• Berilgan uchburchakka teng uchburchak yasash.
  • ABCDF
  • Berilgan burchakka teng bo’lgan burchak yasash




    Download 2.75 Mb.
    bet17/55
    Sana01.08.2021
    Hajmi2.75 Mb.
    #16475
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
    Berilgan burchakka teng bo’lgan burchak yasash. 2.9-shaklda burchak BAC ga teng bo’lgan EDF burchak yasash ko’rsatilgan. Berilgan BAC burchakka teng bo’lgan burchak yasash uchun ixtiyoriy tanlab olingan D nuqtadan ixtiyoriy DF nur o’tkaziladi. Keyin ixtiyoriy R radius bilan A va D nuqtadan R radiusli yoylar chiziladi. Bu yoylar BAC burchak tomonlarini 1 va 2, DF nurni 4 nuqtada kesadi. BAC burchakda hosil bo’lgan r vatarning uzunligiga teng va markazi 4 nuqtada bo’lgan r radiusli yoy chiziladi va 3 nuqta topiladi. Topilgan 3 nuqta D nuqta bilan tutashtirilsa EDF burchak hosil bo’ladi, ya`ni BAC=EDF.

    Ko’pburchaklar yasash

    Berilgan uchburchakka teng uchburchak yasash. 2.10-shaklda berilgan ABC uchburchakka teng bo’lgan uchburchak yasash ko’rsatilgan. Buning uchun ixtiyoriy D nuqtadan chiqqan nur o’tkazamiz (2.10-shakl, b) va unga D nuqtadan boshlab AC ning uzunligini o’lchab qo’yamiz (AC=DF). So’ngra D nuqtadan radiusi uchburchakning AB tomoniga teng bo’lgan R=AB yoy chizamiz. F nuqtadan radius, uchburchakning BC tomoniga teng bo’lgan R1=BC yoy chizamiz. YOylarning o’zarokesishgan nuqtasi E ni aniqlaymiz. E nuqtani D va F nuqtalar bilan tutashtirsak, EDF uchburchak hosil bo’ladi. Bu uchburchak berilgan uchburchakka teng, ya`ni ABC=EDF.

    Berilgan uchburchakka teng uchburchak yasash usulidan foydalanib, berilgan ko’pburchakka teng ko’pburchak yasash mumkin. Buning uchun berilgan ko’pburchakning diogonallarini o’tkazib, ko’pburchak uchburchaklarga ajratiladi va yuqorida ko’rilgan usul yordamida berilgan ko’pburchakka teng ko’pburchak yasaladi.

    2.11-shaklda ABCDF beshburchakka teng beshburchak yasash ko’rsatilgan. Buning beshburchakda uni uchta uchburchakka ajratuvchi BD va BF diogonallar o’tkazilgan. Oldin yuqorida ko’rgan usul bilan uchta tomoni bo’yicha ABF uchburchakka teng A1B1F1 uchburchak yasalgan. So’ngra E1F1 tomonda xuddi shunday usul bilan BDF uchburchakka teng B1D1F1 uchburchak, keyin B1DE1 tomonda esa BCD uchburchakka teng B1C1D1 uchburchak yasaladi. YAsalgan A1B1C1D1F1 beshburchak berilgan ABCDF beshburchakka teng.



    Download 2.75 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




    Download 2.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Berilgan burchakka teng bo’lgan burchak yasash

    Download 2.75 Mb.