Bitiruv malakaviy ishi ishining ilmiy tadqiqot ishlari rejasi bilan bog`liqligi. Tadqiqot ishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlariga tegishli “Fan bilan ta`lim jarayoni aloqadorligini rivojlvntirish” bandi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni joriy etish jarayonida uzluksiz ta`lim-tarbiya tizimini rivojlantirish muammolarini ilmiy tadqiq etish” Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilgan.
Tadqiqot maqsadi chizmachilik ta`lim jarayonida grafik dasturlardan foydalanish va uni tashkil qilish usullarini ishlab chiqish. Ilmiy-metodik tavsiyalar tayyorlashdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
1.Chizmachilik fanida grafik dasturlarni tadbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash;
2. Grafik dasturlarning yutuq va kamchiliklarini aniqlash;
3. Geometrik chizmachilikda grafik dasturlardan foydalanish usullarini ishlab chiqish;
4. Zamonaviy dasturiy-pedagogik vositalarini ilmiy, psixologik-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilish;
5. Geometrik chizmachilik fanidan dasturiy-pedagogik vositalarini yaratish;
6. Yaratilgan dasturiy-pedagogik vositalaridan geometrik chizmachilik o’qitishda foydalanish samaradorligini tajribada sinab ko’rish va olingan natijalarni matematik-statistik tahlil qilish.
|