• (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 42-modda)
  • III. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish. 83




    Download 9.59 Mb.
    bet2/19
    Sana01.08.2021
    Hajmi9.59 Mb.
    #16632
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    III. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish. 83

    3.1. Tuzilgan matematik model uchun hisoblash algoritmini yaratish 83

    3.2. Hisoblash natijalarining tahlili. 84

    Xulosa 91

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 94


    Kirish



    Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi”.

    (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 42-modda)

    Bugun ko‘plab davlatlar, shu jumladan O‘zbekiston ham innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiyotni shakllantirmoqda. Biroq, “aqlli” iqtisodiyotni ishlab chiqarishning yangi, zamonaviy texnologiyalari va uslublarini o‘zlashtirmasdan, uni mahalliylashtirish va modernizatsiya qilishni kengaytirmasdan, tayyor mahsulot ishlab chiqish uchun resurs xarajatlarini kamaytirishga yordam beradigan mahalliy xomashyodan yanada keng foydalanmasdan qurib bo‘lmaydi. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ko‘magida ilmiy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlari tomonidan yuzlab zamonaviy texnologiyalar hamda ishlanmalar yaratildi. Mamlakatimizni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim masalalarini hal etishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu yangiliklar sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya, ilm-fan hamda ta’lim sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqaroning ilmiy-texnikaviy ijod qilish huquqi va erkinliklari kafolatlangan[1]. Bu borada davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. Zero, faqat erkin mamlakatdagina erkin inson erkin ijod qilishi, o‘z kelajagini qurishi mumkin. Mamlakatimizda jahonga mashhur va yutuqlari bilan mamlakatimiz faxrlanadigan bir qancha institutlar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti shulardan biridir. Mazkur ilmiy tadqiqot instituti qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, geliomaterialshunoslik, asbobsozlik sohasidagi fundamental tadqiqotlari va ilmiy-texnik yutuqlari, shuningdek, unda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlanayotgani bilan shuhrat qozongan. Misol uchun, maxsus suvni quyosh yordamida tuzsizlantirish moslamasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan kundalik turmushda foydalanish kuniga 100 litrgacha chuchuk suv olish imkonini beradi. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimovning 2010-yil 15-dekabrda qabul qilingan «2011-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi qarori qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini faollashtirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qarorda sanoat tarmoqlari, shu jumladan energetika sohasida tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirishga doir muhim vazifalar belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Obod turmush yili» Davlat dasturi, shuningdek, 1-Prezidentimiz I.A.Karimovning 2013-yil 1-martda qabul qilingan “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida energiya tejaydigan tizimlarni joriy etish, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu va boshqa dasturiy hujjatlar energiya iste’moli sohasida yuzaga kelayotgan qator masalalarni hal etish, noan’anaviy energetika resurslari, jumladan, quyosh energiyasidan keng ko‘lamda foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, quyosh panellari uchun tegishli uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlarni sanoatlashtirilgan holda ishlab chiqarishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutining yarimo‘tkazgich quyosh elementlari laboratoriyasi ishlanmalari kunduzgi yorug‘lik imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yordam beradi. Bu yerda ko‘chalar va maydonlarni yoritadigan fotoelektr stansiyalar hamda fotoelektr tizimlar ishlab chiqilmoqda. Ular iste’molchilarni doimiy va o‘zgaruvchan kuchlanishga ega elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Ayni paytda laboratoriya to‘rtta patentga ega va ulardan biri kunduzi nafaqat elektr energiyasi, balki issiq suv beradigan fotoissiqlikni o‘zgartiruvchi batareya uchun olingan.



    Download 9.59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 9.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish. 83

    Download 9.59 Mb.