C++ dasturlash tili -kirish so'zi- assalomu alaykum! O'Zbek tilida dasturlash mavzusiga doir zamonaviy adabiyotlar ko'p emas. Shu bois c++ ni O'zbek tilida tushunturuvchi qo'llanmani yozishga qaror qildim




Download 190.92 Kb.
bet2/3
Sana29.03.2017
Hajmi190.92 Kb.
1   2   3
lotin alifbosi harflarini va y ana qo'shimcha bir guruh simvollarni kodlashga qulay bo'lgan.
Lotin alifbosi, lotin yozuvi - Qad. Rimda uncha katta boʻlmagan Latsiy viloyatining ("lotin" soʻzi ham shundan), xususan, uning markazi Rim shahrining yozuvi, harfiy yozuv; gʻarbiy yunon yozuvi asosida paydo boʻlgan.
Lekin hozirda milliy alifbelarni kodlash uchun 16 bitlik UNICODE qo'llanilmoqda. U yordamida 65536 ta simvolni ko'rsatish mumkin. char tipida o'zgaruvchi e'lon qilish uchun dasturda char g, h = 3, s; kabi yozish kerak. O'zgaruvchilar vergul bilan ayriladi. E'lon bilan bir vaqtning o'zida boshlang'ich qiymat ham berish imkoni bor. Mashina ichida baytdan tashkil topgan boshqa kattaliklar ham bor. Ikki baytdan tuzilgan kattalik so'z (word) deyiladi, unda 16 bit bo'ladi. 4 ta bayt guruhi esa ikkili so'z (double word) bo'ladi. Bu birlik 32 bitli mashimalarda qo'llaniladi. Hozirda qo'llanilmoqda bo'lgan mashinalar asosan 32 bitlidir, masalan Pentium I/II/III sistemalari. C da butun sonlarning ikki tipi bor. Biri char - uni ko'rib chiqdik. Ikkinchisi int dir. Mashinalarning arhitekturasi qanday kattalikda bo'lsa, int tipining ham kattakigi huddi shunday bo'ladi. 16 bitlik mashinalarda int 16 bit edi. Hozirda esa int ning uzunligi 32 bitdir. int (integer - butun son) tipi charga o'hshaydi. Farqi bir baytdan kattaligidadir. 16 bitli int ning sig'imi -32768 dan 32767 gachadir. 32 bitli int esa -2 147 483 648 dan 2 147 483 647 gacha o'rin egallaydi. Bu ikki butun son tipidan tashqari C da ikki tur vergulli, (nuqtali) yani haqiqiy son tipi mavjud. Bulardan biri float, hotirada 4 bayt joy egallaydi. Ikkinchisi esa double, 8 bayt kattalikka ega. Bularning harakteristikalari quyidagi jadvalda berilgan. Ushbu tiplar bilan ishlaganda unsigned(ishorasiz, /- siz), signed (ishorali) long (uzun) va short (qisqa) sifatlarini qo'llasa bo'ladi. unsigned va signed ni faqat butun son tiplari bilan qo'llasa bo'ladi. unsigned qo'llanganda sonning ishorat biti bo'lmaydi, ishorat biti sonning kattaligini bildirish uchun qo'llaniladi. Masalan char tipida 8 chi, eng katta bir odatda ishorat bitidir. Biz unsigned char ch; desak, ch o'zgaruvchimizga faqat 0 va musbat qiymatlarni berishimiz mumkin. Lekin oddiy char [-128;127] ichida bo'lsa, unsigned char [0;255] orasidagi qiymatlarni oladi, chunki biz ishorat biti ham qo'llamoqdamiz. Huddi shunday unsigned int da (4 baytli) qiymatlar [0;4 294 467 296] orasida yotadi. signed ni ishlatib esa biz ochiqchasiga butun sonimizning ishorati bo'lishi kerakligini bildiramiz. Normalda agar signed yoki unsigned qo'yilmasa, tipimizning ishorasi bo'ladi. long int bilan qo'llanilganda 16 bitli int 32 ga aylanadi. Bu agar mashina 16 bitli bo'lsa, mashina 32 bitli arhitekturaga ega bo'lsa, int ning kattaligi 4 bayligicha qolaveradi. long double tipi esa 10 bayt joy oladi. Short sifati int bilan qo'llanilganda 32 bit emas, 16 bit joy egallashga boshlaydi. Tezlikni oshirish maqsadida kam joy egallaydigan ma'lumot tiplarini qo'llash maqsadga muofiqdir. Agar tipning nomi yozilmagan bo'lsa, o'zgaruvchi int tipiga ega deb qabul qilinadi. Ma'lumot Sinonimlar Keng tarqalgan tiplarining nomlari harakteristikalari long double 10 bayt, /-3.4e-4932... /-3.4e4932 double 8 bayt, /-1.7e-308... /-1.7e308 float 4 bayt, /-3.4e-38... /-3.4e38 unsigned long int unsigned long long int long unsigned int unsigned int unsigned short int unsigned short short int short unsigned char short char char va int dan tashqari C da yana bir necha integral tiplar mavjud. Bulardan biri bool tipidir. bool tipi faqat ikki farqli qiymat olishi mumkin. Bittasi true (to'g'ri) ikkinchisi false (noto'g'ri). bool tipi mantiqiy arifmetika amallarini bajarganda juda qo'l keladi. bool tipi boshqa bir integral tipga asoslangan bo'lishiga qaramasdan (int yoki char), yuqoridagi ikki qiymatdan tashqari boshqa qiymat ololmaydi. bool tipi o'zgaruvchilari to'g'ri shaklda initsalizatsiya qilinmagan taqdirda, ularning qiymati hato ravishda na true va na false bo'lishi mumkin.Yana boshqa bir integral tip bu wchar_t dir (wide char type - keng simvol tipi). U ham ko'pincha boshqa bir butun son tipiga asoslanadi - bir baytdan kattaroq bo'lishi kerakligi uchun short int qo'llaniladi.wchar_t simvollar kodlanishida qo'llaniladi. Masalan C da UNICODE ni odatda wchar_t bilan kodlaymiz. Hozirda wchar_t ning kattaligi 16 bit, lekin yuqori kattaligi necha bit bo'lishi kerakligi standartda belgilanmagan. Butun sonlarni C da bir necha asosda berish mumkin. Hech qanday belgi qo'yilmasdan yozilgan son o'nlik asosda (decimal) deb qabul qilinadi. Sakkizli asosdagi (octal) sonni berish uchun sondan oldin 0o yoki 0O belgilarini qo'yish kerak.O'n oltilik sistemadagi (hexadecimal) sonlar oldiga 0x yoki 0X lar yoziladi. Sakkizli sistemada qo'llaniladin raqamlar to'plami 0,1,2,3,4,5,6 va 7 dir. O'n oltilik asosda 0 dan 9 gacha sonlar, 10 - a, 11 - b, 12 - c, 13 - d, 14 - e va 15 uchun f qo'llaniladi. Harflar katta bo'lishi ham mumkin. Harflarning registorining (katta-kichikligi) farqi yo'q. Misol beraylik: char d = 10, j = 0o11; // d 10 ga teng, j 9 ga teng. int f = 0X10; // f 16 ga teng Butun son va kasr son tiplaridan tashqari C da void (bo'sh, hech narsa) tipi ham mavjud. Bu tipning oladigan qiymatlari bo'sh to'plamga tengdir. Void tipidagi ma'lumot chala tugallangan hisoblanadi. Boshqa turdagi ma'lumotni void ga keltirish mumkindir. Bu tip bilan ishlashni dasturlarimizda ko'rib chiqamiz. MA'LUMOTLAR TIPINI KELTIRISH (DATA CASTING) Gohida bir turdagi o'zgaruvchining qiymatini boshqa tipdagi o'zgaruvchiga berish kerak bo'ladi. Bu amal ma'lumot tipini keltirish (data type casting) deyiladi. Ko'p hollarda bu amal avtomatik ravishda, kompilyator tarafidan bajariladi. Masalan ushbu parchani ko'raylik: char c = 33; int k; k = c; Bu yerda k ning sig'imi c nikidan kattaroqdir. Shuning uchun c ning qiymatini k ga berishda hech qanday muammo paydo bo'lmaydi. Quyidagi misolni ko'raylik: int i = 5; float f = 9.77; float result; result = f i; C ning kompilyatori ikki turdagi o'zgaruvchilar bilan ishlay olmaydi. Shu sababli ifodadagi sig'imi kichik bo'lgan o'zgaruvchilar ifodadagi qatnashgan eng katta sig'imga o'tqaziladi. Bu ham avtomatik tarzda bajariladi. i o'zgaruvchimiz qiymati vaqtinchalik float tipidagi o'zgaruvchiga beriladi. Bu vaqtinchalik o'zgaruvchi esa f ga qo'shiladi. Chiqqan javob result ga beriladi. Yuqorida ko'rib chiqqanlarimiz kompilyator tarafidan bajariladi. Bu kabi tip o'zgarishlarini avtomatik konversiya(implicit conversion) deymiz. Lekin gohida to'g'ri kelmaydigan tiplarni birga qo'llashga to'g'ri keladi. Masalan float tipiga double tipni o'tqazish, char ga int va hokazo. Bu hollarda ochiq konversiya (explicit conversion) amalini bajarishimiz kerak. Buni bajarishning ikki