• III.2.1 – jadval Tajriba–sinov mashg`ulotlari natijalari jadvali
  • Guruhdagi o’quvchilar soni Dars turi “5” “4”
  • An`anaviy usulda tajriba o’tkazilganda
  • Noan`anaviy usulda tajriba o’tkazilganda
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 2.75 Mb.
    bet51/55
    Sana01.08.2021
    Hajmi2.75 Mb.
    #16475
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
    III.1.2 – jadval

    Tajriba – sinov darsining kompyuter grafikasi asosida o’qitish natijalari jadvali





    Sifat ko’rsatkichi

    Nazorat guruhi

    Tajriba–sinov guruhi

    Ballar hisobida

    Baholar soni

    % hisobida

    Baholar soni

    % hisobida

    1

    85

    12

    38,1

    13

    36,4

    2

    70

    10

    28,6

    14

    40,9

    3

    55

    8

    19,0

    8

    13,6

    4

    0

    7

    14,3

    7

    9,1




    Jami

    37

    100

    42

    100




    O’zlashtirish




    85,7




    90,9




    Sifat ko’rsatkichi




    66,7




    77,3

    Tajriba guruhida esa, talabalar soni 42 ta bo’lib, shulardan 13 tasi “5”, 14 tasi “4”, 8 tasi “3” va 7 tasi “2” baho olganlar. O’zlashtirish 90,9 foizni tashkil etdi. Sifat ko’rsatkichi esa 77,3 foizni ko’rsatdi. Tajriba guruhi bilan nazorat guruhi o’rtasida o’zlashtirish 5,2 foiz, sifat ko’rsatkichi esa 10,6 foizga farq qilishi, bu usulning samarali ekanligini tasdiqlaydi (III.1.2 – jadval), (ko’rsatkichlar III.1.1 – jadvaldan olingan).

    Tajriba ishini bajarishda har bir talabaning faoliyati va tajribani o’zlashtirishi nazorat qilib borildi. Mavzularni yaxshi o’zlashtirgan va kompyuterdan yaxshi ko’nikmaga ega bo’lgan talabalar boshqalarga nisbatan faolligi ajralib turdi, tajribani tez amalda qo’llay oldi. Noan`anaviy dars mashg`ulotlarida nazorat guruhidagi 100 foiz talabaning 30 foizi “a`lo”, 50 foizi “yaxshi”, 10 foizi “qoniqarli” va 10 foizi “qoniqarsiz” baho olib, 90 foiz o’zlashtirgan, sifat ko’rsatkichi 80 foizni tashkil qilgan bo’lsa, tajriba – sinov guruhida esa, 38,1 foizi “a`lo”, 42,8 foizi “yaxshi”, 14,3 foizi “qoniqarli” va 4,8 foizi “qoniqarsiz” baho olib, 95,8 foiz o’zlashtirgan, sifat ko’rsatkichi 80,9 foizni tashkil etgan (ko’rsatkichlar III.1.1 – jadvaldan olingan).

    III.2.1 – jadval
    Tajriba–sinov mashg`ulotlari natijalari jadvali


    Guruhdagi o’quvchilar soni

    Dars turi

    5”

    4”

    3”

    2”

    37

    an`anaviy

    12

    10

    9

    6

    42

    noan`anaviy

    12

    14

    8

    6

    Natijalardan shu narsa ko’rinadiki, an`anaviy usulda o’tkazilgan mashg`ulotlarga qaraganda noan`anaviy usulda o’tkazilgan mashg`ulotlar samaradorligi yuqori bo’lar ekan. Mashg`ulot natijalariga qarab quyidagi xulosalarga keldik:



    An`anaviy usulda tajriba o’tkazilganda:

    talabalar bir – biridan tajriba ishini ko’chirishi mumkin; talabalarning har birida deyarli bir xil jadval ko’rsatkichlari bo’ladi;

    tajriba ishlari umumiy holda bajariladi, har bir talaba mustaqil tajriba ishini bajarish imkoniyatiga ega emas; talabalarning avval tajriba matnini o’qib chiqishi, so’ng kerakli joylarini daftarlariga qayd qilib undan so’ng tajriba ishini bajarishga kirishishlari anchagina vaqt talab qiladi.

    Noan`anaviy usulda tajriba o’tkazilganda:

    har bir talaba o’zi mustaqil tajriba bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi; har bir talaba o’zini ko’proq qiziqtirgan chizma va kattaliklar bilan ishlashi mumkin; har bir talabaning tajriba ishlari bo’yicha tahlili alohida bo’ladi; talabaning mustaqil ishlashi va mustaqil fikrlash qobiliyati ortadi; talaba chizmalarini to’g`ri o’qish haqida puxta bilimga ega bo’lishga erishadi; talabaning tajribaning mohiyatini anglab etishi tezlashadi; talaba elektr chizmalarni amalda bajarishi uchun o’zida ishonch qabul qiladi.

