• Mavzuning dolzarbligi.
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 2.75 Mb.
    bet2/55
    Sana01.08.2021
    Hajmi2.75 Mb.
    #16475
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
    Umumiy xulosalar. …………………………………………..

    117-120

    foydalanilgan adabiyotlar RO’YXATI. ……………...

    121-122


    KIRISH

    Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” [73], [74] “... fan va ta`lim sohalarida, shuningdek jamiyat hayotining boshqa sohalarida axborot almashuvning elektron shakllarida o’qitish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil qilish” [6] hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi “2002 – 2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to’g`risidagi qarorlarida [6; 70; 72] “Kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o’quv yurtlarining ta`lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga hamda ularni faol qo’llanishga asoslangan ilg`or ta`lim tizimlarini kiritish” [71] kabi vazifalar belgilab berilgan. SHuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200 – sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora – tadbirlari to’g`risida”gi qarorida [72] ko’rsatilgan, kompyuter texnologiyalarini o’quv jarayonida keng joriy etish kabi vazifalar tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi va bitiruv malakaviy ishi mavzusini “Kasb – hunar kollejlarida umumkasbiy fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning uslubiy asoslari (Elektrotexnika fani misolida)” deb nomlashga asos bo’ladi.

    Ta`lim tizimining mazmunini tubdan o’zgartirish, uning yaxlit axborot makonini vujudga keltirish, ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, o’quv reja va dasturlarni jahon andozalariga moslab tuzish, shunga mos ravishda mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirish orqaligina yoshlarimizning buyuk kelajagini ta`minlashimiz mumkin [25; 22]. Demak, ta`limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining yangi usullarini joriy etish [23 – 24] masalasi muhim va dolzarb masalalardan biridir.

    Kimki eskicha ishlasa, fan-texnika yangiliklaridan, Internet imkoniyatlari va yuksak texnologiyalardan ortda qolsa, uning kelajagi ham bo’lmaydi. Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog`ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilyapti. Shunga ko’ra, ta`lim tizimidagi o’quv yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari fanlarining o’qitilishi - davr talabi bo’lib qolmoqda.

     Shak-shubhasiz, so’ngi yillarda mutaxasislar yakdil tasdiklayotganlaridek, mamlakatimizda bu yo’nalishda sezilarli qadamlar qo’yildi. Lekin shu sohadagi faoliyat hozircha talablar darajasida emas. Kadrlar tayyorlashning sifatini yanada yaxshilash, ta`lim to’g`risidagi konunni to’la amalga oshirish uchun ta`limning turli shakllaridan foydalanish zarur bo’lib kelyapti.

    Bu borada hukumatimiz tomonidan ko’p ishlar olib borilmoqda. SHularga Respublikasizda yangi rivojlangan, "masofaviy ta`lim" deb nomlangan, ta`lim turi misol qilishimiz mumkin. Ta`limning bu turi shu paytgacha mavjud bo’lgan ta`lim turlaridan o’zining ayrim ijobiy tomonlari bilan ajralib turadi.

    Bu ta`lim turini paydo bo’lishiga asosiy sabab deb informatsion va kommunikativ texnologiyalarning tezkor rivojlanishi va ular asosida printsipial yangi ta`lim texnologiyalar (internet texnologiyalar) yaratilishini hisoblash mumkin. Internet texnologiyalardan foydalanish bizga o’quv materiallarni cheksiz va juda arzon tarqatish va ko’paytirish, hamda uni o’quvchilarga tezkor va aniq etkazish imkoniyatlarini yaratib berdi. SHu bilan birga ta`lim interaktiv bo’lganligi sababli, o’quvchining o’z ustidan mustaqil ishlashning o’rni juda katta ahamiyatga ega bo’ladi.

    XXI-asr yangi texnika va texnologiyalarni kompyuterlar asosida ishlab chiqish va tashkil qilish asri hisoblanadi. SHuning uchun barcha sohalari kabi muhandislik loyihalashda ham kompyuterlardan foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammosi bo’lib qoldi.

    «Muhandislik kompyuter grafikasi» fani loyihalash ishlarini avtomatlashtirish tizimi-«SAPR» fanining boshlang`ich qismi hisoblanadi. «Muhandislik kompyuter grafikasi- kompyuter loyihalash» fani «Chizma geometriya» va «Chizmachilik» fanlarini qisman yoki o’zlashtirib bo’lgan talabalarga mo’ljallangan.

    Bu borada bir qancha amaliy dasturlar borki, hozirgi kunda Auto CAD dasturi alohida o’rin tutadi. Ushbu dasturni o’qitishdan asosiy maqsad talabalarga muhandislik va mutaxassislik fanlaridan bajariladigan barcha turdagi grafik axborotlarni-chizma, diagramma va sxemalar kabi tasvirlarni ikki o’lchamda yoki uch o’lchamda kompyuter yordamida bajarish tartibi va qoidalarini o’rgatishdan iborat.

    Auto CAD dasturining asosiy masalasi amaliy va operatsion dasturlar hamda tayyor buyruqlar paketidan fodalanib, loyihalash va texnologik jarayonlarning modellarini yaratish ishlarini talabalar tomonidan kompyuterda erkin bajarishlari uchun zaruriy bo’lgan bilim va malakalarga o’rgatishdan iborat.

    «Muhandislik kompyuter grafikasi» fanidan mashg`ulotlar Oliy o’quv yurtlarida bakalavr va muhandislar tayyorlash uchun Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan muvofiqlantiruvchi kengashning tavsiyasiga asosan, 2006 yil 27 iyul 167-sonli qaydnomasi bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida ma`ruzalar va amaliy-laboratoriya mashg`ulotlar ko’rinishida o’tkaziladi.

    Har bir ma`ruza mashg`ulotlarida grafik axborotlarning tarkibiy qismlarini kompyuter ekranida chizish, ularni qayta o’zgartirib maqbul bo’lgan variantlarini yaratish va ekranda bajarilgan tasvirlarni qog`ozga chiqarib olish kabi vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan nazariy bilimlar bosqichma-bosqich berib boriladi. Amaliy mashg`ulotlarda esa, chizma chizish, ularni taxrir qilish, o’lchamlar qo’yish va ob`ektlarni bog`lash kabi amaliy buyruqlardan foydalanib ko’nikmalar va malakalar oshiriladi.

    Talabalar mashg`ulotlarda olgan bilimlari va ko’nikmalarini to’rtta laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida mustaxkamlab, nazariy bilimlarini va amaliy malakalarini oshiradilar.

    I-laboratoriya ishida «Tekis kontur chizmasi» A4 yoki A3 formatda asosiy yozuvi(burchak shtampi) bilan bajariladi.

    II-laboratoriya ishida «Predmetning ikki ko’rinishi bo’yicha uchinchisini topish va qirqimini yasash» vazifalari bajariladi.

    III-laboratoriya ishida «Yig`ma birlik tarkibiga kiruvchi detallarni ajratib, ularni ishchi chizmasini tuzish» vazifasi bajariladi.

    IV-laboratoriya ishida III-laboratoriya ishi uchun berilgan «Yig`ma birlik» chizmasini bir qismini, ya`ni 3 yoki 4 ta detallardan iborat bo’lgan qismining yig`ish chizmasi bajariladi va spetsifikatsiyasi tuziladi.

    V-laboratoriya ishida turli murakkablikka ega bo’lgan geometrik naqshlarni bajaradi.



    Download 2.75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




    Download 2.75 Mb.