uslubi bor. Birinchisi C da qo'llaniladigan yo'l, ikkinchisi C uslubi. C da tipni keltirish uchun o'zgaruvchi oldiga kerakli tipni () qavslar ichida yozamiz. int k = 100; char s; s = (char)k; Yuqorida k ning qiymatini char tipidagi vaqtinchalik o'zgaruvchiga berildi, keyin s ga ushbu o'zgaruvchi qiymatini berildi.Bu yerda etibor berilishi kerak bo'lgan narsa shuki, 100 char ga ham to'g'ri keladi. Agar k ning qiymati char oladigan qiymattan kattaroq/kichikroq bo'ladigan bo'lsa, bu hato olib keladi. Shu sababli C dagi tip keltirish nisbatan havfli hisoblanadi. Lekin albatta bilib qo'llanilsa katta yordam beradi. C da ma'lumotlar tipini keltirish uchun mahsus operatorlar kiritildi. C uslubidagi keltirish hamma sharoitda qo'llanilar edi. C ning keltirish operatorlari esa faqat o'ziga ajratilgan funksiyalarni bajaradi. Undan tashqari ular C dagi keltirishlardan ko'ra kuchsizroqdir. Shu sababli hato ehtimoli kamaytirildi. Yana bir afzallik tarafi shundaki, yangi stildagi keltirish operatorlari tip tekshirishlarini bajarishadi, agar noto'g'ri keltirish bajarilsa, bu sintaktik hatoga olib keladi. Ular quyida berilgan: static_cast dynamic_cast const_cast reinterpret_cast static_cast ni ko'rib chiqaylik. int k = 200; char h; h = static_cast(k); static_cast dan keyin kerakli tip nomi <> qavslar ichida beriladi, va tipi o'zgarishi kerak bo'lgan o'zgaruvchi () qavslar ichida parametr sifatida beriladi. Static_cast kompilyatsiya davrida tip keltirishlarida qo'llaniladi.dynamic_cast esa dastur ishlash davrida tip keltirishlari uchun qo'llaniladi. const_cast esa o'zgaruvchilardan const (o'zgarmas) va volatile (o'zgaruvchan, uchuvchan) sifatlarini olib tashlashda qo'llaniladi. Odatda const o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirib bo'lmaydi. Ushbu holda const_castqo'llaniladi. reinterpret_cast odatiy bo'lmagan keltirishlarni bajarishda qo'llaniladi (masalan void* ni int ga). reinterpret_cast o'zgaruvchining bitlarini boshqa ma'noda qo'llashga imkon beredi. Bu operator bilib ishlatilinishi kerak. Ushbu operatorlar bilan keyinroq yanada yaqin tanishamiz. MATEMATIK KUTUBHONA FUNKSIYALARI Standart kutubhonaning matematik funksiyalari ko'pgina amallarni bajarishga imkon beradi. Biz bu kutubhona misolida funksiyalar bilan ishlashni ko'rib chiqamiz. Masalan bizning dasturimizda quyidagi satr bor bo'lsin: double = k; int m = 123; k = sin(m); kompilyator uchbu satrni ko'rganida,standart kutubhonadan sin funksiyasini chaqiradi. Kirish qiymati sifatida m ni berdik. Javob, yani funksiyadan qaytgan qiymat k ga berildi.Funksiya agumentlari o'zgarmas sonlar (konstanta) o'zgaruvchilar, ifodalar va boshqa mos keluvchi qiymat qaytaradigan funksiyalar bo'lishi mumkin. Masalan: int g = 49, k = 100; cout << "4900 ning ildizi -> "<< sqrt( g * k ); Ekranda: 4900 ning ildizi -> 70; Matematik funksiyalar aksariyat hollarda double tipidagi qiymat qaytarishadi.Kiruvchi argumentning tipi sifatida esa double ga keltirilishi mumkin bo'lgan tip beriladi. Bu funksiyalarni ishlatish uchun math.h (yangi ko'rinishda cmath)e'lon faylini include bilan asosiy dastur tanasiga kiritish kerak.Quyida matematik funksiya-lar kutubhonasining bazi bir a'zolarini beraylik. x va y o'zgaruvchilari double tipiga ega. Funksiya Aniqlanishi Misol ceil(x) x ni x dan katta yoki unga teng b-n ceil(12.6) = 13.0 eng kichik butun songacha yahlitlaydi ceil(-2.4) = -2.0 cos(x) x ning trigonometrik kosinusi (x radianda) cos(0.0) = 1.0 exp(x) e ning x chi darajasi (eskponetsial f-ya) exp(1.0) = 2.71828 exp(2.0) = 7.38906 fabs(x) x ning absolut qiymati x>0 => abs(x) = x x=0 => abs(x) = 0.0 x<0 => abs(x) = -x floor(x) x ni x dan kichik bo'lgan eng katta floor(4.8) = 4.0 butun songacha yahlitlaydi floor(-15.9) = -16.0 fmod(x,y) x/y ning qoldig'ini kasr son tipida beradi fmod(7.3,1.7) = 0.5 log(x) x ning natural lagorifmi (e asosiga ko'ra) log(2.718282) = 1.0 log10(x) x ning 10 asosiga ko'ra lagorifmi log10(1000.0) = 3.0 pow(x,y) x ning y chi darajasini beradi pow(3,4) = 81.0 pow(16,0.25) = 2 sin(x) x ning trigonometrik sinusi (x radianda) sin(0.0) = 0.0 sqrt(x) x ning kvadrat ildizi sqrt(625.0) = 25.0 tan(x) x ning trigonometrik tangensi (x radianda) tan(0.0) = 0 FUNKSIYALARNING TUZILISHI Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo'limadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Dastur yozilish davrida hatolarni topishni yengillashtiradi. Bir misolda funksiyaning asosiy qismlarini ko'rib chiqaylik. int foo(int k, int t) { int result; result = k * t; return (result); } Yuqoridagi foo funksiyamizning ismi, () qavslar ichidagi parametrlar – int tipidagi k va t lar kirish argument-laridir, ular faqat ushbu funksiya ichida ko'rinadi va qo'llaniladi. Bunday o'zgaruvchilar lokal(local-mahalliy) deyiladi. result foo() ning ichida e'lon qilinganligi uchun u ham lokaldir. Demak biz funksiya ichida o'zgaruvchilarni va klaslarni (class) e'lon qilishimiz mumkin ekan. Lekin funksiya ichida boshqa funksiyani e'lon qilib bo'lmaydi. foo() funksiyamiz qiymat ham qaytaradi. Qaytish qiymatining tipi foo() ning e'lonida eng boshida kelgan - int tipiga ega. Biz funksiyadan qaytarmoqchi bo'lgan qiymatning tipi ham funksiya e'lon qilgan qaytish qiymati tipiga mos kelishi kerak - ayni o'sha tipda bo'lishi yoki o'sha tipga keltirilishi mumkin bo'lgan tipga ega bo'lishi shart. Funksiyadan qiymatni return ifodasi bilan qaytaramiz. Agar funksiya hech narsa qaytarmasa e'londa void tipini yozamiz. Yani: void funk(){ int g = 10; cout << g; return; } Bu funksiya void (bo'sh, hech narsasiz) tipidagi qiymatni qaytaradi. Boshqacha qilib aytganda qaytargan qiymati bo'sh to'plamdir. Lekin funksiya hech narsa qaytarmaydi deya olmaymiz. Chunki hech narsa qaytarmaydigan mahsus funksiyalar ham bor. Ularning qaytish qiymati belgilana-digan joyga hech narsa yozilmaydi. Biz unday funksiyalarni keyinroq qo'rib chiqamiz. Bu yerda bir nuqta shuki, agar funksiya mahsus bo'lmasa, lekin oldida qaytish qiymati tipi ko'rsatilmagan bo'lsa, qaytish qiymati int tipiga ega deb qabul qilinadi. void qaytish tipli funksiyalardan chiqish uchun return; deb yozsak yetarlidir.Yoki return ni qoldirib ketsak ham bo'ladi. Funksiyaning qismlari bajaradan vazifasiga ko'ra turlicha nomlanadi. Yuqorida korib chiqqanimiz funksiya aniqlanishi (function definition) deyiladi, chunki biz bunda funksiyaning bajaradigan amallarini funksiya nomidan keyin,{} qavslar ichida aniqlab yozib chiqyapmiz. Funksiya aniqlanishida {} qavslardan oldin nuqta-vergul (;) qo'yish hatodir. Bundan tashqari funksiya e'loni, prototipi yoki deklaratsiyasi (function prototype) tushunchasi qo'llaniladi. Bunda funksiyaning nomidan keyin hamon nuqta-vergul qo'yiladi, funksiya tanasi esa berilmaydi. C da funksiya qo'llanilishidan oldin uning aniqlanishi yoki hech bo'lmaganda e'loni kompilyatorga uchragan bo'lishi kerak. Agar funksiya e'loni boshqa funksiyalar aniqlanishidan tashqarida berilgan bo'lsa, uning kuchi ushbu fayl ohirigacha boradi. Biror bir funksiya ichida berilgan bo'lsa kuchi faqat o'cha funksiya ichida tarqaladi. E'lon