• 1.1. Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari
  • Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi




    Download 2.75 Mb.
    bet10/55
    Sana01.08.2021
    Hajmi2.75 Mb.
    #16475
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
    Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, 17 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va 12 ta ilovalardan iborat. Uning asosiy hajmi 143 sahifadan iborat.

    I BOB. Muhandislik grafikasi FANLARNI O’QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH pedagogik muammo
    1.1. Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari

    Abu Nasr Al – Forobiy “Kasb – hunar ikki yo’l bilan: ya`ni ta`lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi” [2] deb ta`kidlagan. Darhaqiqat, ta`lim – tarbiyaning yuksalishi – malakali kasb egalari tayyorlashning, Vatan ravnaqining mezonidir. “...Yangicha mustaqillik yo’li, o’zimizning yo’limiz ta`lim – tarbiyada buyuk burilishlarni taqozo etishi” [64], ta`lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’lishini inobatga olgan holda, jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashga erishish [25, 11 – b], “O’quv tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko’tarish, ta`limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarning butunlay yangi usullarini joriy etish ” [22, 58 – b] vazifalari, talabalar bilim va ko’nikmalarini zamon talablari asosida shakllantirishni taqozo etadi.

    Ta`limning asosiy maqsadi – zamonaviy ilmiy bilimlarni egallagan, mustaqil fikrlash va muammolarni echish imkoniyatiga ega bo’lgan ma`naviy jihatdan boy shaxslarni shakllantirishdir. Jamiyat rivojlanar ekan, hayotiy talablarning darajasi ham ortib boradi. Demak, ilmiy bilimlarning hajmi kengayib, ilmiylik darajasi chuqurlashib boradi, mantiqiy fikrlash va muammolarni tezda hal etishga bo’lgan talab yanada kuchayib boradi. Bu fikrdan kelib chiqqan holda ta`lim tizimi bugungi kun talabinigina hisobga olgan holda emas, balki kelajak talablarini aniqlagan va hisobga olgan holda ish olib borishi kerak degan xulosaga kelamiz. CHunki, bugungi kun yoshlari kelajakda jamiyatning asosiy o’zagiga aylanadi. Ta`lim tizimida yoshlarni umumiy sonining eng katta hajmini qamrab olishi bilan jamiyatda asosiy o’rinni egallaydi.

    Oliy ta`limda bo’lajak mutaxassisni kasbiy mehnat faoliyatga tayyorlash va mehnat bozorida raqobat qila olishga tayyorligi hamda qobiliyatini ta`minlash maqsadida ijtimoiy etuk shaxsni shakllantirish, rivojlantirish jarayonini takomillashtirish zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. SHuning uchun, mavjud o’qitish nazariyalarini tahlil etish va zamonaviy o’qitish texnologiyasidan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish talab etiladi. Oliy ta`limdazamonaviy pedagogik texnologiya yordamida fanlarni o’qitish, o’quv jarayonida yoshlarni nazariy bilimlarini, kasbiy yo’nalishlar bo’yicha ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mamlakat iqtisodini rivojlantirishda kerakli raqobatbardosh malakali yosh kadrlar tayyorlash uchun asosiy mezondir. Bunga asosan kasbiy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish orqali erishish mumkin.

    Kasbiy bilimlarni takomillashtirish masalalari yuzasidan A.Raximov –texnik fanlarni o’qitishning ilmiy – metodik asoslarini [56], N.A.Muslimov– kasbiy shakllantirishning nazariy – metodik asoslarini [53], X.X.Tojiboeva– o’quv mazmundorligini aniqlash va ularni joriy etish metodikasini [68], B.S.Nuriddinov faol o’qitish metodlaridan foydalanishning ilmiy pedagogik asoslarini [46] o’zlarining tadqiqot ishlarida, S.YA.Batыshev [52], X.F.Rashidov [58], K.T.Olimov [47] va boshqalar esa ilmiy asarlarida kasbiy pedagogika asoslarini yoritib berganlar.

    Tadqiqot ishi uchun K.Hoshimov va Safo Ochil muallifligi, M. Hayrullaev tahriri ostida O’zbekiston pedagogikasi va antologiyasi [75], J.F.Yuldoshev [21], A.T.Kenjaboev [27], V.Karimova [26], M.V.Klarin [29], S.Majidov [40], V.E. Kitaev [28], I. V. Robert [59;60] va [2; 4; 3; 5; 8] kabi asarlar e`tiborga molik asarlardan hisoblanadi.

