• Birinchi bob bo`yicha xulosalar
  • Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari




    Download 2.75 Mb.
    bet12/55
    Sana01.08.2021
    Hajmi2.75 Mb.
    #16475
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
    1.2. Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari

    Talabalarning faolligi va mustaqil fikrlash muammolari amaliyotning didaktik ildizlaridan biridir. Agar o’quvchi va talabalar faol bo’lmasalar va fazoviy tasavvurlay olmasalar o’qituvchi faoliyati mazmunga ega bo’lmaydi [48]. O’qitish usullarini rivojlantirish, birinchi navbatda o’q o’quvchilarni mustaqil fikrlashga va faol bo’lishlariga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Talabalarning erkin fikrlashga va fazoviy tasavvurlarini shakllantirishga kompyuter texnologiyalari samarali yordam bera oladi.

    Yuqoridagi muammolarni hal etish uchun kompyuter texnologiyalari va kompyuter grafikasidan chizma geometriyani o’qitishda foydalanish mumkin. Bu ikki fanning bir-biri bilan uzviy ravishda bog`lab o’tilishi, talabalarning kelgusi fanlarda kurs ishlari, kurs loyihalari va diplom loyihalarini kompyuter grafikasi yordamida bajarishlarini ta`minlaydi. Hozirgi davrga kelib yangi pedagogik texnologiyalardan, an`anaviy o’qitish metodikasidan va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish proportsiyasi to’g`ri tuzilganligi darsning muvafaqiyatli o’tishini kafolatlaydi.

    Ayrim olimlar kompyuter texnologiyasining kirib kelishi bilan ayrim fanlar o’zining o’rnini kompyuter grafikaeiga bo’shatib beradi degan noto’g`ri fikrdalar. Chizma geometriya va muhandislik grafikasini o’rganmasdan kompyuter grafikasini o’rganish mumkin emas, chunki kompyuter grafikasining amaliy dasturlari chizma geometriya qoidalari asosida ishlab chiqilgan va jahon standart talablariga javob beradi (Masalan: chiziq turlari, materiallarning kesimlarda belgilanishi va hokazolar). Chizma geometriya va muhandislik grafikasini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan (texnik o’qtishni zamonaviy vositasi sifatida) foydalanish va chizma geometriya ishlarida kompyuter grafikasini masalaning fazoviy echimini ko’rsatishda (sirtlarning o’zaro kesishuvini aniqlash va boshqalarda ob`ektni yaqqol tasvirini ko’rsatish) qo’llash mumkin.

    Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish talabalarni fanni jadal ravishda o’zlashtirishlari uchun xizmat qilsa, kompyuter grafikasini qo’llash talabalarning olgan bilimlarini kompyuter yordamida amaliy ishlarini mustaqil bajarishga imkon beradi. Zamonaviy o’qitish jihozlaridan foydalanish respublikamizda juda keng yo’lga quyilib, oliy o’quv yurtlarining kasbiy ta`lim yo’nalishlarida chizma geometriya va muxandislik grafikasi fanini o’qitishning zamonaviy masalalaridan birinchisi kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdir. Kompyuter juda katta imkoniyatga ega bo’lganligi bois, uni har bir sohada, shuningdek pedagogik sohada o’qitish vositasi sifatida bemalol ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda an`anaviy usulda dars o’tish jarayoni talabalar uchun zerikarliroq bo’lib qolmoqda.

    Chizmachilik fanini kompyuter texnologiyalari asosida o’qitish, talabalarda quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:



    • talabalarning fazoviy tasavvurlarini shaklantiradi. Oddiy ma`ruza yoki amaliy mashg`ulot o’tilganda o’qituvchi har xil ko’rgazmali qurollardan foydalanib talaba va o’quvchilarning fazoviy tassavurlarini shakllantirishga harakat qiladi. Bu jarayon ko’p vaqt talab etadi. Kompyuter texnologiyasi asosida tushuntirilganda tekislikning fazoviy ko’rinishlari, proektsiyalari va yaqqol tasvirining aylantirib yoki tasvir atrofida aylanib ko’rish mumkin bo’ladi. Bu talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini ortishiga sabab bo’ladi;

