Regressiyali-korrelyatsiyali tahlilning asosiy tushunchalari




Download 0.54 Mb.
bet9/19
Sana13.06.2021
Hajmi0.54 Mb.
#14988
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
1.2. Regressiyali-korrelyatsiyali tahlilning asosiy tushunchalari.
Regressiyali - korrelyatsiyali tahlil hamroh variatsiyaning tadqiqiga asoslangan. Bir qiymatni o`zgartirish boshqasining o`rtacha qiymatining o`zgarishiga olib keladigan hollarda bog’lanishni o`rganish katta qiziqish uyg’otadi. Mana shunday bog’lanishga korrelyatsion bog’lanish deyiladi. Korrelyatsiyani tahlil qilishdan maqsad, hodisalar o`rtasidagi bog’lanishning zichligini o`rganishdir. Bog’lanishlar o`z mohiyatiga ko`ra sodda va murakkab bo`lishi mumkin. Ijtimoiy hodisalar, iqtisodiy hodisalar odatda murakkab bog’lanishga ega bo`ladi.

Korrelyatsion tahlil hodisalar o`rtasidagi bog’lanishni aniqlaydigan usullardan biri hisoblanadi. Lekin faqat korrelyatsion tahlil bog’lanishning zichligi haqida oddiy baho bera oladi. Bu holat iqtisodiy tadqiqotlarda korrelyatsion tahlilni keng qo`llash imkoniyatini beradi. Korrelyatsion tahlil haqida gapirganda regression tahlilni unutmaslik kerak. Regression tahlil hodisalar o`rtasidagi bog’lanishning statistik tahlil usuli bo`lib, bog’lanish shakllarini tahlil qiladi. Regression tahlil natijalari regressiya tenglamalari va koeffitsientlarida sifat ifodasiga ega bo`ladi.

Korrelyatsion va regression tahlilning samaradorligi ko`pgina iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishda muhim rol o`ynaydi. Korrelyatsion va regression tahlil qilishdan oldin o`rganilayotgan hodisalar o`rtasida bog’lanish har tomonlama sinchiklab tahlil qilinishi lozim. haqiqatan ham bog’lanish mavjud bo`lsa, korrelyatsion va regression tahlil usulidan foydalanish hamda real ahamiyatga ega bo`lgan natijalarni olish mumkin bo`ladi.

Regressiyali - korrelyatsiyali tahlil asosida vektor ko’rsatkichining natijaviy ko’rsatkichiga ta`sir darajasi o’rganadi, korrelyatsiyali bog’liqlik zichligining yagona o’lchami va o’rganilayotgan faktorning natijaviy ko’rsatkich umumiy o’zgarishga ta`siri o’rgatiladi.

Agar qat`iy yondashilsa, regressiyali - korrelyatsiyali tahlilni korrelyatsiyali va regressiyali tahlilga ajratish kerak. Regressiyali tahlil faktor va natijaviy ko’rsatkichlar o’rtasidagi aniq bog’liqlikning tenglamasini tuzish va baholash masalalarini yechadi.

Korrelyatsiyali tahlilda esa yana bu masalalarga faktorlarning umumiy natijadagi rolini, ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’liqlik zichlashishini tadqiq qilishga qo’llash uchun ishlab chiqilgan.

Korrelyatsiyali tahlilda esa tasodifiy o’zgaruvchilar o’rtasidagi aniq bog’liqliklarni tadqiq qilishga moslashtirilgan.

Bundan keyin korrelyatsiyali - regressiyali tahlil, yagona butun deb qaralib, korrelyatsiyali tahlil deb ataladi.

Korrelyatsiyali tahlilni qo’llash bir qator sharoitning bo’lishini talab qiladi.

Ulardan asosiylari quyidagilar:

- to’plamning alohida birliklarining tasodifiy bo’lishi va bir-biriga bog’liq bo’lmasligi;

- alohida faktorlarning barqarorligi va bir-biriga bog’liq bo’lmasligi;

- faktor ko’rsatkichlarining o’zgarishida natijaviy ko’rsatkich dispertsiyasining doimiyligi;

- ko’rsatkichlar taqsimotining normalligi.

Korrelyatsiyali tahlil jarayonida aytib o’tilgan talablarning hammasi ham qat`iy bajarilmasligi mumkin. Shunga qaramasdan korrelyatsiyali xisob natijalari odatda to’la qanoatlanarli bo’ladi. Korrelyatsiyali tahlil bir qator bosqichlarni o’tadi.Ulardan asosiylari:

- oldindan nazariy tahlil qilish;

- ma`lumotlarni yig’ish va tayyorlash;

- bog’liqlik modelini tuzish;

- tadqiqot obyektini aniqlash va faktorlarni tanlash;

- bog’liqlik zichligi ko’rsatkichlarini hisoblash.