    Tajriba natijalariga ko’ra xulosa shuki, “Chizmachilik” fanini kompyuter dasturlaridan foydalanib o’qitish talabada fanga nisbatan tez qiziqish uyg`otadi va talabalarda fanni o’zlashtirish samarasi oshadi.

    Elektron o’quv qo’llanma maxsus auditoriyalarda amaliy mashg`ulotlar orqali o’tilishi, talabaning mustaqil vazifalar va yangi bilimlarni o’rganishini ta`minlash uchun qo’llanilishi uchun foydali, chunki: –o’rganuvchi tomonidan topshiriqlarni bajarishda kompyuter tomonidan zarur yordamni olib turishi va olingan javoblar kompyuter tomonidan tahlil qilib berilishi mumkin;

    – o’qituvchi rahbarlik qilish va maslahat berish rolini saqlab qolgan holda talabaning kompyuter qarshisida mustaqil tarzda shug`ullanishini ta`minlaydi;

    – kompyuter yordamida o’qituvchiga talabalarning bilimini tez va samarali nazorat qilinishini ta`minlaydi.

    Olib borilgan tajribalar talabalarda bilimlarni va texnik fikrlashni rivojlantirishga muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Texnik fikrlash texnika va sanoat yo’nalishidagi har bir kasb mutaxassisi uchun muhim bo’lib, u ijodiy fikrlashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda texnika, texnologiya va axborot-kommunikatsiya vositalarining jadal rivojlanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining texnik jihatdan murakkablashuvi tegishli soha mutaxassislari amaliy faoliyatda texnik vositalardan foydalanuvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatiga yuqori talablar qo’yilmoqda. Bu esa bo’lajak mutaxassislarni yangicha texnik fikrlashga o’rgatishni taqozo etadi. CHunki, har qanday kasbiy faoliyat va texnik fikrlash bilan uzviy bog`liq. Zero, hozirgi zamon sharoitida samarali faoliyat ko’rsata oladigan va kasbiy layoqati yuksak kadrlar o’ta zarur. Tadqiqot ishida ishlab chiqilgan uslubiy asoslar pirovardida asosan kasbiy malakalarni shakllantirishga xizmat qilishi ko’zda tutilgan.

    Ta`lim tizimida kompyuterli o’qitish texnologiyasini qo’llaganda talabalarning shaxsiy mustaqil fikrini shakllantirishga va rivojlantirishga erishish mumkinligi olib borilgan tajriba–sinov ishlarida aniqlandi.

    Tajriba-sinovdan olingan natijalar matematik statistik metodlar yordamida qayta ishlandi. Buning uchun talabalarning o’quv materialini o’zlashtirish darajasi bo’yicha samaradorlik mezonining ko’rsatkichlari sifatida o’zlashtirish bahosining o’rta arifmetik qiymati x* = (Σ xi mi) / N (bu erda: xi – baho qiymati, mi – mos baholar soni, N-tajribada ishtirok etayotgan o’quvchilar soni) va samaradorlik koeffitsenti n=X*t / X*n (bu erda: X*t – tajriba sinfida o’zlashtirish baholarining o’rta arifmetik qiymati X*n– nazorat sinfida o’zlashtirish baholarining o’rta arifmetik qiymati)dan foydalanildi.

    Talabalarning bahosi, ya`ni o’zlashtirish darajasi besh ballik tizimda baholandi.

    Tajribadan olingan natijalarning ishonchliligini baholash uchun pedagogik tajribada tasodifiy miqdor matematik kutilmasining nazariy qiymati uchun ishonchlilik oralig`i ham aniqlandi. Tajriba-sinov ishidagi bu oraliq miqdor o’zlashtirish baholari o’rta arifmetik qiymatini ifodolovchi x* dir. ishonchlilik ehtimoli oralig`i ∆ = tg,m  formula 



    asosida aniqlanadi (bu erda tg,m – erkinlik darajasi (M=N-1) qiymatiga hamda qiymati «X» parametrining ishonchlilik oralig`iga tegishli bo’lmasligi rost qiymatining ehtimollik foizi va jadval bilan aniqlovchi1 g miqdorga bog`liq bo’lgan koeffitsienti; τ*=  dispersiyaning empirik qiymati; N –tajribada ishtirok etayotgan o’quvchilar soni. Nazorat va tajriba sinflarida o’quvchilar nazorat ishlarining umumiy natijasining diagramma ko’rinishi 3.8-rasmda keltirilgan.





    Download 2.75 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




    Download 2.75 Mb.