• Vazir v.b. A. XAITOV
  • I. Umumiy qoidalar
  • Buyrug‘i paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida




    Download 327.6 Kb.
    bet1/27
    Sana30.11.2022
    Hajmi327.6 Kb.
    #32513
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    ПТК да ММ
    SE - maruza-3, 3-laboratoriya ishi, 1 4 Пахтани қуритишда чет эл технологияси, ракобат турлари, 10- 60710300- BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI, 20- 60410100- BUXGALTERIYA XISOBI, 2- 60410100- AUDIT, 234- 60711300- O\'LCHOV BIRLIGINI TA\'MINLASH ASOSLARI, Документ Microsoft Word, Список, 310-ТМТ 19.10.21, 2 курс магистрлар мавзулари, MTLA Календар режа 2021-2022 янгти, юзи 1

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
    BUYRUG‘I
    PAXTA TOZALASH ISHLAB CHIQARISHI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
    [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1983]
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
    1. Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
    Vazir v.b. A. XAITOV
    Toshkent sh.,
    2009-yil 10-iyun,
    29/B-son
    O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-iyundagi 29/B-son buyrug‘iga
    ILOVA
    Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
    QOIDALARI
    Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) Qonuniga muvofiq paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
    I. Umumiy qoidalar
    1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha turdagi paxta tozalash ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir.
    2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
    3. Mazkur Qoidalar Qurilish me’yorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va me’yorlari, Davlat standartlarining tegishli normalarini, shuningdek aniq ishlab chiqarishda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
    4. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan, davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.

    Download 327.6 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 327.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyrug‘i paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida

    Download 327.6 Kb.