqalgan bezaklar va rassomlar yaratgan rasmlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Rasmlarning ba’zi qismlarini ixtiyoriy ravishda kompozitsiyalash ham mumkin, lekin tabiatni kuzatib, bezaklarni buyum yuzasiga joylashtirishni ham o’ylab topish yanada qiziqarliroqdir. Oddiy naqsh namunalarini o’rganishda, o’zbek xalq ustalari qadimdan qo’llab kelayotgan naqsh elementlarini yoddan chizish, stilizatsiya orhali yangi naqsh elementlarini qosil qilib ular ishtirokida kompozitsiyalar tuzish maqsadga muvofiqdir. “Har bir insonning o’z ismi bo’lganidek, qar bir naqshning o’ziga xos nomlari bo’ladi. Naqshning nomlanishi uning xarakterli o’rni bilan belgilanadi. Har bir naqsh ma’lum qonuniyatlar asosida tuziladi va chiziladi. Naqshlarning o’ziga xos nomlari va ma’nosi bo’ladi.

Har handay naqsh oddiy elementlarning ma’lum qoya, xarakter va vazifasiga muvofiq joylashtirilishi, o’zaro uyqunligi va muttanosibligi bilan qosil bo’ladi. Bu qisqacha kompozitsiya (mujassamot) deyiladi”. Shuningdek naqsh chizishni barcha qonuniyatlarini yaxshi o’zlashtirib borishda, mavjud yo’l ichidagi o’nta oddiy naqsh namunasini aslidek yoddan chizib o’rganish kerak bo’ladi.

Oddiydan murakkablashib boruvchi mavjud o’nta qoshiyasimon naqsh namunalarini taniqli naqqosh ustozlarimiz tomonidan tuzilib, nomlangan deyishadi. Aytishlaricha 1934 yili Toshkentda ochilgan Badiiy o’quv ishlab chiqarish kombinatining naqqoshlik bo’limi o’qituvchisi usta Olimjon Qosimjonov va bir - oz keyinroq, Jalil Xakimovlar, boshlanqich dars mashqulotlarni to’rtta naqsh namunasi yordamida o’rgatar ekanlar. Ayrim taxminlarga ko’ra bu naqsh namunalarini yuqorida nomlari zikr etilgan ustalarning o’zlari yaratganlar. Keyinchalik usta Jalil Xakimovning, birinchi shogirdlaridan bo’lmish mohir pedagog naqqosh usta Mahmud To’raev oddiy naqsh namunalarining yana qo’shimcha oltita nusxasini yaratib, nomlagan.



Download 7.23 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Download 7.23 Mb.