Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi




Download 9.59 Mb.
bet3/19
Sana01.08.2021
Hajmi9.59 Mb.
#16632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1.Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Quyosh energiyasini amalda qo`llashning istiqbolli sohalaridan biri – uni elektr energiyasiga hamda past potentsialli issiqlikka aylantirish va bunday turdagi temperatura potentsialining asosiy iste`molchilari bo`lgan ijtimoiy-maishiy ishlab chiqarish korxonalari, turar-joy binolari va sanoat inshootlarining issiqlik ta`minoti tizimlarida issiqlik manbai sifatida foydalanishdir. Hozirgi paytda Respublikamizda turli inshootlarni faqat qishki isitish ehtiyojlari uchun qazilma issiqlik-energetik resurslarining beshdan bir qismi sarflanyapti. O`z navbatida, Quyosh isitish tizimli sinov obyektlarini ishlatish tajribalarini umumlashtirish natijalari ko`rsatishicha, Quyosh energiyasidan foydalanish hisobiga bu resurslarni 30-40% tejashning real imkoniyatlari mavjud. Mo`tadil iqlimli hududlarda, passiv Quyosh isitish tizimlari orasidan, janubiy devorga joylashgan (odatda katta o`lchamli) shaffof to`siqlaridan Quyosh nurlanish energiyasini to`g’ridan-to`g’ri tushishiga asoslangan insolyatsion tizim ko`p tarqalgan. Insolyatsion passiv Quyosh isitish tizimlarining ustunligi ularning oddiyligi, maxsus geliotexnik qurilmalar (Quyosh nurlanish kollektorlari va akkumulyatorlari)ning, tizim bo`ylab issiqlik tashuvchini harakatga keltiradigan nasos va ventilyatorlarning yo`qligidir, uning arzonligi va ekspluatatsion xarajatlarga umuman ehtiyoj bo`lmasligi ham o`z ahamiyatiga ega.



Download 9.59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 9.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi

Download 9.59 Mb.