I BOB. MEHNAT DARSLARIDA O’QUVCHILARDA




Download 144.37 Kb.
bet7/29
Sana24.07.2021
Hajmi144.37 Kb.
#16056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
I BOB. MEHNAT DARSLARIDA O’QUVCHILARDA

KREATIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. 9-sinfda «Ishlab chiqarish asoslari» bo’limi mavzularini o’qitish mazmuni

Umumiy o`rta ta`lim maktablarida mehnat ta`limi fanini o`qitishning maqsadi - o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko`nikma, malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o`rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta`limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo`ladi.

Tarbiyaviy vazifa - o`quvchilarning umummehnat ko`nikmalarini shakllantirish jarayonida ma`naviy-ahloqiy, aqliy, jismoniy, estetik, ekologik, vatanparvarlik, insonparvarlik va tadbirkorlik sifatlarini shakllantirib borish.

Rivojlantiruvchi vazifa - o`quvchilarning kasbgacha tayyorgarligini rivojlantirish, mehnat ta`limi mazmunini takomillashtirish orqali barkamol shaxs bo`lib yetishishlariga yordam berish.

Ijodiy vazifa - mehnat ta`limi jarayonida kasb-hunar asoslariga oid bilim, ko`nikma va malakalarini zamonaviy talablar darajasida bo`lishini ta`minlash uchun o`quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishi.

Amaliy vazifa - buyum, narsa namunalar asosida zaruriy buyurtmalarni amalda bajara olish [3], [4].

Maktabda mehnat ta`limidan o`tkaziladigan mashg`ulotlar qo`yidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

- o`quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatda bo`lishga tayyorlash;

- o`ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o`ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egallash, o`z ishini va o`rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tashkil eta olishga o`rgatish;

- o`quvchilarni mehnat ta`limi mashg`ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi ahloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog`lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.

Mehnat ta`limi fanining mazmunida shartli ravishda 5-9 sinflardan boshlab o`quvchilar kamida uchta yo`nalish bo`yicha tayyorgarlik ko`rishlari nazarda tutiladi. Masalan, qiz, o`g`il bolalar hamda ular uchun umumlashgan yo`nalishlar tanlanishi mumkin.

Mehnat ta`limining yo`nalishlaridan tegishlisi maktab atrofidagi korxona, tashkilot va kasb-hunar kollejlarida keng tarqalgan sohalarga muvofiq tanlab olinadi. Har bir maktabda mehnat ta`limining quyidagi yo`nalishlaridan tegishlilari asos qilib olinadi:

· Texnologiya va dizayn

· Servis xizmati

· Qishloq xo`jaligi asoslari

Ushbu ta`lim yo`nalishlari mazmunan xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish asoslari va kasb tanlashga yo`naltirish bilan uyg`unlashtirilgan holda amalga oshiriladi [3], [4]. 9-sinfda o’quvchilarining “Servis xizmati” yo’nalishi “Ishlab chiqarish asoslari” bo’limi bo’yicha egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari quyidagicha tavsiflanadi.





Download 144.37 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Download 144.37 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB. MEHNAT DARSLARIDA O’QUVCHILARDA

Download 144.37 Kb.