    • multimedia asosida yaratilgan ma`ruzalar matni, amaliy mashg`ulotlar uchun elektron uslubiy ko’rsatmalar talabalarda fanning o’rganishlari uchun juda ham qulay hisoblanadi;

    • dinamik tasvirlar, rangli masalaning berilishida, masalaning echilishida, uning echimiga mos bo’lishi talabalarning ishning bajarish tartibini tezda o’zlashtirib olishlarini osonlashtiradi;

    • fannning nazariy qismini o’rganishda ko’rgazmali vositalar (rangli tasvirlar, ularning fazoviy ko’rinishlari, dinamik harakatlar) yordamida tushuntiriladi;

    • nazariyaning berilish ketma-ketligi talabalarning tushunishini osonlashtiradi;

    • masalaning echish ketma-ketligi qadamma-qadam ko’rsatilishi va o’ziga berilgan topshiriqni kompyuterda bajarishi talabalarning mustaqil ishlashlariga olib keladi;

    Talabalarning umumlashgan holda mustaqil fikrlash faoliyatini tizim sifatida ikkita asosiy komponentga bo’lish mumkin:

    mazmunan (bilim, tushuncha yoki qabul qilish va taqdim etish);

    tezkorlik (turli xil faoliyat);

    natijaviy tomoni (shaxsning yangi bilimlar, qaror qabul qilish usullari, yangi ijtimoiy tajriba, g`oya, qarashlar, qobiliyatlar va sifati). Kompyuter texnologiyalarini qo’llashda talabalarning mustaqil idrok etish faoliyati yo’nalishi ikki xil bo’ladi:



    • talabalarga tayyor bilimlar, tayyor namunalarni to’g`ri, anik, aqliy va amaliy faoliyati uchun ijodiy masalalar echimi asosida berish;

    • talabalarga mustaqil ishlashlari uchun o’zgacha va individual masalalarni berish.

    Talabalarning mustaqil fikrlash (idrok)larini shakllantirish ishlari bilan ko’pgina didaktlar, psixolog va uslubchilar shug`ullanishgan. I.YA.Lerner [36], N.A.Polovnikova [55], M.F.Mirzaeva[42], K,.Olimov[47], K.Ishmatovlar[20] fundamental tadqiqotlar natijasida muhim natijalarga erishganlar, mustaqil fikrlash daraja va ko’rsatkichlarini bir darajadan boshqa darajaga o’tish muammosini hal etish yo’llarini nazariy jihatdan ishlab chiqqanlar. G.I.SHukina fikrlashga qiziqish jarayonini tahlil qilib, mustaqil fikrlashni fikrlashga bo’lgan qiziqishni rivojlanishi darajasiga bog`liqligini o’rgatdi.

    Elektron darslik yoki o’quv qo’llanmasi deganda keng ma`noda axborotlarning yangi avlodi, an`anaviy darsliklarning afzalliklarini kompyuter texnologiyasi bilan uyg`unlashtirishga yordam beradigan, o’quv axborotlarning ko’p variantli (musiqa, suxandon ovozi, matn, tasvir, multimediya) didaktik tizimini tushunamiz. Elektron qo’llanma maxsus stsenariy asosida tayyorlanadi. Bunday didaktik tizimli elektron o’quv kursi ushbu bitiruv malakaviy ishi muallifi tomonidan yaratilib Buxoro viloyatining ayrim maktablarida va Buxoro davlat universitetida sinovdan o’tkazilmoqda. Quyida chizmachiliqdan elektron darslikning tarkibiy qismlari to’g`risida to’xtalamiz.

    Elektron darslikka musiqa bilan kiriladi.

    Musiqa – elektron darslikning alohida tarkibiy qismi bo’lib, u ob`ektiv haqiqatning tovush va badiiy obrazlarda aks ettirib inson ruhiyatiga faol ta`sir ko’rsatadigan san`at turidir.

    Musiqa insonning hissiy holatini, tabiatdagi borliqni aniq va ishonarli tarzda tasvirlay oladigan nozik san`atdir. Binobarin, hech qanday spektakl, film, radiopostanovka yoxud teleko’rsatuv musiqasiz bo’lmaganidek, elektroi darslikning mavzusi va mazmunidan kelib chiqib unga uyg`unlashgan musiqa tanlanadi.

