Buxoro davlat universiteti




Download 2.75 Mb.
bet54/55
Sana01.08.2021
Hajmi2.75 Mb.
#16475
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Umumiy xulosa

Ilmiy tadqiqot natijasida rejalashtirilgan barcha vazifalar hal etildi, quyidagi nazariy xulosa va amaliy takliflarga kelindi.

  1. Ta`lim tizimida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, chizma geometriya va muhandislik grafikasini o’qitishda kompyuter texnologiyalarini qo’llash ishlariga bag`ishlangan ilmiy va uslubiy adabiyotlar, bitiruv malakaviy ishi ishlari, ilgor pedagogik tajribalar o’rganildi va ilmiy, pedagogik-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Chizmachilik ta`lim jarayonida kompyuter texnologiyalarini qo’llash, talabalarning o’zlashtirish darajalarini oshirishga imkon beruvchi vosita ekanligini va ilgor pedagogik tajribalar mavzuning dolzarbligini asosladi.

  2. Chizmachilik fanini o’qitishning zamonaviy masalalaridan biri uni o’qitishda kompyuter texnologiyalarini keng kulamda qo’llashdir. Kompyuter grafik dasturlarning o’kuv materiallarini talabalar tomonidan jadal ravishda uzlashtirilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi, hamda o’zlashtirish samaradorligini oshirishda muhim o’rin tutishi nazariy jihatdan isbotlandi. Chizmachilik fanini o’qitishdagi muammolarni bartaraf etish uchun xar tomonlama qulay bo’lgan dasturiy-pedagogik vositalardan foydalanish maqsadga muvofik deb topildi.

  3. Pedagogika, psixologiya, axborot texnologiyalari, energetikaga oid adabiyotlar va ilmiy ishlar, ilmiy manbalar, hamda “Geometrik chizmachilik” fani bo’yicha o’quv reja – dasturlari asosida o’rganib chiqildi.

  4. Zamonaviy o’qitish metodlariga ta`riflar berildi, ularning afzalliklari, kamchiliklari, talabalarda malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdagi o’rni aniqlandi;

  5. O’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning metodik imkoniyatlari yuqori ekanligi nazariy jihatdan asoslab berildi;

  6. Muhandislik grafikasi fanlaridan mavjud dasturiy-pedagogik vositalar tahlil qilindi.

  7. Chizmachilik bo`yicha dasturiy-pedagogik vositalarga quyilgan quyidagi didaktik talablar ishlab chiqildi: a) masalaning echilishida primitivlarning bosqichma-bosqich va qadamba-qadam qurilishi. g) dars turiga karab dasturiy - pedagogik vositalarning boshqarilishi avtomatik tarzda amalga oshirilishi yoki talaba tomonidan mustaqil boshqarilishi imkoniyatlari.

  8. Geometrik chizmachilik fanining tayanch mavzulari nazariy jihatdan tadqiq qilindi;

  9. Auto CAD grafik dasturdan foydalanib geometrik chizmachilik fanini tashkil etishning takomillashgan metodikasi ishlab chiqildi;

  10. Chizmachilik darslarida kompyuter grafikasini qo’llash talabalarning fazoviy tassavvurini va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi ilmiy, pedagogik psixologik jixatdan asoslab berildi.

  11. Tajriba-sinov tadkikot yo’nalishi, tadkikot boskichlarining maksadi, vazifalari, tadqiqot o’tkazish usullari aniqlandi.

  12. “Chizmachilik” fanini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tajriba – sinov ishlarini o’tkazish orqali, ta`lim – tarbiya samaradorligiga, talabalarning shaxsiy mustaqil fikrini shakllantirishga xizmat qilishi, fikrni o’stirish va qat`iy himoya qilish, individual ijodiy fikrlash xususiyatlarini shakllantirishi va rivojlantirishi aniqlandi.

  13. Elektron o’quv qo’llanma va elektron ko’rgazmalar orqali mashg`ulotlar o’tilishi, talabaning mustaqil vazifalar va yangi bilimlarni o’rganishini ta`minlash uchun qo’layligi;

  14. O’qituvchi rahbarlik qilish va maslahat berish rolini saqlab qolgan holda talabaning kompyuter qarshisida mustaqil tarzda shug`ullanishini ta`minlashi; kompyuter yordamida o’qituvchiga talabalarning bilimini tez va samarali nazorat qilish imkoniyati mavjudligi;

  15. Ma`ruza va amaliyot mashg`ulotlarida o’z ixtiyoriga qarab, talabaning elektron manbalar bilan mustaqil tayyorlanishi mumkinligi;

  16. Auditoriyada ko’riladigan va talabaning mustaqil tayyorlanishi zarur bo’lgan misol va topshiriqlar soni va mazmuni nisbatini optimallashtirish imkonini berishi o’tkazilgan tajriba–sinov ishlarida o’z tasdig`ini topdi.

