Matematik modelning dasturiy ta’minoti




Download 355.37 Kb.
bet14/18
Sana07.05.2021
Hajmi355.37 Kb.
#14376
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2.2. Matematik modelning dasturiy ta’minoti.
Matematik model va uning asosida masalani echish algoritmi tuzilgandan keyin uni kompyuter tushunadigan tilga ko’chirish kerak bo’ladi. Hozirgi paytda amaliy masalalarni echishda qo’llanilayotgan tillardan biri bu Delphi tilidir.

DELPHI dasturiy vositasi-bu Windows uchun mo’ljallangan dasturlash muhiti bo’lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruhi dastur tuzuvchilari Chak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.

Bu til o’zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o’zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Borland Delphining paydo bo’lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko’rinish bo’ldi. Delphining dunyoga kelishiga quyidagilar sabab bo’ldi:

-windows uchun dasturlash va komponentalar texnologiyasi;

-masalalarni echish uchun ob’ektga yo’naltirilgan usul;

-komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari;

-interpritastiyadan emas, kompilyastiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o’n martalab ustunlikka ega bo’ladi;

-universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilanishlash imkoniyatlarining mavjudligi;

-lokal va shu bilan bir qatorda server ma’lumotlari faylidan mijoz-server arxitekturasiga yoki ko’p bosqichli N-tier sxemasiga o’tishni ta’minlash.

Borland Delphi yuqorida bayon etilgan tendenstiyalarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo’lib hisoblanadi. Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan.

Ma’lumki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo’lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. Ya’ni qo’yilgan masalani kichikroq bo’laklarga bo’lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo’laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi hisoblanadi. Agar biz Delphida biror forma hosil qilsak, u holda Delphi bizga o’zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo’lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphida, agar unga o’zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O’zimiz esa .pas kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin.

Tuzilgan dasturni EXM xotirasida saqlash uchun asosiy menyuning File bandidan foydalaniladi. Dasturni kompilyastiya qilish uchun asosiy menyuning RUN bandidan foydalaniladi. Agar dasturda xatoliklar bo’lsa, kompilyastiya qilish jarayonida bu xatoliklar ko’rsatib boriladi. Agar xatolik bo’lmasa, dastur ishga tushadi.

Delphi dasturi - bu bir necha bir-biri bilan bog'liq fayllardir. Har qanday dastur .dpr kengaytmali loyiha fayli va bir yoki bir necha .pas kengaytmali modullardan tashkil topadi. Loyiha fayli dasturchi tomonidan kiritilmaydi, u foydalanuvchining ko'rsatmalari asosida avtomatik ravishda Delphi sistemali dasturi tomonidan tuziladi. Loyiha fayli matnini ko'rish uchun Project/View Source buyrug'ini berishi zarur.

Delphida boshlang'ich formani tuzishda forma Forml xossalarini o'zgartirish bilan boshlanadi. Forma xossalarini, uning tashqi ko'rinishini, ya'ni uning o'lchami, ekranda joylashishi, oynaning ko'rinishi va sarlavha matnini aniqlab beradi. Uning xossalari Object Inspector oynasida keltirilgan bo'lib, oynaning chap ustunida xossa nomlari va o'ng ustunida uning qiymatlari berilgan.

Formaga yangi komponentalarni joylashtirish uncha katta qiyinchilik tug'dirmaydi. Biror-bir komponentani joylashtirish uchun uni komponentalar politrasidan belgilab olib, keyin uni bir marta chiqillatish kerak va keyin xossalarini o'zgartirish uchun uning formadagi ko'rinishini sichqonchada yana bir marta chiqillatish zarur.

Masalan, Label (metka) komponentasini formaga joylashtirish uchun uni Standart komponentalar politrasidan topib u sichqonchada bir marta chiqillatiladi, natijada formada u Label 1 norni bilan joylashadi. Bu komponenta formaga har xil matnlarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Uning boshlang'ich holatini va xossalarini o'zgartirish uchun uni formadan belgilaymiz. Uning Labell standart nomini o'zgartirish uchun obyekt inspektori oynasidan Caption xossasiga kiramiz va Labell nomini o'chirib o'miga, masalan, «Mening birinchi dasturim» degan so'zni yozamiz. Yozilgan main rangi va o'lchamini o'zgartirish esa Font xossasiga kirilib Size va Color parametrlarini o'zgartirish bilan amalga oshiriladi.

Yana bir komponentani Botton (tugmacha) komponentasini formaga joylashtiraylik. Bu komponenta dasturchi tomonidan berilgan (kiritilgan) dastur kodlarini ishga tushirish uchun mo'ljallangan. Unga hodisalarni qayta ishlovchi (On Click)(обработчик события) deyiladi.

Delphi dasturlash tilini ishga tushirilganda ekranda quyidagi muhit hosil bo’ladi:



2.2.1-chizma. Delphi muhiti.




Download 355.37 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 355.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematik modelning dasturiy ta’minoti

Download 355.37 Kb.