    Matn – har bir elektron darslik, albatta tegishli matn bilan berilishi, unda o’quvchi bilib oladigan ilmiy tushunchalarning ta`rifi ixcham va lo’nda ifodalanishi, har bir paragrafga aloqador sarlavhalar ostida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan tayanch tushunchalarning ta`rifi berilishi kerak. CHunki o’quvchi tegishli paragraflarni o’qishga kirishishi bilanoq uning ko’zi o’sha tushunchalar ro’yxatiga tushadi.

    Shuning uchun tushunchalar ro’yxatining boshlanishidan avval «Bu tushunchalarning tarifini eslab qoling», «E`tibor bering» kabi ishoralar berilishi lozim. Bu ishoralar o’quvchini matn ichida berilgan, xuddi shu rang bilan ifodalangan tayanch tushunchalar ta`rifini bilib olishga yo’naltiradi.

    Suxandon so’zi – har qanday o’quv fanidan ishlab chiqariladigan elektron darsliklarda suxandon ovozidan foydalaniladi, ammo uning so’zi matnni aynan takrorlamasligi kerak.

    Agar o’quvchi suxandonning so’zini bir eshitishda tushunmasa, uni takror tinglash imkoni bo’lishi lozim.

    Video tasvir – har kanday elektron darslikning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Tasvirlar ikki yoki har xil rangli qilib tayyorlanishi, u matndagi ilmiy va boshqa tushunchalarning mohiyatini ochib berishi, matn bilan ko’rgazmaning uyg`unligini ta`minlashi va darslikka kiritiladigan ko’rgazmali (illyustrativ) materiallarga qo’yiladigan barcha texnik va didaktik talablar darajasida bo’lishi lozim. Har bir tasvir matn ifodalangan betda joylashishi kerak, aks holda o’quvchining fikri chalg`ishi mumkin.

    Multimedia – elektron darsliklarning xarakterli xususiyatlaridan eng muhimi, unda harakatning mavjudligidir, aks holda u oddiy darslikdan farq qilmasligi mumkin.

    Harakat (animatsiya) esa multimedia, multiplikatsiya usullaridan foydalanib amalga oshiriladi. Ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan jarayonlarni, masalan, fizikadan ichki yonuv dvigateli tsilindridagi porshenning harakati, astronomiyadan kunning tunga aylanishi yoki chizmachilikdan proektsiyalash usullari, kesim va qirqimlar, tasvirlarni almashtirishga oid mavzular ko’rsatmalilikka, ayniqsa, multiplikatsiyaga muhtoj.

    Multiplikatsiya – bu harakatni sekin-asta ayrim-ayrim qismlarga ajratib, kerak bo’lsa kadrni to’xtatib hodisa va jarayonlar namoyish qilinadigan uslub bo’lib, uni multfilmga qiyoslash mumkin.

    Mazkur usulning afzallik tomoni shundaki, biror jarayonning mohiyatini so’z bilan ifoda etib bo’lmaydigan hollarda, ya`ni abstrakt tushunchalarni o’quvchilar tomonidan osonroq tushunib olishlari bilan izohlanadi.

    Shunday qilib, elektron darslik yuqorida ko’rsatib o’tilganidek musiqa, matn, suxandon so’zi, rangli tasvirlar, multimediani o’z tarkibiga mujassamlashtirgan zamonaviy didaktik tizimdir. Ammo bunday darslikda hamma komponentlar ishtirok etishi kerak, degan ma`no kelib chiqmasligi lozim. CHunki u foydalanishga ko’ra matnli ma`lumotnoma xarakteridagi yoxud maktab darsligining jonlantirilgan elektron variantlari kabi bir qancha turlarga bo’linishi mumkin, ammo ayrim mualliflarning fikriga qaraganda an`anaviy darslikning elektron versiyasini elektron darslik deb tushunmaslik kerak.

    Elektron o’quv kurslarining barcha turlari uchta asosiy belgi bilan xarakterlanadi.

    1. O’quv materiallari kichik qismlarga (ma`lum miqdordagi axborotlarga ega bo’lgan hamda mantiqiy jihatdan tartib bilan joylashtirilgan paragraflarga) bo’linishi, bundan oldingi bo’limni bilmay turib keyingisiga o’tmaslik.

