By Shakhzoda Ikromova
13-dars. MATN PROTSESSORI DASTURI
VA UNING INTERFEYSI
1
2
3
4
•
DASTUR INTERFEYSI
•
MS WORD DASTURI
•
MATN PROTSESSORI
•
MS WORD DASTURINI
ISHGA TUSHIRISH
Hozirgi kunda hujjat yaratish, kitob, darslik, gazeta va jurnal, buklet
va otkritkalarni nashrga tayyorlash va chop etishning yangi usul
hamda vositalari qo‘llanilmoqda. Bunda elektron shakldagi hujjatlarni
kompyuterda tez va oson usulda qayta ishlash, chop etish,
ko‘paytirish yoki elektron pochta orqali jo‘natish imkoni mavjud.
Windows operatsion tizimi tarkibidagi Блокнот, Word Pad kabi matn
ustida ishlovchi dasturlar qatorida Microsoft kompaniyasi
foydalanuvchilarga yanada qulaylik tug‘dirish maqsadida Microsoft
Office (ofis paketi) deb ataluvchi dasturlar to‘plamini yaratdi
Office paketi dasturlari orasida qo‘llanilish
bo‘yicha eng birinchi o‘rinda turuvchi dastur
bu – MS Word matn protsessori. 1992-yildan
beri uning 10 dan ortiq versiyalari yaratildi.
Masalan, Word 2007 versiyasidan boshlab
foydalanuvchilarga oddiy hol bo‘lib qolgan
menyu satri o‘rniga Ribbon (tasmali panel)
deb nomlangan ko‘rinish taqdim etildi.
1
2
3
|