    Hozirgi zamon pedagogikasi va tarbiyashunoslik ilmi yutuqlaridan unumli foydalanishni P.T.Magzumov [37], A.K. Munavvarov [45], K.J. Mirsaidov [43], N.S.Sayidaxmedov [63], V.P.Bespalko [8] va boshqalar targ`ib qildilar va qilmoqdalar.

    Kasbiy ta`lim tayyorgarligining turli sohalarini R.H. Djuraev [11], I.Tursunov[69], N.A.Muslimov[53], R.K. CHoriev [78], Q.M.Abdullaeva [12], B.S.Nuriddinov [46], J.F.Yo’ldoshev [21], O.Hasanboeva [76] kabi pedagog olimlar, o’zlarining chop ettirilgan materiallarida yoritdilar va yoritmoqdalar.

    SHuningdek, I.Y.Tursunov va U.N.Nishonalievlarning “Pedagogika kursi” darsligi mustaqillik shart – sharoiti, uning g`oyasi va mafkurasidan kelib chiqqan holda, sharq mutafakkirlari fikr – mulohazalari asosida yaratilgan [68].

    A.Zunnunov zamonaviy pedagogika va xalq pedagogikasining yutuqlarini bir – biriga hamohang ravishda bir qator pedagogik asarlar yozgan. Masalan, "Pedagogika tarixi" (Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun darslik, 2002) [18]. A.Zunnunov va O’.Tolipovlar hamkorligida yaratilgan qo’llanma milliy qadriyatlar asosida, talaba shaxsini shakllantirish, kasbiy mahoratni oshirish vazifalariga bag`ishlangan [17].

    R.H.Djuraev, O’.Q.Tolipov, SH.S.SHaripovlarning monografiyasida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablaridan kelib chiqqan holda, uzluksiz ta`lim tizimida talabalarni kasb – hunarlarga yo’naltirishning ilmiy – pedagogik asoslari yoritib berilgan. Unda asosiy e`tibor kasb –hunarga yo’naltirish ishlari tarixiy rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari, kasb – hunarga yo’naltirishning nazariy va metodik asoslari, O’zbekiston respublikasi mustaqillik yillarida kasb – hunarga yo’naltirish ishlarini isloh qilish omillari, shaxs tarbiyasida kasbga yo’naltirish ishlarining o’rni va ahamiyati, darsdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida talabalarni kasb – hunarga yo’naltirish ishlarining mazmunini bayon qilishga qaratilgan [11].

    Oliy ta`limmning mazmuni o’quv reja, dastur va darsliklarda aks ettiriladi. Oliy ta`limda aniq kasbiy faoliyat doirasida ish bajarishga imkon beruvchi bilimlar, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni, ya`ni kasbiy tayyorgarlikda umumkasbiy fanlar muhim o’rin tutadi. CHunki, kasb – hunar kollejlari talabalari umumkasbiy fanlar bo’yicha chuqur bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lmasdan turib, mutaxassislik fanlarini o’zlashtira olmaydilar. O’quv predmeti o’ziga tegishli fan asoslarini mujassamlashtirgan bo’ladi. Fanning asosiy tushunchalar tizimi, asosiy qoidalar va xulosalar unda o’z aksini topadi. Har qanday mutaxassislik yo’nalishida umumkasbiy fanlar mutaxassislik fanlari uchun asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.

    Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida muhandislik grafikasi kursini kompyuter texnologiyalari asosida o’qitishga bizning fikrimizcha etarli e`tibor berilmayapti. Kompyuter grafikasi fani «Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi» hamda (Kasb ta`limining «Amaliy san`at» yo’nalishlarida o’qitilmoqda. Informatika fani o’quv dasturida Microsoft Word, Microsoft Paint, Microsoft EXCEL, Microsoft Power Point dasturlarining grafik imkoniyatlarini o’rgatish uchun oz vaqt ajratilgan. Lekin bu bo’lajak chizmachilik o’qituvchisi uchun etarli emas. Chizmachilik o’qituvchisi albatta grafik dastur (Auto CAD, 3DMAX, CorelDraw kabi grafik dasturlarda bemalol ishlay olishi kerak.