fayllarda aynan shu funksiya e'lonlari berilgan bo'ladi. Funksiya e'loni va funksiya aniqlanishi bir-biriga mos tushishi kerak. Funksiya e'loniga misol: double square(char, bool); float average(int a, int b, int c); Funksiya e'lonlarda kirish parametrlarining faqat tipi yozish kifoya, huddi square() funksiyasidek. Yoki kiruvchi parametrlarning nomi ham berilishi mumkin, bu nomlar kompilyator tarafidan etiborga olinmaydi, biroq dasturning o'qilishini ancha osonlashtiradi. Bulardan tashqari C da funksiya imzosi (function signature) tushunchasi bor. Funksiya imzosiga funksiya nomi, kiruvchi parametrlar tipi, soni, ketma-ketligi kiradi. Funksiyadan qaytuvchi qiymat tipi imzoga kirmaydi. int foo(); //No1 int foo(char, int); //No2 double foo(); //No3 - No1 funksiya bilan imzolari ayni. void foo(int, char); //No4 - No2 bilan imzolari farqli. char foo(char, int); //No5 - No2 bilan imzolari ayni. int foo(void); //No6 - No1 va No3 bilan imzolari ayni, // No1 bilan e'lonlari ham ayni. Yuqoridagi misolda kirish parametrlari bo'lmasa biz () qavsning ichiga void deb yozishimiz mumkin (No6 ga qarang). Yoki () qavslarning quruq o'zini yozaversak ham bo'ladi (No1 ga qarang). Yana bir tushuncha - funksiya chaqirig'idir. Dasturda funksiyani chaqirib,qo'llashimiz uchun uning chaqiriq ko'rinishini ishlatamiz. () qavslari funksiya chaqirig'ida qo'llaniladi. Agar funksiyaning kirish argumentlari bo'lmasa, () qavslar bo'sh holda qo'llaniladi. Aslida () qavslar C da operatorlardir. Funksiya kirish parametrlarini har birini ayri-ayri yozish kerak, masalan yuqoridagi float average(int a, int b, int c); funksiyasini float average(int a,b,c); // Hato! deb yozishimiz hatodir. Hali etib o'tganimizdek, funksiya kirish parametrlari ushbu funksiyaning lokal o'zgaruvchilaridir. Bu o'zgaruvchilarni funksiya tanasida boshqattan e'lon qilish sintaksis hatoga olib keladi. Bir dastur yozaylik. //Funksiya bilan ishlash # include int foo(int a, int b); //Funksiya prototipi, //argumentlar ismi shart emas. int main() { for (int k = 1; k <6; k ){ for (int l = 5; l>0; l--){ cout << foo(k,l) << " "; //Funksiya chaqirig'i. }//end for (l...) cout << endl; }//end for (k...) return (0); } //end main() //foo() funksiyasining aniqlanishi int foo(int c, int d) { //Funksiya tanasi return(c * d); } Ekranda: 5 4 3 2 1 10 8 6 4 2 15 12 9 6 3 20 16 12 8 4 25 20 15 10 5 Bizda ikki sikl ichida foo() funksiyamiz chaqirilmoqda. Funksiyaga k va l o'zgaruvchilarining nushalari uzatil-moqda. Nushalarning qiymati mos ravishda funksiyaning aniqlanishida berilgan c va d o'zgaruvchilarga berilmoqda. k va l ning nushalari deganimizda adashmadik, chunki ushbu o'zgaruvchilarining qiymatlari funksiya chaqirig'idan hech qanday ta'sir ko'rmaydi. C dagi funksiyalarning bir noqulay tarafi shundaki, funksiyadan faqat bitta qiymat qaytadi. Undan tashqari yuqorida ko'rganimizdek, funksiyaga berilgan o'zgaruvchilarning faqat nushalari bilan ish ko'rilarkan. Ularning qiymatini normal sharoitda funksiya ichida o'zgartirish mumkin emas. Lekin bu muammolar ko'rsatkichlar yordamida osonlikcha hal etiladi. Funksiya chaqiriqlarida avtomatik ma'lumot tipining konversiyasi bajariladi. Bu amal kompilyator tomonidan bajarilganligi sababli funksiyalarni chaqirganda ehtiyot bo'lish kerak. Javob hato ham bo'lishi mumkin. Shu sababli kirish parametrlar tipi sifatida katta hajmli tiplarni qo'llash maqsadga muofiq bo'ladi. Masalan double tipi har qanday sonli tipdagi qiymatni o'z ichiga olishi mumkin. Lekin bunday qiladigan bo'lsak, biz tezlikdan yutqazishimiz turgan gap. Avtomatik konversiyaga misol keltiraylik. int division(int m, int k){ return (m / k); } dasturda chaqirsak: ... float f = 14.7; double d = 3.6; int j = division(f,d); //f 14 bo'lib kiradi, d 3 bo'lib kiradi // 14/3 - butun sonli bo'lish esa 4 javobini beradi cout << j; ... Ekranda: 4 Demak kompilyator f va d o'zgaruvchilarining kasr qismlarini tashlab yuborar ekan. Qiymatlarni pastroq sig'imli tiplarga o'zgartirish hatoga olib keladi. E'LON FAYLLARI Standart kutubhona ichidagi funksiyalarni ishlatish uchun ularning prototiplari joylashgan e'lon fayllarini include preprosessor buyrug'i bilan dastur ichiga kirgazish kerak.Quyida biz ba'zi bir keng qo'llaniladigan e'lon fayllarini keltirib o'tamiz, ularning yangi va bor bo'lsa eski ismlarini beramiz. Quyida yangi bo'lgan atamalarni keyinchalik tushuntirib o'tamiz. Dastur ishlashini diagnostika qilish uchun kerakli makrolar va ma'lumotlarni e'lon qiladi. Yangi ismi . Simvollarni test qilishda va harflar registorini kattadan kichikka va teskarisiga o'zgartirishda qo'l-laniladigan funksiyalar e'lonlarini o'z ichiga oladi. Yangi ismi . Kasrli (haqiqiy) sonlarning sistemaga bog'liq limitlari aniqlangan. Yangi ismi . Butun sonlarning sistemaga bog'liq limitlari berilgan. Yangi ismi . Matematik funksiyalar kutubhonasini e'lon qiladi. Yangi ismi . Standart kirish/chiqish funksiyalarining e'lonlari berilgan. Yangi ismi . Sonlarni tekstga, tekstni songa aylantiruvchi funksiyalar, hotira bilan ishlaydigan funksiyalar, tasodifiy sonlar generatsiya qiluvchi funksiyalari va boshqa yordamchi funksiyalar e'lonlarini o'z ichiga oladi. Yangi ismi . C uslubida satrlar bilan ishlovchi funksiyalar e'loni berilgan. Yangi ismi . Vaqt va sana bilan ishlaydigan funksiylar e'lonlari berilgan. Yangi ismi . Standart kirish/chiqish oqimi bilan ishlovchi funksiyalar e'loni kiritilgan. Yangi ismi . Oqim manipulyatorlari berilgan. Yangi ismi . Diskda joylashgan fayllar bilan kirish/chiqish amallarini bajaruvchi funksiyalar ellonlari berilgan. Yangi ismi . Quyidagi e'lon fayllarining faqat bitta ismi bir. Boshqa kutubhonalar tomonidan qo'llaniladigan yordamchi funksiyalar va klaslarning e'lonlari kiritilgan , , , , , , , standart kutubhona konteyner klaslarining e'lonlarini o'z ichiga olganlar. Standart kutubhona algoritmlari tomonidan qo'llaniladigan klas va funksiyalarini e'lon qiladi. Standart kutubhona konteynerlari uchun hotira ajratishda qo'llaniladigan funksiya va klaslar e'lonlari berilgan. Konteynerlar ichidagi ma'lumotlar manipulyatsiyasida qo'llaniladigan iterator klaslari e'lonlari berilgan. Konteynerlardagi ma'lumitlarni qayta ishlashda qo'llaniladigan funksiya va klaslar e'lonlari berilgan. , Fafqulotda hodisalar mehanizmini bajaruvchi klaslar berilgan. Standart kutubhonaning string klasi e'loni berilgan. Hotiradagi satrlarga kirish/chiqishni bajaradi-gan funksiyalar prototipi berilgan. Mahalliy sharoitga moslashgan birliklar (pul, vaqt, sonlarning turli ko'rinishlari) bilan ishlaydigan funksiyalar e'lonlari berilgan. Hisoblash sistemalarida sonli ma'lumot tiplari-ning chegaralarini belgilashda ishlatiladigan klas e'lonlari berilgan. Ijro vaqtida tip identefikatsiyasi uchun qo'llaniladigan klaslar e'loni kiritilgan. Qo'llanuvchi yozgan e'lon fayllari .h bilan tugasa maqsadga muofiq bo'ladi. Bunday fayllar qo'shtirnoqlarga olingan holda dasturga kiritiladi, yani masalan: # include "mening_faylim.h" TASODIFIY QIYMATLARNI KELTIRIB CHIQARISH Kompyuter faning ko'p sohalarida