|
Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti «tuproqshunoslik va geografiya»
|
bet | 4/38 | Sana | 26.06.2021 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #15179 |
Mavzuning dolzarbligi: Bitiruv malakaviy ishda keltirilgan ta’lim texnologiyalarining har biri o’zida o’quv mashg’ulotini o’tkazish shart-sharoiti to’g’risida axborot materiallarini, pedagogik maqsad, vazifa va ko’zlangan natijalarni, o’quv mashg’ulotning rejasi, o’qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasini, ya’ni o’qituvchi va o’quvchining mazkur o’quv mashg’ulotida erishadigan maqsadi bo’yicha hamkorlikdagi faoliyatining bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o’z ichiga oladi. Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanma tarkibi kirish, ta’lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir amaliy mashg’ulot bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’qitish texnologiyasidan iborat. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o’zlashtirish va yodda saqlab qolishni kuchaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
|
| |