    T.S.Severova, S.V.Panyukova, E.S.Polat, M.A.Mirzaeva, N.Jumaboev, K.S.Jumaniyozov, N.N.Gomulina [65,50,53,42,15,16,9] bitiruv malakaviy ishi ilmiy tadqiqotlari informatsion va telekommunikatsion texnologiyalarni maktablarda va oliy o’quv yurtlarida qo’llashga bag`ishlangan. Bir qator ilmiy tadqiqotlar ta`limni kompyuterlashtirish sharoitida o’qituvchining kasbiy tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan (T.V.Dobudko [12]); o’quv jarayonida informatsion texnologiyalarni ishlatishda o’qituvchini tayyorlash tizimi (M.I.Jaldak [14]); yangi informatsion texnologiyalarni qo’llashda bo’lajak informatika o’qituvchilarini tayyorlashning didaktik asoslari (G.A.Kruchina [34]); ta`limda kompyuter texnologiyalardan foydalanishda bo’lajak informatika o’qituvchilarni tayyorlashning metodik asoslari (I.V.Ma`ruseva [41]); o’qituvchining kasbiy madaniyatini informatsion-texnologik tashkil etishni shakllantirish metodikasi (N.V.Molotkova [44]); ta`limning informatsion-dinamik muhiti bo’lajak o’qituvchining informatsion madaniyatini shakllantirish faktori (N.A.Sizintseva [66]); oliy ta`lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llashning samaradorligi (V.U.YOdgorov [13]); ta`limda informatsion texnologiyalarni qo’llashni shaxsga yo’naltirilganligini (S.V. Panyukova [49]) ilmiy tadqiqot ishlarida asoslab berdi. Ta`limda informatsion vositalarni qo’llash va uning nazariy asoslari I.V.Robert [59] ilmiy tadqiqotlarida ko’rib chiqilgan.

    SH.A.Amonashvili, M.N. Berualavi, E.I.Bondarevskiy, A.Maslou, K.Rodjersa, I.S.YAkimovskiy va boshqalarning ishlarida ta`limni insonparvarlashtirishga ahamiyat qaratilgan. S.V.Panyukova, E.S.Polat, E.A.YAmburglar axborot kommunikatsion texnologiyalar (AKT) yordamida ta`limni insonparvarlashtirish ishlarini olib borganlar. I.Volkov ishlari gumanitar fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga bag`ishlangan.

    Oliy o’quv yurtlarining talabalariga chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o’qitishda kompyuter texnologiyasining qo’llanilishi zamon talablaridan biri bo’lib qolmokda. Talabalarga chizma geometriya va muxandislik grafikasini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish diplom, kurs va turli xil kompyuter grafikasi yordamida bajarishlariga keng yo’l ochib beradi. Kompyuter grafikasini ko’llanilishi natijasida talabalarning fazoviy tasavvurlari kengayadi hamda fanga ijodiy yondashuvni shakllantiradi va talabani mustaqil ishlashga o’rgatadi. Internetdan o’ziga kerakli bo’lgan ma`lumotlarni qidirib topib, o’ylab yurgan loyihalarini amalga oshirishga ishtiyoqi ortib boradi. Talaba ko’liga qalam olib biron bir loyiha chizmalarini tayyorlashda uni proektsiyalarini bemallol chizishi mumkin, lekin loyihalanayotgan detal yoki yig`ma birlikni yaqqol tasvirlarini chizishda ancha qiyinchiliklarga duch keladi va yaqqol tasvirini yaratishga juda ko’p vaqt yo’qotadi.

    SHu bilan birgalikda oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilarini kompyuter grafikasi bo’yicha malakalarini ham oshirish lozim. Kompyuter texnologiyalari talabalarga nima beradi? degan savolga quyidagicha javob berish mumkin:

    -talabalarning fazoviy tasavvurlarini kengaytiradi;

    -talabalarni ijodiy faollikka undaydi;

    -talabalarni o’z sohalari bo’yicha biron-bir yangilik yaratishga undaydi;

    -talabalarni estetik jihatdan tarbiyalashga yaqindan yordam beradi; -kurs ishlari va diplom ishlarining chizmalarini bajarishda yaqindan yordam beradi.

    Oliy o’quv yurtini bitirgan pedagogga kompyuter grafikasi:

    -dars jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanib dars o’tishga;

    -dars jarayonida o’ziga kerak bo’lgan, dars ishlanmalar, elektron uslubiy ko’rsatmalar va ko’rgazmali materiallar tayyorlashga;

    -dars jarayonini estetik jihatdan yuqori bo’lishiga;

    -darsga talabalarni qiziqishlarini oshirishga va davomatni yuqori bo’lishiga yordam beradi.

    Kompyuter grafikasini o’qitilishi pedagoglarni darsga tayyorgarlik ko’rish va dars o’tish jarayonida qo’l keladi.