tasodifiy qiymatlar bilan ishlash kerak bo'ladi. Masalan o'yin tuzganda, ma'lum bir tabiiy hodisani modellashtirganda va hokazo. Bunda dasturlash tasodifiy qiymatni olishga asoslangan. Va o'sha tasodifiy qiymatga bog'langan holda biror bir funksiya bajariladi yoki ifoda hisoblanadi. Tasodifiy qiymatni standart kutubhonaning rand() funksiyasi bilanolsa bo'ladi. rand() 0...RAND_NAX orasida yotgan butun son qiymatini qaytaradi. RAND_MAX da aniqlangan simvolik konstantadir. Uning kattaligi 32767 dan kichik bo'lmasligi kerak. rand() qaytaradigan qiymat aslini olganda psevdo-tasodifiydir. Yani dastur qayta-qayta ishlatilganda ayni qiymatlarni beraveradi. To'la tasodifiy qilish uchun dastur har gal ishlatilganda ma'lum bir o'zgaruvchan qiymatga asoslanib boshlanishi kerak.Buning uchun srand() funksiyasi qo'llaniladi. srand() dasturda faqat bir marta chaqirilsa yetarlidir. Dastur ishlash davomida esa ehtiyojga qarab, rand() chaqirilaveradi. Tasodifiy qiymatlar bilan ishlash uchun ni include bilan e'lon qilishimiz kerak. Yuqoridagi funksiyalarning prototiplarini berib o'taylik: void srand(unsigned int seed); int rand(); Biz har gal dastur ishlaganda srand() ga seed o'zgaruvchisini klaviaturadan kiritishimiz mumkin, yoki buni avtomatik tarzda bo'ladigan qilishimiz mumkin. Buning bir yo'li srand( time(NULL) ); deb yozishdir. Bunda kompyuter avtomatik ravishda o'z ichidagi soatning qiymatini time() funksiyasi yordamida o'qiydi va srand() ga parametr sifatida beradi. time() ni NULL yoki 0 argument bilan chaqirganimizda kompyuter soatining joriy vaqti sekundlar ko'rinishida qaytaradi. Vaqt bilan ishlash uchun ni e'lon qilish kerak bo'ladi. Nardaning 6 lik toshidek ishlaydigan dastur yozaylik. //rand()/srand() bilan ishlash. # include # include # include int main() { srand( time(NULL) ); int k; for (k = 1; k<11; k ){ cout << (1 rand() % 6) << ( (k % 5 == 0) ? endl : " " ); }//end for(k...) return (0); }//end main() Bu yerda amallar siklda bajarilmoqda. rand() % 6 ifodasi masshtablash (scaling) deyiladi. rand() dan qaytuvchi qiymat 0...RAND_MAX orasida bo'lishi mumkin, biz bu qiymatni 6 ga ko'ra modulini olsak, bizda javob sifatida faqat 0, 1, 2, 3, 4 va 5 qiymatlari bo'lishi mumkin. Keyin esa biz bu qiymatlarni siljitamiz, yani 1 raqamini qo'shamiz. Shunda javoblar bizga kerakli oraliqda yotgan bo'ladi. ?: shart operatori bilan biz har bir raqamdan keyin ekranga nima bosilib chiqishini hal qilyapmiz, bu yoki endl bo'ladi, yoki bo'shliq bo'ladi. Tasodifiy qiymatlar bilan biz keyingi dasturlarimizda hali yana ishlaymiz. C/C dagi enumeration (ketma-ketlik) tipini tanishtirib o'taylik. Enumeration butun sonli konstantalar yig'indi-sidir.Konstantalar qiymati agar boshlangich qiymat berilmagan bo'lsa, noldan boshlanadi va 1 ga oshib boraveradi, yoki biz qiymatlarni o'zimiz berishimiz mumkin. Masalan: enum MeningSinifim {AKMAL, TOHIR, NIGORA}; MeninigSinfim SinfA; SinfA = TOHIR; SinfA = AKMAL; Bu yerdagi MeningSinfim qo'llanuvchi tarafidan tuzilgan yangi tipdir.Keyin esa ushbu tipda bo'lgan SinfA o'zgaruv chisini e'lon qilamiz. Ushbu tipdagi o'zgaruvchi faqat uchta farqli qiymatni qabul qiladi. Bunda AKMAL 0 ga teng, TOHIR 1 ga va NIGORA 2 ga teng bo'ladi. Lekin biz enumeration tipida bo'lgan o'zgaruvchilarga faqat {} qavslar ichida berilgan simvolik ismlarni bera olamiz. Yani to'g'ridan-to'g'ri sonli qiymat bera olmaymiz. Boshqa bir ketma-ketlik: enum Oylar {YAN = 1, FEV, MAR, APR, MAY, IYUN, IYUL, AVG, SEN, OKT, NOY, DEK}; Bunda qiymatlar birdan boshlanadi va birga ortib boradi. Enumeration qiymatlari katta harflar bilan yozilsa, dastur ichida ajralib turadi. Va sonli konstantalardan ko'ra ishlash qulayroqdir. DASTUR BIRLIKLARINING SIFATLARI O'zgaruvchilarning kattaligi, ismi va turidan tashqari yana bir necha boshqa hossalari bor. Bulardan biri hotirada saqlanish tipidir. O'zgaruvchilar hotirada ikki uslubda saqlanishi mumkin. Birinchisi avtomatik, ikkinchisi statik yo'ldir. Avtomatik bo'lgan birlik u e'lon qilingan blok bajarilishi boshlanganda tuziladi, va ushbu blok tugaganda buziladi, u hotirada egallagan joy esa bo'shatiladi. Faqat o'zgaruvchilar avtomatik bolishi mumkin. Avtomatik sifatini berish uchun o'zgaruvchi boshiga auto yoki register so'zlari qo'yiladi. Aslida lokal o'zgaruvchilar oldiga hech narsa yozilmasa, ularga auto sifati beriladi. Dastur ijro etilganda o'zgaruvchilar markaziy prosessor registrlariga yuklanib shlov ko'radilar. Keyin esa yana hotiraga qaytariladilar. Agar register sifatini qo'llasak, biz kompyuterga ushbu o'zgaruvchini ishlov ko'rish payti davomida registrlarning birida saqlashni tavsiya etgan bo'lamiz. Bunda hotiraga va hotiradan yuklashga vaqt ketmaydi. Albatta bu juda katta vaqt yutug'i bermasligi mumkin, lekin agar sikl ichida ishlatilsa, yutuq sezilarli darajada bo'lishi mumkin. Shuni etish kerakki, hozirgi kundagi kompilyatorlar bunday ko'p ishlatiladigan o'zgaruvchilarni ajrata olishdi va o'zlari ular bilan ishlashni optimizatsiya qilishadi. Shu sababli o'zgaruvchini register deb e'lon qilish shart bo'lmay qoldi. Hotirada boshqa tur saqlanish yo'li bu statik saqlanishdir. Statik sifatini o'zgaruvchi va funksiyalar olishlari mumkin. Bunday birliklar dastur boshlanish nuqtasida hotirada quriladilar va dastur tugashiga qadar saqlanib turadilar. O'zgaruvchi va funksiyalarni statik qilib e'lon qilish uchun static yoki extern (tashqi) ifodalari e'lon boshiga qo'yiladi. Statik o'zgaruvchilar dastur boshida hotirada quriladilar va initsalizatsiya qilinadilar. Fuksiyalarning ismi esa dastur boshidan bor bo'ladi. Lekin statik birliklar dastur boshidan mavjud bo'lishi, ularni dasturning istalgan nuqtasida turib qo'llasa bo'ladi degan gap emas. Hotirada saqlanish uslubi bilan qo'llanilish sohasi tushunchalari farqli narsalardir. O'zgaruvchi mavjud bo'lishi mumkin, biroq ijro ko'rayatgan blok ichida ko'rinmasligi mumkin. Dasturda ikki hil statik birliklar bor. Birinchi hili bu tashqi identefikatorlardir. Bular global sohada aniqlangan o'zgaruvchi va funksiyalardir. Ikkinchi tur statik birliklar esa static ifodasi bilan e'lon qilingan lokal o'zgaruvchilardir. Global o'zgaruvchi va funksiyalar oldida extern deb yozilmasa ham ular extern sifatiga ega bo'ladilar. Global o'zgaruvchilar ularning e'lonlarini funksiyalar tashqarisida yozish bilan olinadi. Bunday o'zgaruvchi va funksiyalar o'zlaridan faylda keyin keluvchi har qanday funksiya tomonidan qo'llanilishi mumkin. Global o'zgaruvchilarni ehtiyotorlik bilan ishlatish kerak. Bunday o'zgaruvchilarni harqanday funksiya o'zgartirish imkoniga ega. O'zgaruvchiga aloqasi yo'q funksiya uning qiymatini bilib-bilmasdan o'zgartirsa, dastur mantig'i buzilishi mumkin. Shu sababli global sohada iloji boricha kamroq o'zgaruvchi aniqlanishi lozim. Faqat bir joyda ishlatilinadigan o'zgaruvchilar o'sha blok ichida aniqlanishi kerak. Ularni global qilish noto'g'ridir. Lokal o'zgaruvchilarni, yani funksiya ichida e'lon qilingan o'zgaruvchilarni static so'zi bilan e'lon qilish mumkin. Bunda ular ikkinchi hil static birliklarni tashkil qilishgan