|
Buyumlar muxitining loyihalashtirilishi
|
bet | 5/12 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 85,25 Kb. | | #146776 |
Bog'liq Texnik ijodkorlik va dizayn.fani45454531.2. Buyumlar muxitining loyihalashtirilishi
Dizaynning tarixi insoniyatning tarixi bilan chambarchas bog’liq. Inson, qayerda bo’lmasin, o’z buyumlarini tashqi ko’rinishiga e’tibor bergan, va shu sababli dizaynni paydo bo’lishiga asos bo’lgan.Hozirgi tushuncha bo’yicha dizaynni shakllanishi uchun mahsus sharoitlar, talablar va ko’rsatmalar bo’lishi lozim. Loyiha madaniyatining ikki qismi - texnika va san’at, bir-biridan uzoqlashib, alohida ko’rib chiqilardi va bir biriga qarshi qo’yilardi. XX asrda ularni birlashtirishga harakat qilina boshlandi. Texnika va san’atni birlashuviga maxsus qo’mitalar tashkil etildi. 1849-yildan boshlab Londonda buyum dunyosini estetik muammolariga bag’ishlangan “Journal of Desjng and Manufactures” jurnali chiqadigan bo’ldi. Shu vaqtda iste’molga “indastrial art” degan tushuncha kirdi. Demak, dizayn jamiyatni estetik talablari va mashinada ishlab chiqarish chorrahasida tug’ilgan. Buyum muhitini shakllantirish sohasidagi badiiy sharoitning inqirozi, dizaynni paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Birinchi urinishlar shunday faoliyat sohasida o’rta asr romantic hunarmandchiligi an’analarini tiklash bo’lgan. Kelajak dizaynining ildizi dunyoni ratsional qayta ko’rish g’oyasi, muhitni ifoda etish, ob’ektni har tomonlama estetik ta’sir etishi bilan bog’liq bo’lgan. XIX asrni oxirida Yevropa mamlakatlarini modern badiiy uslubi qamrab olgan. U asosida fikrlash shakllarga asoslangan. Ayni modern odamlarda, rassomlarda ideal sifatida shaklni sezish dizaynni tadbiq etilishiga imkoniyat berdi.
Modernda bino elementlari konstruktiv va dekorativ turlarga bo’lindi. Barcha utilitar elementlari estetik ma’noli bo’lib yaratilardi. Kelajak dizayner ko’rsatmalari va muamolari nemis badiiy birlashmalari “Verkbund” (1907-y.) va “Bauxauz” namoyon qilishdi. “Verkbund”ga sanoat xodimlari, me’morlar, rassomlar va kommersantlar kirar edi. Ularning fikri bo’yicha sanoatda, ishlab chiqarishda iqtisodiy va estetik talablar o’zaro bog’lanmasa, xalqaro yutish mumkin emas. “Verkbund” asosiy vazifalarni aniqladi: mahsulotlarni ishlab chiqarishni hunarmandlikdan sanoat yo’llariga o’tkazish. “Verkbund”ni asoschisi G.Mutezius “estetik fundamentalizmning” prinsiplarini aniq ta’riflab berdi: buyumning shakli uning mohiyatidan, tuzilishidan, texnologiyasidan, nimaga mo’ljallanganidan kelib chiqadi. 1914-yilda firmaning badiiy direktori P. Bernesni birinchi dizayner deb hisoblansa bo’ladi. Uning amaliy faoliyati yangi faoliyat turi - dizaynni shakllanishida katta ahamiyatga ega. Bu firmaning faoliyati birinchi jahon urushi davri 1914-yilda to’xtadi.
Dizayn - bu zamonaviy sanoatda, ishlab chiqarishda yo’qolgan madaniy muvozanatni tiklash usulidir. Aynan shuning uchun go’zallikni funksional asoslangan buyumlar shaklida qidira boshlashdi. “Bauxauz” 1920-1950-y. Yevropa dizayn aksini namoyon etgan. 1937- yilda “Bauxauz” AQShga emigratsiya qilgan. Ular Yevropa dizaynning asoslarini amerikada o’zlashtirishgan. Bunga 930-yildagi Amerikadagi depressiya sabab bo’lgan, chunki mahsulotni sotish qiyin bo’ldi. Biznesmenlar rassomlarni ishga olib, mahsulotga estetik xususiyatni berishga intilishdi. Inqiroz paytida mahsulot ishlab chiqaruvchilar o’z buyumlarini dizayniga e’tibor beradigan bo’lishdi. Bunga yorqin misol, G.Ford “Djenenra motors” tomonidan raqobati va bozorni mashinalar bilan to’lganligi sababli “T” markali mashhur avtomobillarni o’rniga 18 million dollarni sarflab yangi kelishgan “A” modelini chiqaradigan bo’ldi. Aynan inqiroz paytida hozirgi dizayn konteksti tashkil etilgandi. U eng avvalo, kommerstiya dizaynida yoki “industrial san’atida” o’z ifodasini topgan. Har bir korxonada maxsus guruhlar tashkil etilgan, ular “staff-dizayn” - dizayn vazifalarini bajarishgan. Maxsus buyurtma bajaradigan mustaqil dizayn firmalari ham barpo etilgandi. Demak, dizayn uch ma’noli sohalarning, uch turli madaniy harakat chorrahasida barpo etilgan: san’at, ommaviy sanoat korxonalar va buyumlarga mujassamlangan ommaviy ong. Mustaqillika erishgandan so’ng xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar kuchaygandi. Xorijdan kelgan mahsulotlar mahalliy mahsulotlarga raqobatdosh bo’lgani bois, buyumlar dizayniga e’tibor beriladigan bo’ldi. O’zbekiston mahsulotlarni dizayniga ham e’tibor beriladigan bo’ldi. Dizaynerlar uyushmasi tashkil etildi va bu uyushma xalqaro dizaynerlar uyushmasiga kiritildi. 2005-yildan boshlab, “Art week” qoshida Toshkentda har yili “Style Uz” va “Bolajonlar shirintoylar” moda festivallari o’tkaziladi. U yerda, milliy liboslar an’analariga tayanib, milliy (xonatlas, adras, shoyi, beqasam) va zamonaviy gazlamalaridan zamonaviy va milliy liboslar namoyish etiladi. Zamonaviy insonni estetik ehtiyojlariga “yangi shakl” javob bermaydigan bo’ldi; shaklni afzalligi endi uning tartibga solishni va jipslanganligida emas, balki shaxsni emostional boyitadigan siymoligidadir. “Yangi dizayn” “yaxshi shakl”dan ayni umumiy namuna sifatida voz kechadi, ammo bu “yaxshi” yoki “sof shakl” zamonaviy dizaynda ijodiy konsepsiyani asosi bo’la olmadi. 1990-yil dizaynda minimalizmning zafari buni isbotladi. Ammo minimalizm dizaynda yagona bo’lgan yo’nalish sifatida talqin qilinmagandi, balki kiyim dizaynida unga qarama-qarshi dekonstruktivizm va tarixiylik bilan do’stona birga mavjud bo’lgan.
Dizaynning tarixi insoniyatning tarixi bilan chambarchas bog’lik. Inson, qayerda bo’lmasin, o’z buyumlarini tashqi ko’rinishiga e’tibor bergan, va shu sababli dizaynni paydo bo’lishiga asos bo’lgan
|
| |