    Respublikamizda shu kunga qadar chizma geometriya va muhandislik grafikasini o’rgatishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha etarlicha ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmagan.

    Kompyuterdan foydalanib o’qitishning muammolari bo’yicha A.S.Kondrateva, V.V.Laptev va boshqalar [32] bitiruv malakaviy ishi tadqqiotlarini olib borganlar. Bir qism olimlar jumladan, kompyuter texnikasidan o’qitish vosita sifatida foydalangan V.U.Klevitskiy [31] o’qitishni individual olib borish uchun fizik eksperimentni kompyuterlashtirgan.

    Kompyuter texnologiyalari va grafikasi yordamida chizma geometriya va muhandislik grafikasini o’qitilishi an`anaviy usullariga nisbatan ijobiy natijalar berishi, o’qitishning sifati, berilayotgan ma`lumotlarni talaba va o’quvchilar tomonidan qabul qilinishi, olgan bilimlarning turg`unligi ustun turadi. Kompyuter grafikasi yordamida modellarning 3 o’lchovli fazoda yasalishi talabalarning fazoviy tasavvurlarini shakllantiradi va olingan bilimlarni xotirada saqlanish davomiyligini uzaytiradi [39].

    Zamonaviy chizma geometriya va muhandislik grafikasi fani o’qituvchisi talabalarga ma`lumotlarni etkazishda Internet ma`lumotlaridan va kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi natijasida kompyuter monitori oldida ko’p vaqtini o’tkazmoqda va darslarni o’tishni engillashtirish maqsadida elektron ma`ruzalar matni va uslubiy ko’rsatmalar tayyorlamokda. Ushbu dasturiy-pedagogik vositalar chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanini boshqa fanlar bilan uzviy bog`likligini ta`minlamoqda, xususan kompyuter grafikasi, estetika, informatika, mashina mexanizmlar nazariyasi, mashina detallari, o’zaro almashinuvchanlik va standartlashtirish asoslari, texnik ijodkorlik va dizayn fanlari bilan uzviyligi ta`minlanmoqda. O’qituvchining ilmiy salohiyatining o’sishini kuzatilmokda. Grafik amaliy dasturlarida geometrik elementlar, geometrik shakllar va geometrik jismlarning tayyor buyruqlar paketidan foydalanib osonlik bilan chizilishi o’qituvchi vaqtini kamrok sarflanishiga va ko’proq uslubiy ko’rsatmalar yaratishiga imkoniyat beradi. Darslarni ko’rgazmali va multimedia darsliklari yordamida olib borilishi dars mazmunini talaba va o’quvchilarga tezroq etib borishini ta`minlaydi. Bizning bitiruv malakaviy ishi tadqiqotimizda Microsoft Power Point, Camstudio, Auto CAD, 3D Max, Flesh MX dasturlari tahlil qilindi va ularning har birini o’rni aniqlandi. Microsoft Power Point dasturiga chizma geometriya masalalari kiritilib, unga animatsiyalar berildi. Shuningdek, bu dasturiy-pedagogik vositaga auto CAD dasturida yaratilgan masalalarning fazoviy echimlarini Camstudio dasturi orqali suratga olinib kiritildi.

    Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan Internet orqali Rossiya federatsiyasi, Ukraina, Kozog`iston davlatlarining ta`lim saytlaridan elektron darsliklar qidirildi. O’zbekiston Respublikasining Oliy va o’rta maxsus ta`limi vazirligining ZIYONET ta`lim saytiga hali chizma geometriya fanidan elektron darsliklar kiritilmagan.

    Gorbunov I.B. [10] xozirgi davrda mutaxassislar turli o’quv modellarini, modellashtirish muhiti va turli xil hisoblash dasturlarini ishlab chiqganliklarini alohida ta`kidlagan. Gorbunov I.B. kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishga mo’ljallangan o’quv dasturlari, o’quv va metodik materiallar, shuningdek, darslik va o’quv qo’llanmalarning yangi avlodlarini yaratish, fanlarni o’qitishda alohida ahamiyat kasb etishini ko’rsatib o’tgan. An`anaviy usullar juda kam samara berayotgan vaqtda kompyuter texnologiyalari o’quv jarayonlarini tashkil etishda, shuningdek konkret hodisa va voqealarning tadqiqotlarida yangi imkoniyatlar yaratganligini ta`kidlaydi. Buni kompyuterli o’qitish metodikasini muhim zamonaviy tendentsiyalari deb hisoblash mumkin [10,19 b.].