bo'lishadi. Albatta ular faqat o'sha funksiya ichida qo'llanishlari mumkin. Ammo funksiya bajarilib tugaganidan so'ng static o'zgaruvchilar o'z qiymatlarini saqlab qoladilar va keyingi funksiya chaqirig'ida saqlanib qolingan qiymatni yana ishlatishlari yoki o'zgartirishlari mumkin. Statik o'zgaruvchilar e'lon paytida initsalizatsiya qilinadilar. Agar ularga e'lon paytida ochiqchasiga qiymat berilmagan bo'lsa, ular nolga tenglashtiriladi. static double d = 0.7; // ochiqchasiga qiymat berish, static int k; // qiymati nol bo'ladi. Agar static yoki extern ifodalari global identefikatorlar bilan qo'llanilsa, ushbu identefikatorlar mahsus ma'noga egadirlar. Biz u hollarni keyin ko'rib o'tamiz. QO'LLANILISH SOHASI (SCOPE RULES) O'zgaruvchi dasturning faqat ma'lum sohasida ma'moga egadir. Yani faqat biror bir blok, yoki bu blok ichida joylashgan bloklar ichida qo'llanilishi mumkin. Bunday blokni soha (qo'llanilish sohasi - scope) deb ataylik. Identefikator (oz'garuvchi yoki funksiya ismi) besh hil sohada aniqlanishi mumkin. Bular funksiya sohasi, fayl sohasi, blok sohasi, funksiya prototipi sohasi va klas sohasi. Agar identefikator e'loni hech bir funksiya ichida joylashmagan bo'lsa, u fayl sohasiga egadir. Ushbu identefikator e'lon nuqtasidan to fayl ohirigacha ko'rinadi. Global o'zgaruvchilar, funksiya prototiplari va aniqlanishlari shunday sohaga egadirlar. Etiketlar (label), yani identefikatorlardan keyin ikki nuqta (:) keluvchi ismlar, masalan: chiqish: mahsus ismlardir. Ular dastur nuqtasini belgilab turadilar. Dasturning boshqa yeridan esa ushbu nuqtaga sakrashni (jump) bajarish mumkin. Va faqat etiketlar funksiya sohasiga egadirlar. Etiketlarga ular e'lon qilingan funksiyaning istalgan joyidan murojaat qilish mumkin. Lekin funksiya tashqarisidan ularga ishora qilish ta'qiqlanadi. Shu sababli ularning qo'llanilish sohasi funksiyadir. Etiketlar switch va goto ifodalarida ishlatilinadi. Goto qo'llanilgan bir blokni misol qilaylik. int factorial(int k) { if (k<2) goto end; else return ( k*factorial(k-1) ); end: return (1); } Bu funksiya sonning faktorialini hisoblaydi. Bunda 0 va 1 sonlari uchun faktorial 1 ga teng, 1 dan katta x soni uchun esa x! = x*(x-1)*(x-2)...2*1 formulasi bo'yicha hisoblanadi. Yuqoridagi funksiya rekursiya metodini ishlatmoqda, yani o'zini-o'zini chaqirmoqda. Bu usul dasturlashda keng qo'llaniladi. Funksiyamiz ichida bitta dona etiket - end: qollanilmoqda. Etiketlarni qo'llash strukturali dasturlashga to'g'ri kelmaydi, shu sababli ularni ishlatmaslikga harakat qilish kerak. Blok ichida e'lon qilingan identefikator blok sohasiga egadir. Bu soha o'zgaruvchi e'lonidan boshlanadi va } qavsda (blokni yopuvchi qavs) tugaydi. Funksiyaning lokal o'zgaruvchilari hamda funksiyaning kiruvchi parametrlari blok sohasiga egadirlar. Bunda parametrlar ham funksiyaning local o'zgaruvchilari qatoriga kiradilar. Bloklar bir-birining ichida joylashgan bo'lishi mumkin. Agar tashqi blokda ham, ichki blokda ham ayni ismli identefikator mavjud bo'lsa, dastur isjrosi ichki blokda sodir bo'layatgan bir vaqtda ichki identefikator tashqi blokdagi identefikatorni to'sib turadi. Yani ichki blokda tashqi blok identefikatorining ismi ko'rinmaydi. Bunda ichki blok faqat o'zining o'zgaruvchisi bilan ish yuritishi mumkin. Ayni ismli tashqi blok identefikatorini ko'rmaydi. Lokal o'zgaruvchilar static deya belgilanishlariga qaramay, faqat aniqlangan bloklaridagina qo'llanila oladilar. Ular dasturning butun hayoti davomida mavjud bo'lishlari ularning qo'llanilish sohalariga ta'sir ko'rsatmaydi. Funksiya prototipi sohasiga ega o'zgaruvchilar funksiya e'lonida berilgan identefikatorlardir. Aytib o'tkanimizdek, funksiya prototipida faqat o'zgaruvchi tipini bersak yetarlidir. identefikator ismi berilsa, ushbu ism kompilyator tomonidan hisobga olinmaydi. Bu ismlarni dasturning boshqa yerida hech bir qiyinchiliksiz qo'llash mumkin. Kompilyator hato bermaydi. Klas sohasiga ega ismlar klas nomli bloklarda aniqlanadilar. Bizlar klaslarni keyinroq o'tamiz. Hozir soha va hotirada saqlanish tipi mavzusida bir misol keltiraylik. //Qo'llanilish sohasi, static va auto //o'zgaruvchilarga misollar. # include long r = 100; //global o'zgaruvchi, //funksiyalar tashqarisida aniqlangan void staticLocal(); //funksiya prototipi yoki e'loni void globalAuto(int k /* k funksiya prototipi sohasiga ega */); //f-ya e'loni int main () { staticLocal(); staticLocal(); int m = 6; globalAuto(m); ::r = ::r 30; cout "main da global long r: "; cout << ::r << endl; //global long r to'liq aniqlangan //ismi o'rqali qo'llanilmoqda m ;//m = 7 globalAuto(m); int r = 10; //tashqi sohadagi main ga nisbatan lokal o'zgaruvchi; //long r ni to'sadi cout << "tashqi sohadagi lokal r: " << r << endl; { //ichki blok short r = 3; //ichki sohadagi lokal o'zgaruvchi; //int r ni to'sadi cout << "ichki sohadagi lokal r: " << r << endl; } cout << "tashqi sohadagi lokal r: " << r << endl; return (0); } void staticLocal() { static int s = 0; //statik o'zgaruvchi cout << "staticLocal da: " << s << endl; s ; //s = 1; } void globalAuto(int i) { int g = 333; //avtomatik o'zgaruvchi cout << "globalAuto da: " << i << " "; cout << g << " "; g ; cout << r << endl; //global long r ekranga bosiladi } Ekranda: staticLocal da: 0 staticLocal da: 1 globalAuto da: 6 333 100 main da global long r: 130 globalAuto da: 7 333 130 tashqi sohadagi lokal r: 10 ichki sohadagi lokal r: 3 tashqi sohadagi lokal r: 10 ARGUMENT OLMAYDIGAN FUNKSIYALAR Agar funksiya prototipida () qavslar ichiga void deb yozilsa, yoki hech narsa yozilmasa, ushbu funksiya kirish argument olmaydi. Bu qonun C da o'rinlidir. Lekin C da bo'sh argument belgisi, yani () qavslar boshqa ma'no beradi. Bu e'lon funksiya istalgancha argument olishi mumkin deganidir. Shu sababli C da yozilgan eski dasturlar C kompilyatorlarida hato berishlari mumkindir. Bundan tashqari funksiya prototipi ahamiyati haqida yozib o'taylik. Iloji boricha har doim funksiya prototiplarini berib o'tish kerak, bu modulli dasturlashning asosidir. Prototip va e'lonlar alohida e'lon fayllar ichida berilishi mumkin. Funksiya yoki klas o'zgartirilganda e'lon fayllari o'zgarishsiz qoladi. Faqat funksiya aniqlangan fayllar ichiga o'zgartirishlar kiritiladi. Bu esa juda qulaydir. inline SIFATLI FUNKSIYALAR Funksiyalar dastur yozishda katta qulayliklar beradilar. Lekin mashina saviyasida funksiyani har gal chaqirtirish qo'shimcha ish bajarilishiga olib keladi. Registrlardagi o'zgaruvchilar o'zgartiriladi, lokal yozgaruvchilar quriladi, parametr sifatida berilgan argumentlar funksiya stekiga o'ziladi. Bu, albatta, qo'shimcha vaqt oladi. Umuman aytganda, hech funksiyasiz yozilgan dastur, yani hamma amallari faqat main() funksiyasi ichida bajariladigan monolit programma, bir necha funksiyalarga ega, ayni ishni bajaradigan dasturdan tezroq ishlaydi. Funksiyalarning bu noqulayligini tuzatish uchun inline (satr ichida) ifodasi funksiya e'loni bilan birga qo'llaniladi. inline sifatli funksiyalar tanasi dasturdagi ushbu funksiya chaqirig'i uchragan joyga