    2. Har bir paragraf oxirida o’quvchining materialni qanday o’zlashtirganligini aniqlash uchun sinov savollari qo’yilishi, o’quvchi bu savolga tezlik bilan javob bera olishi, aks holda u keyingi paragraflardagi ma`lumotlarni o’zlashtira ololmasligi.

    3. O’quvchi sinov savoliga javob berganidan keyin uning to’g`ri yoki noto’g`riligini darhol sinab ko’rish imkoniyatita ega bo’lishi, savollar axborotning tub ma`nosini ochib berishi uchun o’quvchini o’ylashga va mustaqil xulosalar chiqarishga majbur qilishi, boshqacha aytganda o’quvchi bilim va malakalarini ongli ravishda egallashi uchun o’z bilimi haqida kompyuterdan signallar olib turishi va shu yo’l bilan o’z harakatini boshqarishi kerak.

    Ta`lim oluvchi bilan kompyuterning o’zaro aloqa xarakteriga ko’ra elektron o’quv kursi axborot beruvchi, savol-javobli testlar yordamida nazorat qiluvchi, to’g`ri va teskari aloqa kanallarini o’zida mujassamlashtirgan turlarga bo’linishi mumkin. Kompyuterga ta`limning qo’shimcha texnika vositasi, axborot manbai sifatida qaraydigan o’qituvchilar bu xususiyatlarni yaxshi bilib olishlari kerak.

    Aslida u muloqot xarakteriga («qara», «bilib ol», «eslab qol», «gapir») egadir. Hozirgi vaqtda o’quvchi ko’pchilik fanlardan, asosan, faqat darslikdan foydalanadi, undan boshqa o’quv axborot manbai yo’q hisob.

    O’quv axborotlarni izlab topish erkinligi bilan (matnni o’qish, uning ustida ishlash, axborotlarning boshqa manbalariga chiqishi va h.k.) elektron darslik an`anaviy darsliklardan farq qiladi. SHu boisdan elektron darslikning yuqorida ko’rsatib o’tilgan xususiyatlariga qarab unga ta`limning interfaol vositasi sifatida qaraladi.

    Ayrim fanlardan maktab darsligi chiziqli usulda yoziladi. Buning ma`nosi shuki, masalan, birinchi betdagi matn ikkinchi betda qaytarilmaganidek, axborotlar ketma-ket joylashtiriladi, ular takrorlanmaydi. Elektron darslikda esa, o’quv materiallari muayyan boshqariladigan bloklarga bo’lib kontsentrik usulda beriladi.

    Kontsentrik tizimda yozilgan darslikda o’quv materialining alohida qismlariga bir necha marta murojaat qilinishi mumkin. Bu albatta o’tganlarni takrorlash degan gap emas, balki mavzuga kompleks yondoshgan holda uni chuqurlashtirish, o’quvchilarda hosil bo’lgan bilim va ko’nikmalarni faollashtirish demakdir. Elektron darslik o’zining interfol xususiyati bilan ananaviy darslikdan farq qiladi.

    Har bir o’qituvchida elektron darsliklarni qaysi fanlardan, qanday hajmda foydalanish mumkin, degan haqli savol tug`ilishi mumkin. Elektron darslik maktabda o’qitiladigan ko’pchilik o’quv predmetlaridan, ayniqsa, chizmachilikdan yaratilishi zarur. CHunki, o’quv predmetining xususiyatiga ko’ra chizmachilik ko’rgazmalilikka, ya`ni abstrakt tafakkurning rivojlantirilishiga juda muhtoj. Biroq, hech bir elektron darslik o’qituvchining o’rnini bosa olmaydi, chunki o’qituvchi-o’quvchi o’rtasidagi jonli muloqotni hech qanday texnika vositasi bilan ta`minlab bo’lmaydi. Boshlang`ich sinf o’quvchilari bilish jarayonida aniq tasavvurga, yuqori sinflarda esa, abstrakt tasavvurga asoslangan bo’ladi. Abstrakt tafakkurda dunyoni bilib olish, fizikaviy, kimyoviy jarayonlarning mohiyati o’quvchilarga o’ziga xos modellar (kristall panjara, elektr zaryadi, tok kuchi, kuchlanish, molekula, atom va h.k.) asosida tushuntiriladi. SHu bois yuqorida ko’rsatilgan jarayonlarni kompyuter texnologiyasisiz o’quvchining ongiga etkazish qiyin kechadigan jarayondir. Biroq, bu hamma o’quv predmetlaridan elektron darslik zarur degan ma`noni anglatmaydi. Elektron darslik biror o’quv predmetining to’la kursini qamrab olishi yoki abstrakt tafakkurni oydinlashtirish zarur bo’lgan ayrim materiallarni multimedia versiyasini o’z ichiga olishi mumkin.