Bu bosqichlarni bir faktorli juft korrelyatsiya misolida ko’ramiz. Juft korrelyatsiya juft ko’rsatkich natijaviy va bir faktor o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganadi.

Dastlabki nazariy tahlil bosqichi. Bu bosqichda eng oldin tadqiqot qismini kerak bo’lgan obyekt bilan umumiy tanishiladi va qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib, tadqiqot vazifalari aniqlanadi. Shundan keyin o’rganilayotgan xodisalarda faktorli bog’liqlik bo’lishi mumkinligi aniqlanadi. Ba`zi paytlarda boshlang’ich ma`lumotlarni dastlabki o’rganishi yoki bu bog’liqlikning borligini ko’rsatadi, ularning chuqur tahlili esa buni tasdiqlaydi. Bunday soxta bog’liqlik bir qator hollarda kelib chiqishi mumkin, masalan, dinamik bir-biriga yaqin joylashgan yoki aralash darajalari o’rtasida bog’liqlik hamma vaqt mavjud, chunki taqqoslanuvchi darajalar ko’p hollarda bitta sababdan kelib chiqib, aniqlanadi. Ikki yoki undan ortiq ko’rsatkichlarning bitta sababga bog’liqligi soxta korrelyatsiyani keltirib chiqaradi.

Masalan, ishlab chiqarish korxonasining ko’p iqtisodiy ko’rsatkichlari korxonaning kattaligiga bog’liq bo’ladi, korxonada asosiy fondlar va ishchilar qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik ko’p mahsulot ishlab chiqiladi, oylik ish haqi, foyda va hokazolar shuncha ko’p bo’ladi. Bunday bog’liqliklar hamrox bog’liqliklarga kiradi. Bevosita korrelyatsiyali tahlil nazariyasi esa faktorli korrelyatsiyali bog’liqliklarni aniqlashda qo’llaniladi.

Tadqiqotchi nazariy jihatdan bo’lishi mumkin bo’lgan no`malum bog’liqliklarni o’zgarish bilan bir qatorda, masalani oldindan o’rganish tartibida ham no`malum, nazariy jihatdan aniqmas bog’liqliklarni izlash bilan ham shug’ullanadi.

Tadqiqot obyektini aniqlash, faktorlarni tanlash.

Qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, tadqiqot obyektini korrelyatsiyali tahlil qilinishi mumkin bo’lgan fazo va vaqtdagi chekli xodisalar aniqlanadi.Obyekt bilan bir vaqtda kuzatish birliklari tanlanadi.

Boshqa statistik ko’rsatkichlar kabi korrelyatsiyali ko’rsatkichlar bir jinsli to’plamlar ichida bir jinsli to’plam chegarasida hisoblanishi kerak.

Shuning uchun har xil to’plamlar ichida bir jinslilarni ajratib olish tadqiqotchining muhim vazifasi hisoblanadi. To’plamning bir jinsliligi sotsial, texnik-iqtisodiy, texnologik bo’lishi mumkin. Yechiladigan masalalar va tadqiqot obyektga mos ravishda to’plam birliklari aniqlanadi.

Natijaviy va ta`sir etuvchi faktorlarni tanlash korrelyatsiyali tahlilning muxim vazifasidir. Juft korrelyatsiyada bunday tanlash yetarli darajada yetarlidir yoki oddiydir, u bevosita tadqiqotchi oldiga qo’yilgan masaladan kelib chiqadi.

Haqiqatdan ham jamoa xo’jaligi maxsulotining hajmi va tan narxi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishda ma`lumotlarni bilimlar va formalar bo’yicha olish mumkin emas, chunki ularda mahsulotni ishlab chiqarishda bo’ladigan hamma xarajatlar o’zining to’la aksini topmaydi; kursatkichlarni butun jamoa bo’yicha olib o’rganishgina to’g’ri bo’lib hisoblanadi. Jarayonlarni o’rganishda tajriba birliklari shunday olinishi kerakki, unda tasodiflar yetarli darajada kamaytirilgan bo’lishi kerak.

Ma`lumotlarni yig’ish va tayyorlash.