qo'yiladi. inline deb ayniqsa kichik funksiyalarni belgilash effektivdir. inline ning o'ziga yarasha kamchiligi ham bor, inline qo'llanilganda dastur hajmi oshdi. Agar funksiya katta bo'lsa va dastur ichida ko'p marotaba chaqirilsa, programma hajmi juda kattalashib ketishi mumkin. Oddiy, inline sifati qo'llanilmagan funksiyalar chaqirilish mehanizmi quyidagicha bo'ladi. Dastur kodining ma'lum bir yerida funksiya tanasi bir marotaba aniqlangan bo'ladi. Funksiya chaqirig'i uchragan yerda funksiya joylashgan yerga ko'rsatkich qo'yiladi. Demak, funksiya chaqirig'ida dastur funksiyaga sakrashni bajaradi. Funksiya o'z ishini bajarib bo'lgandan keyin dastur ishlashi yana sakrash joyiga qaytadi. Bu dastur hajmini ihchamlikda saqlaydi, lekin funksiya chaqiriqlari vaqt oladi. Kompilyator inline ifodasini inobatga olmasligi mumkin, yani funksiya oddiy holda kompilyatsiya qilinishi mumkin. Va ko'pincha shunday bo'ladi ham. Amalda faqat juda kichik funksiyalar inline deya kompilyatsiya qilinadi. inline sifatli funksiyalarga o'zgartirishlar kiritilganda ularni ishlatgan boshqa dastur bloklari ham qaytadan kompilyatsiya qilinishi kerak. Agar katta proyektlar ustida ish bajarilayatgan bo'lsa, bu ko'p vaqt olishi mumkin. inline funksiyalar C da qo'llanilgan # define makrolari o'rnida qo'llanilish uchun mo'ljallangan. Makrolar emas, balki inline funksiyalar qo'llanilishi dastur yozilishini tartibga soladi. Makro funksiyalarni keyinroq o'tamiz. //inline ifodasining qo'llanilishi # include inline int sum(int a, int b);//funksiya prototipi int main() { int j = -356, i = 490; cout << "j i = " << sum(j,i) < int qiymat_10(int); //e'lon int korsatkich_10(int &); //e'lon int f, g; int main(){ f = g = 7; cout << f << endl; cout << qiymat_10(f) << endl; cout << f << endl << endl; cout << g << endl; cout << korsatkich_10(g) << endl; //chaqiriq ko'rinishi o'zgarmaydi cout << g << endl; return (0); } int qiymat_10(int k){ return ( k * 10 ); } int korsatkich_10(int &t){ return ( t * 100 ); } Ekranda: 7 70 7 7 700 700 Bu yerda g o'zgaruvchimiz korsatkich_10(int &) funksiyamizga kirib chiqqandan so'ng qiymati o'zgardi. Ko'rsatkich bo'yicha chaqiriqda kirish argumentlaridan nusha olinmaydi, shu sababli funksiya chaqirig'i ham juda tez bajariladi. &-ko'rsatkichlarni huddi oddiy o'zgaruvchilarning ikkinchi ismi deb qarashimiz mumkin. Ularning birinchi qo'llanilish yo'lini - funksiya kirish parametrida ishlatilishini ko'rib chiqdik. &-ko'rsatkichni blok ichida ham ko'llasak bo'ladi. Bunda bir muhim marsani unutmaslik kerakki &-ko'rsatkich e'lon vaqtida initsalizatsiya qilinishi kerak, yani ayni tipda bo'lgan boshqa bir oddiy o'zgaruvchi unga tenglashtirilishi kerak. Buni va boshqa tushunchalarni misolda ko'rib chiqaylik. //const ifodasi bilan tanishish; //&-ko'rsatkichlarning ikkinchi qo'llanilish usuli # include void printInt(const int &); //funksiya prototipi double d = 3.999; int j = 10; int main() { double &rd = d; //d ga rd nomli &-ko'rsatkich const int &crj = j; //const ko'rsatkich const short int k = 3; //const o'zgaruvchi - konstanta cout << rd << endl; printInt(j); printInt(crj); return (0); } void printInt(const int &i) //...int& i... deb yozish ham mumkin; { //kirish argumenti const dir cout << i << endl; return; } Ekranda: 3.999 10 Ko'rganimizdek, rd ko'rsatkichimiz d o'zgaruvchi qiymatini ekranga bosib chiqarish imkonini beradi. Ko'rsatkich o'rqali o'zgaruchining qiymatini ham o'zgartirsa bo'ladi. &-ko'rsatkichning asosiy hususiyati shundaki mahsus sintaksis - & belgisining qo'yilishi faqat ko'rsatkich e'lonida qo'llaniladi halos. Dastur davomida esa oddiy o'zgaruvchi kabi ishlov ko'raveradi. Bu juda qulaydir, albatta. Lekin ko'rsatkich ishlatilganda ehtiyot bo'lish kerak, chunki, masalan, funksiya tanasi ichida argumentning nushasi bilan emas, uning o'zi bilan ish bajarilayatganligi esdan chiqishi mumkin. const (o'zgarmas) ifodasiga kelaylik. Umuman olganda bu nisbatan yangi ifodadir. Masalan C da ishlagan dasturchilar uni ishlatishmaydi ham. const ni qo'llashdan maqsad, ma'lum bir identefikatorni o'zgarmas holga keltirishdir. Masalan, o'zgaruvchi yoki argument const bilan sifatlantirilsa, ularning qiymatini o'zgartirish mumkin emas. Lekin boshqa amallarni bajarish mumkin. Ularni ekranga chiqarish, qiymatlarini boshqa o'zgaruvchiga berish ta'qiqlanmaydi. const ifodasisiz ham dasturlash mumkin, ammo const yordamida tartibli, chiroyli va eng muhimi kam hatoli dasturlashni amalga oshirsa bo'ladi. const ning ta'siri shundaki, const qilingan o'zgaruvchilar kerakmas joyda o'zgarolmaydilar. Agar funksiya argumenti const deb belgilangan bo'lsa, ushbu argumentni funksiya tanasida o'zgartirilishga harakat qilinsa, kompilyator hato beradi. Bu esa o'zgaruvchining himoyasini oshirgan bo'ladi. const ning qo'llanilish shakli ko'pdir. Shulardan asosiylarini ko'rib chiqsak. Yuqoridagi misoldagi const int &crj = j; amali bilan biz &-ko'rsatkichni e'lon va initsalizatsiya qildik. Ammo crj ko'rsatkichimiz const qilib belgilandan, bu degani crj ko'rsatkichi orqali j o'zgaruvchisining qiymatini o'zgartira olmaymiz. Agar const ifodasi qo'llanilmaganda edi, masalan yuqoridagi double &rd = d; ifodadagi rd ko'rsatkichi yordamida d ning qiymatini qiyinchiliksiz o'zgartirishimiz mumkin. d ning qiymatini 1 ga oshirish uchun d ; yoki rd ; deb yozishimiz kifoyadir. Yana bir marta qaytarib o'taylikki, &-ko'rsatkichlar e'lon vaqtida initsalizatsiya qilinishi shartdir. Yani quyidagi ko'rinishdagi bir misol hatodir: int h = 4; int &k; // hato! k = h; // bu ikki satr birga qo'shilib yoziladi: int &k = h; Ba'zi bir dasturchilar &-ko'rsatkich e'londa & belgisini o'zgaruvchi tipi bilan birga yozadilar. Bunining sababi shuki, & belgisining C/C dagi ikkinchi vazifasi o'zgaruvchi yoki ob'ektning adresini qaytarishdir. Unda & ni o'zgaruvchiga yopishtirib yozish shartdir. Demak, & tipga yopishtirib yozish & ning qo'llanishlarini bir-biridan farqlab turadi. Lekin & ni ko'rsatkich e'lonida qo'llaganda, uning qanday yozilishining ahamiyati yo'q. Adres olish amalini biz keyinroq ko'rib chiqamiz. ... int H = 4; int F; int &k = H; int& d = F; // yuqoridagi e'lon bilan aynidir void foo(long &l); void hoo(double& f); // yuqoridagi protopip bilan aynidir ... Bir necha ko'rsatkichni e'lon qilish uchun: int a, b , c; int &t = a, &u = b, &s = c; Bu yerda & operatori har bir o'zgaruvchi oldida yozilishi shart. &-ko'rsatkich ko'rsatayotdan hotira sohasining adresini o'zgartirib bo'lmaydi. Masalan: int K = 6; int &rK = K; K ning hotiradagi adresi 34AD3 bolsin, rK ko'rsatkichning adresi esa 85AB4. K ning qiymati 6, rK ning qiymati ham 6 bo'ladi. Biz rK ga qaytadan boshqa o'zgaruvchini tenglashtirsak, rK yangi o'zgaruvchiga ko'rsatmaydi, balki yangi o'zgaruvchining qiymatini K ning adresiga yozib qo'yadi. Masalan yangi o'zgaruvchi N bo'lsin, uning adresi 456F2, qiymati esa 3 bo'lsin. Agar biz rK = N; desak, rK N ga ko'rsatmaydi, balki K ning adresi - 34AD3 bo'yicha N ning qiymatini - 3 ni yozadi. Yani K ning qiymati 6 dan 3 ga o'zgaradi. Yuqoridagi dasturda: const short