|
Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi
|
bet | 1/3 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #134023 |
Bog'liq дарслар Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi
📍 Bugun Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasida davlat soliq xizmati xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali hamkorligida siyosiy-ma’rifat o‘quv darsi bo‘lib o‘tdi.
📌 Mazkur o‘quv mashg‘ulotida tinglovchilarga hafta davomida mamlakatimizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati, Self-management –shaxsiy samaradorlikni oshirish hamda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbilari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
🔗 Aytib o‘tish kerakki, bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda davlat soliq xizmati xodimlari ishtirokida o‘tkazilib kelinmoqda. Kasb odobnomasi hamda boshqa me’yorlarga rioya etmagan xodimlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi
April 25, 2022
Bugungi kunda eng global muammolardan biri – korrupsiya balosidir. Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlarida ushbu illatga qarshi kurashish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib, uni oldini olish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ayni kunlarda Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati va Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tomonidan barcha hududidiy davlat soliq inspeksiyalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha profilaktik yig‘ilishlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun viloyat davlat soliq boshqarmasida shaxsiy tarkib ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbatida ham korrupsiya mavzusiga e’tibor qaratildi.
Tadbirda bugungi kunda davlat soliq organlari tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Xususan, davlat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari viloyat davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligini ta’kidlab, bu borada ayrim hududidiy davlat soliq inspeksiyalarida uchrab turgan salbiy holatlarga to‘xtalib o‘tdilar.
Shaxsiy tarkib bilan o‘tayotgan bunday uchrashuvlarda mas’ullar Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi keskin kurashish olib borilayotganini bildirib, odob-axloq va ichki mehnat tartibi qoidalari hamda xizmatga oid boshqa me’yorlarga rioya etmagan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishi haqida yana bir bor ogohlantirdilar.
Shuningdek, viloyat davlat soliq xizmati organlari xodimlari orasida salbiy oqibatlarning oldini olish hamda korrupsiya holatlariga chek qo‘yish maqsadida mavzu yuzasidan tayyorlangan video-lavha namoyish etildi.
Tadbir davomida so‘z olganlar o‘zining hayot tajribasidan kelib chiqib, halol, pok, vijdonan xizmat qilish lozimligi hamda bugungi kunda ishlash uchun yaratilgan sharoitlarning oldingi davrlarga taqqoslab gapirib o‘tdilar.
Aytib o‘tish kerak, davlat soliq boshqarmasi mas’ullari va Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda soliq xodimlarining nopok yo‘llarga kirib qolmasligini ta’minlash maqsadida bunday uchrashuvlar tadbirkorlar va ishbilarmonlar o‘rtasida ham o‘tkazilayapti.
|
| |