  17. Oliy ta`limda“Chizmachilik“ fanini o’qitishning kompyuterli o’qitish texnologiyasi; darsda videousullardan foydalanish metodikasi va interfaol usullar tajribalarda sinab ko’rish bilan tadqiqot maqsadi va vazifalari amalga oshirildi.

  18. Tajriba – sinov ishlarining umumiy dastlabki va yakuniy ko’rsatkich natijalari olindi va tahlil qilindi.

  19. Erishilgan natijani aniqlik darajasini aniqlash uchun standart og`ish kattaligi hisoblab chiqildi va natijalar Styudent metodi orqali tekshirildi. Unda nazorat guruhida samaradorlik koeffitsienti 1,04 foiz tajriba guruhida esa samaradorlik koeffitsienti 1,22 foizni ko’rsatdi. ya`ni o’qitish samaradorligini 18 %ga oshirishga erishildi.

  20. Pedagogik tajriba – sinov ishlarining natijalari oliy ta`limda chizmachilik faninida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish talabalar bilim va ko’nikmalarini oshirishda samaradorlikka erishishga yordam berishi borasidagi fikrning haqqoniyligini tasdiqladi.

  21. Kompyuterda grafik tasvirlar yasash mavzusini yakunlar ekanmiz, shuni alohida ko’rsatib o’tish lozimki, kompyuterda eng murakkab ikki o’lchamli va ko’p o’lchamli fazoviy figuralarning chizmalarini qo’lda chizgandan ko’ra birnecha marta tez va aniq bajarish mumkin. Ilmiy texnika taraqqiyoti yaqin kelajakda chizmalar chizish va ularni rasmiylashtirish ishlarining barchasi kompyuterlar zimmasiga tushishidan darak bermoqda.

  22. Auto CAD dasturining asosiy masalasi amaliy va operatsion dasturlar hamda tayyor buyruqlar paketidan fodalanib, loyihalash va texnologik jarayonlarning modellarini yaratish ishlarini talabalar tomonidan kompyuterda erkin bajarishlari uchun zaruriy bo’lgan bilim va malakalarga o’rgatishdan iborat.

  23. Informatsion jamiyat tushunchasi nimani anglatadi? Bu shunday jamiyatki, unda ishlovchilarning aksariyat kismi axborotlarni ishlab chikarish, saklash, kayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar.Kompyuter grafikasi (mashina grafikasi) degani- Mashina grafikasi deganda ob`ektlarning xajm modellarini yaratish, saklash, ishlov berish va EXMlar yordamida ularni tasvirlash tushuniladi.

  24. Kompyuter grafikasi jaxonda yangi fundamental fan xisoblanib, iktisodiyot soxasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustakil axamiyatga egadir.

  25. Axborotning asosiy qismini inson ko’rish a`zolari orqali oladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo’ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob`ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi.

  26. Auto CAD grafik paketi kompyuter monitorida turli o’lchamda 2 va 3 o’lchamli tasvirlarni chizishga imkoniyat beruvchi vositadir. Auto CAD chizmaning tez va oson bajarilishini taminlaydi.

  27. Kompyuter monitorida tasvirlar hosil qilish uchun planshetdan ham foydalanish mumkin. Planshet tekis yuzaga ega bo’lgan to’rdan iborat bo’lib, uning sathi EHM ekraniga teng. Ekrandagi turlar odatda purkash usuli bilan hosil qilingan. Planshet monitor ekrani bilan birgalikda ishlaydi. Monitor ekran va planshet maydoni bir xil sathga ega bo’lib, planshetning har bir nuqtasi monitor ekranning aynan o’sha nuqtasiga to’g`ri keladi. Tasvir planshetga status deb ataluvchi maxsus qalam bilan chiziladi.

  28. Auto CADning ekran ro’yxati bir nechta grafik ro’yxatga (masalan, shtrixovkalarning turlari, shtrixlarning garnituralari) murojaat qilishga imkon beradi. Fazoviy detallarning tasvirini yasash uchun kvadrat kataklar o’rnida aksonometrik kataklardan foydalaniladi. Bu xilda tasvir chiziqlar aksonometrik (izometrik, dimetrik) o’qlar yo’nalishi bo’ylab o’tkaziladi. Ish tugagach yana yuqorida izohlangan usul bilan aksonometrik to’r ekrandan o’chirilib, tasvirning o’zi qoldiriladi.

  29. Har bir ma`ruza mashg`ulotlarida grafik axborotlarning primitivlarini-tarkibiy qismlarini kompyuter ekranida chizish, ularni qayta o’zgartirib maqbul bo’lgan variantlarini yaratish va ekranda bajarilgan tasvirlarni qog`ozga chiqarib olish kabi vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan nazariy bilimlar bosqichma-bosqich berib boriladi. Amaliy mashg`ulotlarda esa, chizma chizish, ularni tahrir qilish, o’lchamlar qo’yish va ob`ektlarni bog`lash kabi amaliy buyruqlardan foydalanib ko’nikmalar va malakalar oshiriladi.



Download 2.75 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Download 2.75 Mb.