int k = 3; deb yozdik. Bu const ning ikkinchi usulda qo'llanilishidir. Agar o'zgaruvchi tipi oldidan const qo'llanilsa, o'zgaruvchi konstantaga aylanadi, dastur davomida biz uning qiymatini o'zgartira olmaymiz. Bu usul bilan biz Pascaldagi kabi konstantalarni e'lon qilishimiz mumkin. Bu yerda bitta shart bor, const bilan sifatlantirilgan o'zgaruvchilar e'lon davrida initsalizatsiya qilinishlari shart. Umuman olganda bu qonun const ning boshqa joylarda qo'llanilganida ham o'z kuchini saqlaydi. Albatta, faqat funksiya argumentlari bilan qo'llanilganda bu qonun ishlamaydi. C/C da yana # define ifodasi yordamida ham simvolik konstantalarni e'lon qilish mumkin. Ushbu usulni keyin ko'rib chiqamiz. Undan tashqari enum strukturalari ham sonli kostantalarni belgilaydi. Dasturimizda printInt() funksiyamizga kiradigan int& tipidagi argumentimizni const deya belgiladik. Buning ma'nosi shuki, funksiya ichida ushbu argument o'zgartirilishga harakat qilinsa, kompilyator hato beradi. Yani funksiya const bo'lib kirgan argumentlarni (hoh ular o'zgaruvchi nushalari bo'lsin, hoh o'zgaruvchilarga ko'rsatkich yoki pointer bo'lsin) qiymatlarini o'zgartira olmaydilar. Funksiya faqat bitta qiymat qaytaradi dedik. Bu qaytgan qiymatni biz o'zgaruvchiga berishimiz mumkin. Agar bittadan ko'proq o'zgaruvchini o'zgartirmoqchi bo'lsak, o'zgaradigan ob'ektlarni ko'rsatkich yoki pointer sifatida kiruvchi argument qilib funksiyaga berishimiz mumkin. Bundan tashqari biz funksiyadan &-ko'rsatkichni qaytarishimiz mumkin. Lekin bu yersa ehtiyot bo'lish zarur, ko'rsatkich funksiya ichidagi static o'zgaruvchiga ko'rsatib turishi lozim. Chunki oddiy o'zgaruvchilar avtomatik ravishda funksiya tugaganida hotiradan olib tashlanadi. Buni misolda ko'raylik. ... int& square(int k){ static int s = 0; //s static sifatiga ega bo'lishi shart; int& rs = s; s = k * k; return (rs); } ... int g = 4; int j = square(g); // j = 16 ... FUNKSIYA ARGUMENTLARNING BERILGAN QIYMATLARI Ba'zi bir funksiyalar ko'pincha bir hil qiymatli argumentlar bilan chaqirilishi mumkin. Bu holda, agar biz funksiya argumentlariga ushbu ko'p qo'llaniladigan qiymatlarni bersak, funksiya argumentsiz chaqirilganda bu qiymatlar kompilyator tomonidan chaqiriqqa kiritiladi. Berilgan qiymatlar funksiya prototipida berilsa kifoyadir. Berilgan qiymatli argumentlar parametrlar ro'hatida eng o'ng tomonda yozilishi kerak. Buning sababi shuki, agar argument qiymati tashlanib o'tilgan bo'lsa, va u o'ng tomonda joylashmagan bo'lsa, biz bo'sh vergullani qo'yishimizga to'g'ri keladi, bu esa mumkin emas. Agar bir necha berilgan qiymatli argumentlar bor bo'lsa, va eng o'ngda joylashmagan argument tushurilib qoldirilsa, undan keyingi argumentlar ham yozilmasligi kerak. Bir misol keltiraylik. //Berilgan qiymatli parametrlar bilan ishlash # include int square(int = 1, int = 1); // ...(int a=1, int b=1)... // yuqoridagi kabi o'zgaruvchilar otini ham // berishimiz mumkin int main() { int s = 3, t = 7; cout << "Paremetrsiz: " << square()<< endl; cout << "Bitta parametr (ikkinchisi) bilan:" << square(t) << endl; cout << "Ikkita parametr bilan:" << square(s,t) << endl; return (0); } int square(int k, int g){ return ( k * g ); } Ekranda: Parametrsiz: 1 Bitta parametr (ikkinchisi) bilan: 7 Ikkita parametr bilan: 21 FUNKSIYA ISMI YUKLANISHI Bir hil ismli bir necha funksiya e'lon qilinishi mumkin. Bu C dagi juda kuchli tushunchalardandir. Yuklatilgan funksiyalarning faqat kirish parametrlari farqli bo'lishi yetarlidir. Qaytish parametri yuklatilishda ahamiyati yo'qdir. Yuklangan funksiyalar chaqirilganda, qaysi funksiyani chaqirish kirish parametrlarining soniga, ularning tipiga va navbatiga bog'liqdir. Yani ism yuklanishida funksiyaning imzosi rol o'ynidi. Agar kirish parametrlari va ismlari ayni funksiyalarning farqi faqat ularning qaytish qiymatlarida bo'lsa, bu yuklanish bo'lmaydi, kompilyator buni hato deb e'lon qiladi. Funksiya yuklanishi asosan ayni ishni yoki amalni farqli usul bilan farqli ma'lumot tiplari ustida bajarish uchun qo'llaniladi. Masalan bir fazoviy jismning hajmini hisoblash kerak bo'lsin. Har bir jismning hajmi farqli formula yordamida, yani farqli usulda topiladi, bir jismda radius tushunchasi bor bo'lsa, boshqasida asos yoki tomon tushunchasi bor bo'ladi, bu esa farqli ma'lumot tiplariga kiradi. Lekin amal ayni - hajmni hisoblash. Demak, biz funksiya yuklanishi mehanizmini qo'llasak bo'ladi. Bir hil amalni bajaruvchi funksiyalarni ayni nom bilan atashimiz esa, dasturni o'qib tushunishni osonlashtiradi. Kompilaytor biz bergan funksiya imzosidan (imzoga funksiya ismi va kirish parametrlari kiradi, funksiyaning qaytish qiymati esa imzoga kirmaydi) yagona ism tuzadi, dastur ijrosi davruda esa funksiya chaqirig'idagi argumentlarga qarab, kerakli funksiyani chaqiradi. Yangi ismni tuzish operatsiyasi ismlar dekoratsiyasi deb ataladi. Bu tushunchalarni misolda ko'rib chiqaylik. // Yuklatilgan funksiyalarni qo'llash # include # include // Yangi ismlar sohasini aniqladik namespace mathematics { const double Pi = 3.14159265358979; double hajm(double radius); // sharning hajmi uchun - 4/3 * Pi * r^3 double hajm(double a, double b, double s) // kubning hajmi uchun - abc } using namespace mathematics; int main() { double d = 5.99; // sharning radiusi int x = 7, y = 18, z = 43; cout << "Sharninig hajmi: " << hajm(d) << endl; cout << "Kubning hajmi: " << hajm(x,y,z) << endl; return (0); } double mathematics::hajm(double radius) { return ( (Pi * pow(radius,3) * 4.0) / 3.0 ); } double mathematics::hajm(double a, double b, double c) { return ( a * b * c ); } Ekranda: Sharning hajmi: 900.2623 Kubning hajmi: 5418 Yuqoridagi dasturda yangi ismlar sohasini aniqladik, unda Pi konstantasini e'lon qildik. shaqning hajmini hisoblashda standart kutubhonadagi pow() funksiyasini ishlatdik, shu sababli e'lon faylini # include ifodasi bilan kiritdik. Ismlar sohasida joylashgan funksiyalarni aniqlash uchun, yani ularning tanasini yozish uchun biz ilarning to'liq ismini berishimiz kerak. Albatta, agar funksiya ismlar sohasining ichida aniqlangan bo'lsa, tashqarida boshqattan yozib o'tirishning hojati yo'q. hajm() funksiyalarining to'liq ismi mathematics::hajm(...) dir. :: operatori sohalarni bog'lovchi operatordir. Yangi ismlar sohasini faqatgina misol tariqasida berdik, uni funksiya yuklanishlari bilan hech qanday aloqasi yo'qdir. Funksiya ismlari yuklanishi, ko'rib turganimizdek, juda qulay narsadir. Funksiya yuklanishini qo'llaganimizda, funksiyalar argumentlarining berilgan qiymatlarini ehtiyotkorlik bilan qo'llashimiz lozim. Masalan bizda ikkita funksiyamiz bor bo'lsin. foo(int k = 0); // berilgan qiymati 0 foo(); Bu ikki funksiya yuklatilgan. Lekin agar biz birinchi funksiyani dasturda argumentsiz chaqirsak, kompilyator qaysi funksiyani chaqirishni bilmaydi, va shu sababli hato beradi. Biroq bu deganimiz funksiya yuklanishi bilan berilgan qiymatlar qo'llanilishi mumkin emas deganimiz emas, eng muhimi funksiya chaqirig'ini ikki hil tushunish bo'lmasligi kerak. FUNKSIYA SHABLONLARI Funksiya