    Kompyuter ekranida miltillab yozilayotgan va uni suxandon tomonidan ovozda ijro etilgan qo’llanmani elektron darslik deb bo’lmaydi.

    Har kanday elektron darslikka xos xususiyat quyidagilardan iborat:

    - ta`lim jarayonida teskari aloqaning ta`minlanishi (kompyuterdan o’quvchiga yuboriladigan axborot oqimi to’g`ri aloqa, o’quv materialini o’zlashtirishdagi kompyuterga kiritiladigan axborot teskari aloqa deyiladi);

    - o’quv jarayonini individuallashtirish imkoniyatining borligi;

    - o’quv jarayonining ko’rgazmaliligini oshirishi;

    - axborotlarni turli manbalardan qidirish mumkinligi;

    - o’rganilayotgan jarayon yoki hodisalarni modellash mumkinligi;

    - jamoa va yakkama-yakka o’qitishda undan foydalanish mumkinligi;

    - ta`limda o’quvchilarni testdan o’tkazish imkoniyatlarining kengligi;

    - ta`limning interfaol usul va uslublarining mavjudligi.

    Xulosa qilib aytish mumkinki, kompyuter texnologiyalari chizmachilik fanini o’qitishda qo’llanilishi, talabalarning bilish kobiliyatlarini, yangilikka bo’lgan motivatsiyalarini kuchaytiradi va ularning fazoviy tasavvur va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.

    Birinchi bob bo`yicha xulosalar

    1.Ta`lim tizimida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, chizma geometriya va muhandislik grafikasini o’qitishda kompyuter texnologiyalarini qo’llash ishlariga bag`ishlangan ilmiy va uslubiy adabiyotlar, bitiruv malakaviy ishi ishlari, ilg`or pedagogik tajribalar o’rganildi va ilmiy, pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Chizmachilik ta`lim jarayonida kompyuter texnologiyalarini qo’llash, talabalarning o’zlashtirish darajalarini oshirishga imkon beruvchi vosita ekanligini va ilg`or pedagogik tajribalar mavzuning dolzarbligini asoslaydi.

    2.Muhandislik grafikasi faniga oid o’quv adabiyotlari ilmiy, pedagogik- psixologik jixatdan tahlil qilindi va quyidagilar aniqdandi: a) odatda muhandislik grafikasi fanlari bo’yicha o’quv adabiyoti hajmining 40-60%qismini illyustrativ (chizma, jadval, diagramma, rasm va boshqalar) materiallar tashkil etadi; b) chizmachilikka oid o’quv adabiyotlarda masalalarining berilishi va echimlarining bir tasvirda va bir xil qora rangda berilishi talabalar tomonidan mavzularning mustaqil ravishda o’zlashtirilishida ma`lum qiyinchiliklar tug`diradi.

    3. Chizmachilik fanini o’qitishning zamonaviy masalalaridan biri uni o’qitishda kompyuter texnologiyalarini keng ko’lamda qo’llashdir. Kompyuter grafik dasturlarning o’quv materiallarini talabalar tomonidan jadal ravishda o’zlashtirilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi, hamda o’zlashtirish samaradorligini oshirishda muhim o’rin tutishi nazariy jihatdan isbotlandi. Chizmachilik fanini o’qitishdagi muammolarni bartaraf etish uchun xar tomonlama qulay bo’lgan dasturiy-pedagogik vositalardan foydalanish maqsadga muvofik deb topildi.



    Download 2.75 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




    Download 2.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari

    Download 2.75 Mb.