    Kondratova V.V. bitiruv malakaviy ishi tadqiqotlarida 5-7 sinf o’quvchilariga kompyuter grafikasi yordamida fanlarni o’qitish bo’yicha tavsiyalar berilgan va o’qitishning didaktik asoslari ishlab chiqilgan.

    Multimedia va kompyuter grafikasini chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanini o’qitishdagi ta`sirini tahlil qilish lozim. Boshlanishida ma`lumotlarni analitik sharxlash, chizma geometriya va

    muhandislik grafikasi fanini butun holicha yoki qisman o’qitishda multimediani turlarini aniqlab olish lozim.

    «MEDIA»-by muhit. U multimedia tizimi yangi sifatlarni yaratishi, grafika, ovoz effektlari, video tasvirlarda ishlashi kerak. Hozirgi davrda multimedia deganda kompyuter tizimida matndan tashqari, animatsiya, ovoz, videotasvirlari tushuniladi [9]. Multimedia uch voqelikni sintezi natijasidir:


    • raqamli xarakterga ega bo’lgan ma`lumotlar (matn, grafika, animatsiya);

    • muqobil ma`lumotlarni vizual aks etishi (video, fotorasm, rasmlar va boshqalar);

    • muqobil ovozli ma`lumotlar (nutq, musiqa va boshqa ovozlar).

    SHunday qilib, multmediali darslik-gipermatn va kompyuter

    texnologiyalarini o’zida mujassamlashtirgan - grafika ovoz, videoma`lumotlarni va shunga o’xshash kombinatsiyali ma`lumotlarni uzatish texnologiyasi.

    Gipermatn - bu veb saxifa, o’zaro bog`langan tizimlardir (giperssыlka). Bu bir sahifadan boshqa sahifaga tezkorlik bilan o’tishdir. Gipermatn darsliklar to’g`risidagi an`anaviy qarashlarni ijobiy tomonga o’zgartiradi va sahifalar mazmunining ketma-ketligini ta`minlaydi.

    Biz tomondan chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan kompyuter o’rgatuvchi dasturlari multimedia texnologiyasi va gipermatn asosida yaratilgan. Bu dasturning suxondon sharxisiz talaba foydalanmoqchi bo’lsa, masalalarning echilishi ketma-ketligi va aksincha har bir qadamda orqaga qaytish imkoniyati mavjuddir. Agar mavzu yozib olingan suxondon ovozi bilan sharxlanib borilsa, har qadamda orqaga qaytish imkoniyati yo’qoladi. Talaba masalaning echilishini avval suxondon sharxi bilan ko’rishi, so’ngra suxondon sharxisiz foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Agarda talabalar darsni konspekt qilmoqchi bo’lsa, kompakt disk, diskga yoki fleshkalar (tashqi axborot tashuvchi USB)ra ma`ruzalarni yozib olishi va uyda undan bemalol foydalanishlari mumkin [57].

    Elektron darslik, ma`ruza matn, uslubiy ko’rsatmalar quyidagi talablarni qondirishi lozim:


    • ko’rgazmalilikni oshirish, darsliklarni to’ldirishi;

    • elektron darslikni originalligini ta`minlashi;

    • kitoblarni o’rnini to’la bosa olishi;

    • o’qitish vositasining ma`lum qismi bo’lishi;

    Karpushova I.B., Saprikina G.A., Srattseva N.A.lar tomonidan shaxsiy kompyuterlar psixologik nuqtai nazardan ko’rib chiqilgan. Ular (1.1 jadval) quyidagi shaxsiy kompyuterni ishlatish o’quv materialini o’zlashtirish jarayonini faolligini oshirish imkoniyatlarini taklif etdilar.

    Bundan kelib chiqadiki, chizma geometriya dasturiy-pedagogik vositasiga quyidagi talablar qo’yiladi:



    • multimediali

    • ko’pdarajali

    • gipermatnli

    • zamonaviy grafika

    • zamonaviy texnologiyalarga Macromedia Flash, Auto CAD, 3Dmax ga asoslangan kompyuter modellari interfaol bo’lishi shart. Bundan tashqari DPV global tarmoq internetda ham bemalol ishlay olishi kerak. Quyidagi jadval o’quv materiallarini o’zlashtirishni tezlatishda shaxsiy kompyuterlardan foydalanishning imkoniyatlarini ko’rsatadi (1.1-jadval).

    1.1-jadval



    Download 2.75 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




    Download 2.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi

    Download 2.75 Mb.