• Porsi go’niya
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 1.09 Mb.
    bet28/58
    Sana01.07.2021
    Hajmi1.09 Mb.
    #15328
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58
    Yangi mavzu bayoni

    Go’niya rejalashda, dastalarni kontrol qilishda va buyumlarni yig’ishda zarurdir. U har bir ish joyida bo’lishi kerak.



    Go’niya (burchaklik) - duradgorlik ishlari bilan qurilish konstruktsiyalari elementlarining to’g’ri burchak (900) hosil qilib biriktirilganligini tekshiriladi (1-rasm). Go’niya asos va unga to’g’ri burchak ostida biriktirilgan bo’linmalari bo’lgan lineykadan iborat. U metall yoki yog’ochdan yasaladi. Go’niyaning o’lchamlari 250x160 mm bo’ladi. Go’niya duradgorlikda randalangan sirtlarning bir-biriga nisbatan go’niyaviyligini, taxta qirqimlarining go’niya asosida arralanganligini, buyum qismlarining to’g’ri burchak hosil qilib biriktirilganligini va sirtlarga to’g’ri burchak hosil qilib reja chiziq chizish, reja chiziqlarini qolgan tomonlarga simmyetrik ko’chirish maqsadida ishlatiladi.

    1-rasm. Go’niya.

    Ko’pincha o’quvchilar undan ponani urib chiqarishda bolg’achalar kabi foydalanadilar. Bu esa noto’g’ri hisoblanadi.

    Go’niya har bir duradgorlik va metallga ishlov berish ustaxonalarida bo’lishi zarur. Uni tayyorlashga kam material ketadi, shu sababli, har bir ustaxonada bu ishni amalga oshirish mumkin.

    Bu ishni amalga oshirishda o’quvchilar berilgan chizmani o’qishni, ishlarni mustaqil tashkil qilish orqali duradgorlik ishlarini bajarish malakalariga ega bo’ladilar.

    Ish tartibi ikkita amaliy mashg’ulotga mo’ljallangan bo’lib, birinchi amaliy mashg’ulotda o’quvchilar go’niya asos kundasini yasashni o’rganadilar va yasaydilar.

    Ikkinchi amaliy mashg’ulotda o’quvchilar go’niya asos kundasi va bo’linmaalrini to’g’ri burchak ostida biriktirish va pardozlash ishlarini bajaradilar.

    O’quvchilar amaliy mashg’ulot davomida go’niya yasashni bilib olgach, porsi go’niya (yerunok) yasashlari mumkin. Uning go’niya tayyorlashdan farqi shundaki, uning kundasidagi quloqcha 450 og’ish burchagi ostida qilinadi. Kundani esa ikkinchi asos kunda markaziga o’rnatiladi (2-rasm).



    2-rasm. Porsi go’niya (yerunok)



    Porsi go’niya – buyum qismlarini porsi usulda biriktirishda, rasm ramkasi qismlari, eshik, deraza romlarining chaspaklari, javon, shkaf kabilarning karnizlari, umuman chorabzal randalar yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda ryejalash ishlarida foydalaniladi. Porsi go’niya lineykasi kundaga 450 burchak hosil qilib o’rnatiladi. Porsi go’niya yordamida rejalash go’niya yordamida rejalash singari bajariladi, bunda faqat “yordamchi bet” ga nisbatan “bet” larga reja chiziq chiziladi. Porsi chiziqlari boshqa tomonlarga parallel ko’chirilmaydi. Vintli porsi go’niya yordamida reja chiziqlari faqat “bet” larga chiziladi.

    Shunga o’xshash takroriy ishlar juda foydalidir. O’quvchilar birinchi buyumni tayyorlashda yo’l qo’ygan xatolarini tuzatish, mehnat ko’nikma va malakalarini mustahkamlash va konstruktorlik hamda texnologik vazifalarni hal qilishda ijodiyot ko’rsatish imkoniga ega bo’ladilar.



    Bu jarayonda o’quvchilar “O’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa” interfoal usuli asosida o’qituvchi rahbarligida ishlarni amalga oshiradilar.

    “O’zing o’yla, o’zing top, o’zing yasa” usulidan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lib, “Duradgorlik buyumlaridan “Go`niya” yasash ” misolida ko’rib chiqaylik. Bu usuldan foydalanishda o’quvchilarga “B/B/B” jadvali tarqatiladi va ularning javoblari olinadi.




    Download 1.09 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   58




    Download 1.09 Mb.