Korrelyatsiyali tahlil uchun tajriba, kuzatish natijalari, shuningdek, hisob-statistik,reja,me`yoriy axborotlar, anketa ma`lumotlari va boshqa manbalardan olinadigan ma`lumotlar to’planiladi hamda ishlatiladi.

Yig’ilgan ma`lumotlar tekshiriladi va har xil nuqtai nazardan,eng birinchi navbatda, bir xil sifatlilik, ishonchlilik va korrelyatsiyali tahlil oldiga qo’yilgan talab va chekliklarda mos qilish nuqtai nazardan baholanadi. Keyin ma`lumotning taqqoslanish imkoniyati tekshiriladi. Har xil turdagi ishonchsiz taqqoslash mumkin bo’lmagan ma`lumotlar keyingi tahlildan chiqarib tashlanadi. Va nihoyat, mavjud ma`lumotlarining to’laligi baholanadi.

Har ehtimolga qarshi ma`lumot tasodifiy bo’lmasligi, hamma savolga javob berishi yoki bir xil va yetarli darajada katta hajmda bo’lishi kerak.

Bunda butun to’plam bo’yichagina emas, balki, unda ajratilgan guruhlarning soni bo’yicha ham axborot yetarli bo’lishi kerak. Bu guruhlar bo’yicha hisoblangan o’rta miqdor ko’rsatkichlarning ta`siri sezilmasligi uchun zarurdir.

Sanab o’tiladigan talablarga javob beradigan axborotlar korrelyatsiyali tahlil uchun ishlatilishi mumkin.

Bog’liqlik modelini tuzish.

Korrelyatsiyali model tuzishning muhim muammoli natijaviy va faktor ko’rsatkich o’rtasidagi bog’liqlik mexanizmini aks ettiruvchi analitik funksiya to’rini aniqlashdir. Ma`lum bog’liqlikni u yoki bu tanlama bilan ko’rsatish uchun tadqiqotchi keyinchalik tasdiqlanishi yoki inkor qilinishi mumkin bo’lgan ishchi bashoratni oldinga suradi. Egri chiziq turi nazariy tahlil va boshlang’ich empirik ma`lumotlarni o’rganish asosida tanlanadi.

Nazariy tahlil odatdagi ma`lum ilmiy tushunchalarni taqqoslash bilan bir qatorda oldingi tadqiqot natijalarini, mutaxassislarning ekspert baholaridan foydalanishni ham o’z ichiga oladi.

Empirik yo’l mavjud boshlangich ma`lumotlarni korrelyatsiya maydoni va regressiyaning empirik chizigini tuzish yo’li bilan o’rganishdan, shuningdek, parallel qatorlarni tahlil qilib, buning natijasida ko’rsatkichlarning juft qiymatlari o’rtasidagi farqlarni taqdim qilishdan iboratdir.

Empirik ma`lumotlarni o’rganish bogliqlik borligini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi, uning ko’rinishiga yo’llanma beradi. Masalan, natijaviy ko’rsatkich faktor ko’rsatkich bilan taqqoslanganda bir xil tezlikda o’ssa, bog’liqlik to’g’ri chiziqli, bir xil sur’atlarda o’ssa, eksponental va hokazo bo’ladi.

Korrelyastion-regression taҳlil usullaridan foydalanib, analitiklar korrelyastiya koeffistienti yordamida ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanishlar zichligini o’lchamoqda. Bunda har xil turdagi (kuchsiz, o’rtacha zichroq, eng kuchli va hokazo) bog’lanishlar kuzatiladi. Agar bog’lanishlar o’ta muhim bo’lsa, unda maqsadga muvofiq ularning regression modeli tarzda matematik ifodasini topish va modelning statistik qiymatini baholash lozim. Iqtisodiyotda regressiya tenglamasining qiymatidan o’rganilayotgan hodisani yoki ko’rsatkichni bashoratlashda foydalaniladi. Shu sababli regression tahlil kuzatuvlar natijasida hosil qilingan ma’lumotlar o’rtasidagi yashirin bog’lanishlarni ochishda zamonaviy matematik statistikaning asosiy usuli deb hisoblanadi.

Regression hisoblashlar va eng yaxshi tenglamalarni tanlash - bu har xil tarmoqlarda (marketingda, savdo-sotiqda, tibbiyotda, ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini optimal modellashtirish va bashoratlashda va hokazo) olib borilayotgan tadbirkorlikda va ilmiy tadqiqotlarda bebaho, universal qurol hisoblanadi.




Download 0.54 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Download 0.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Regressiyali-korrelyatsiyali tahlilning asosiy tushunchalari

Download 0.54 Mb.