• 1.1.5- chizma. Nanotrubka strukturasi
  • - chizma. Fulleren strukturasi




    Download 2.1 Mb.
    bet14/42
    Sana24.03.2017
    Hajmi2.1 Mb.
    #2060
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
    1.1.3- chizma. Fulleren strukturasi
    Fullerenlarni o’rganish davomida molekulalari o’rganildi va sintezlandi.





    1.1.4- chizma. Fulllerenlar a) C 60 b) C70 s) C 90
    Ammo uglerodli karkas strukturalar xilma- xilligi bu bilan tugamaydi. 1991- yilda yaponiyalik proffessor Sumio Iidzila nanotrubkalar deb atalgan uzun uglerod silindrlarini qayd etdi.

    Nanotrubka- bu uzunligi bir necha o’n mikron, diametri qariyb 1nm bo’lgan, uglerodning miliondan ortiq atomlaridan toshkil topgan molekuladir.






    1.1.5- chizma. Nanotrubka strukturasi

    Trubka devorlarida uglerod atomlari to’g’ri oltiburchaklarning uchlarida joylashgan.

    Nanotrubkalar strukturasini quyidagicha tasavvur etish mumkin: Grafit bo’lagini olib, undan chiziqcha kesib olamiz va uni silindrga “yelimlaymiz”. (Aslida nanotrubkalar umuman boshqacha o’sadi.) Demak, oddiygina gafit bo’lakchasini olib uni silindrga o’rasak nanotrubka hosil bo’lishi kerak. Ammo nanotrubkalar eksperimental ochilgunga qadar nazariyotchilardan hech kim buni bashorat qila olmadi. Olimlarga faqatgina ularni o’rganish va hayratlanish qolgan edi.

    Ideal nanotrubka –bu grafit setkasini yassi geksogonal o’rashda olingan silindr (5- chizma.) Geksogonal grafit setkasi va nanotrubkaning bo’ylama o’qi o’zaro orientatsiyasi nanotrubka xarakteristikasida asosiy jihat hisoblanadi va u xirallik deb nomlangan.

    Trubkalar turli xiraklik bilan xarakterlanadi . Ideallashtirilgan trubka bu silindrga o’ralgan grafit tekislik bo’lib, uning sirti to’g’ri olti burchaklar bilan to’ldirilgan va ularning uchlarida uglerod atomlari joylashgan. Bunday natija grafit tekisligining nanotrubka o’qiga nisbatan burchak orientatsiyasi bilan ifodalanadi.

    Burchak orientatsiyasi nanotrubka xiralligini belgilaydi, u esa o’z navbatida uning elektr xarakteristikalarini aniqlaydi. Nanotrubkalarning bu xususiyati

    1.2.6- chizmada ko’rsatilgan bo’lib, unda grafit tekisligining qismi va uning o’ralishi mumkin bo’lgan yo’nalishlari ko’rsatilgan.

    Nanotrubkalarning xiralligi bir qancha belgilar (m,n) bilan belgilanadi. Ular olti burchak koordinatalarini ko’rsatadiki, tekislikni o’rash natijasida koordinata boshida turgan olti burchak bilan to’g’ri kelishi kerak. Bunday olti burchaklarning bir nechtasi mos keluvchi belgilar bilan chizmada ko’rsatilgan. Xirallikni ifodalashning boshqa usuli bu nanotrubka o’ralish yo’nalishi va qo’shni olti burchaklar umumiy tomonga ega bo’lgan yo’nalish orasidagi burchakni ko’rsatish bilan ifodalanadi. Nanotrubkalarning turli mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan o’ralish yo’nalishlari ichida shunday yo’nalishlar ajralib turadiki, ular uchun olti burchak (m,n)ning koordinatalar boshi bilan o’zgartirilishi uning strukturasida hech qanday o’zgarishlarga olib kelmaydi. Bu yo’nalishlarga va mos keladi. Ko’rsatilgan konfiguratsiyalar (m,o) va (2n,n) xiralliklarga to’g’ri keladi.


    HHHHH




    Download 2.1 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




    Download 2.1 Mb.