shablonlari (function templates) ham funksiya yuklanishiga o'hshash tushunchadir. Bunda eng asosiy farq funksiya shablonlarida amal ham bir hil yo'l bilan bajariladi. Masalan bir necha sonlar ichidan eng kattasini topish kerak bo'lsin. Sonlar to'plami faqat tipi bilan farqlanadi, int, double yoki float. Ishlash algoritmi esa aynidir. Bu holda biz funksiyalarni yuklab o'tirmasdan, shablon yozib qo'ya qolamiz. Funkisya shabloni yoki yuklanishisiz ham bu masalani yechish mumkinku degan savol paydo bo'ladi. Masalan, agar biz kiradigan parametrlarning hammasini long double qilsak, istalgan sonli tipdagi argumentni bera olamiz, chunki kompilyator o'zi avtomatik ravishda kirish tiplarini long double ga o'zgartiradi. Lekin, agar biz bunday funksiya yozadigan bo'lsak, hotiradan va tezlikdan yutqizamiz. Dasturimizda faqat char tipidagi, bir baytli qiymatlar bilan ishlashimiz mumkin. long double esa 10 bayt, va eng katta sonni aniqlash uchun sonlarni solishtirganimizda, long double qiymatlarni solishtirish char tipidagi qiymatlarni solishtirishdan ko'ra ancha ko'p vaqt oladi. Qolaversa, har doim ham kompilyator tiplarni biridan ikkinchasiga to'g'ri keltira oladi. Shablonlarning strukturasi bilan tanishaylik. Bizning funksiya ikkita kirish argumentini bir biriga qo'shsin, va javobni qaytarsin. template T summa(T a, T b) { return ( a b); } Shablon funksiya e'loni va aniqlanishidan oldin template <> ifodasi yoziladi, <> qavslardan keyin nuqta-vergul (;) qo'yilmaydi. <> qavslar ichida funksiya kirish parametrlari, chiqish qiymati va lokal o'zgaruvchilar tiplari beriladi. Ushbu formal tiplarning har birining oldida class yoki typename (tip ismi) so'zi qo'yilish kerak. Yuqoridagi misolda T ning o'rniga istalgan boshqa identefikator qo'yish mumkin. Misollar beraylik. template javob hajmKub(uzunlik a, englik b, balandlik c); template T maximum(T k, T l); Yuqorida yozgan shablonimizni qo'llagan holga bir misol keltiraylik. // Shablonlar bilan ishlash # include template T summa(T a, T b) { return ( a b ); } int main() { int x = 22, y = 456; float m = .01, n = 56.90; // kasrli sonda nuqtadan oldingi (butun qismdagi) // nolni berish shart emas: ... m = .01 ... cout << "int: 22 456 = " << summa(x,y) << endl; cout << "float: 0.01 56.90 = " << summa(0.01,56.90) << endl; return (0); } Ekranda: int: 22 456 = 478 float: 0.01 56.90 = 56.91 Shablonlarni funksiyalardan tashqari klaslarga ham qo'llasa bo'ladi. Ko'rib turganimizdek, shablonlar faqat bir marotaba yoziladi. Keyin esa mos keladigan tiplar qo'yilib, yozilib ketilaveradi. Aslida shablonlar C ning standartida juda ko'p qo'llanilgan. Agar bilib ishlatilsa, shablonlar dasturchining eng kuchli quroliga aylanishi mumkin. Biz keyinroq yana shablonlar mavzusiga qaytamiz. C 4-darslik Massivlar Bu qismda dasturdagi ma'lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz.Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda hotirada egallagan joyi o'zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o'z hajmini, egallagan hotirasini o'zgartirishi mumkin. Agar struktura bir hil kattalikdagi tiplardan tuzilgan bo'lsa, uning nomi massiv (array) deyiladi. Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot tiplaridir. Bundan tashqari strukturalar bir necha farqli tipdagi o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Buni biz klas (Pascalda record) deymiz. Masalan bunday strukturamiz ichida odam ismi va yoshi bo'lishi mumkin. Bu bo'limda biz massivlar bilan yaqindan tanishib o'tamiz. Bu bo'limdagi massivlarimiz C uslubidagi, pointerlarga (ko'rsatkichlarga) asoslan strukturalardir. Massivlarning boshqa ko'rinishlarini keyingi qismlarda o'tamiz. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o'zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o'zgaruvchini ko'rsatish uchun massiv nomi va kerakli o'zgaruvchi indeksini yozamiz. C/C dagi massivlardagi elementlar indeksi har doim noldan boshlanadi. Bizda char tipidagi m nomli massiv bor bo'lsin. Va uning 4 dona elementi mavjud bo'lsin. Shemada bunday ko'rsataylik: m[0] -> 4 m[1] -> -44 m[2] -> 109 m[3] -> 23 Ko'rib turganimizdek, elementga murojaat qilish uchun massiv nomi va [] qavslar ichida element indeksi yoziladi. Bu yerda birinchi element qiymati 4, ikkinchi element - 1 nomerli indeksda -44 qiymatlari bor ekan. Ohirgi element indeksi n-1 bo'ladi (n - massiv elementlari soni). [] qavslar ichidagi indeks butun son yoki butun songa olib keluvchi ifoda bo'lmog'i lozim. Masalan: ... int k = 4, l = 2; m[ k-l ] = 77; // m[2] = 77 m[3] *= 2; // m[3] = 46 double d = m[0] * 6; // d = 24 cout << m[1]; // Ekranda: -44 ... Massivlarni ishlatish uchun ularni e'lon qilish va kerak bo'lsa massiv elementlarini initsalizatsiya qilish kerak. Massiv e'lon qilinganda kompilyator elementlar soniga teng hajmda hotira ajratadi. Masalan yuqorida qo'llanilgan char tipidagi m massivini e'lon qilaylik. char m[4]; Bu yerdagi 4 soni massivdagi elementlar miqdorini bildiradi. Bir necha massivni e'londa bersak ham bo'ladi: int m1[4], m2[99], k, l = 0; Massiv elementlari dastur davomida initsalizatsiya qilishimiz mumkin, yoki boshlang'ich qiymatlarni e'lon vaqtida, {} qavslar ichida ham bersak bo'ladi. {} qavslardagagi qiymatlar massiv initsalizaytsiya ro'yhati deyiladi. int n[5] = {3, 5, -33, 5, 90}; Yuqorida birinchi elementning qiymati 3, ikkinchiniki 5 ... ohirgi beshinchi element qiymati esa 90 bo'ldi. Boshqa misol: double array[10] = {0.0, 0.4, 3.55}; Bu yerdagi massiv tipi double bo'ldi. Ushbu massiv 10 ta elementdan iboratdir. {} qavslar ichida esa faqat boshlangich uchta element qiymatlari berildi. Bunday holda, qolgan elementlar avtomatik tarzda nolga tenglashtiriladi. Bu yerda aytib o'tishimiz kerakki, {} qavslar ichida berilgan boshlangish qiymatlar soni massivdagi elementlar sonidan katta bo'lsa, sintaksis hatosi vujudga keladi. Masalan: char k[3] = {3, 4, 6, -66, 34, 90}; // Hato! Uch elementdan iborat massivga 6 dona boshlangich qiymat berilyapti, bu hatodir. Boshqa misolni ko'rib chiqaylik: int w[] = {3, 7, 90, 78}; w nomli massiv e'lon qilindi, lekin [] qavslar ichida massivdagi elementlar soni berilmadi. Bunday holda necha elementga joy ajratishni kompilyator {} qavslar ichidagi boshlangich qiymatlar miqdoriga qarab biladi. Demak, yuqoridagi misolda w massivimiz 4 dona elementdan iborat bo'ladi. E'lon davridagi massiv initsalizatsiya ro'yhati dastur ijrosi vaqtidagi initsalizatsiyadan ko'ra tezroq ishlaydigan mashina kodini vujudga keltiradi. Bir misol keltiraylik. // Massivlar bilan ishlash. # include # include const int massiv = 8; // massiv kattaligi uchun konstanta int k[massiv]; char c[massiv] = {5,7,8,9,3,44,-33,0}; // massiv initsalizatsiya ro'yhati int main() { for (int i = 0; i < massiv; i ) { k[i] = i 1; // dastur ichida inisalizatsiya } for (int j = 0; j < massiv; j ) { cout << k[j] << setw(4) << c[j] << endl; } return (0); } Ekranda: 1 5 2 7 3 8 4 9 5 3 6 44 7 -33 8 0 Yuqorida faylini dasturimizga kiritdik. Bu e'lon faylida standart kirish/chiqish oqimlari bilan ishlaydigan buyruqlar berilgan. Dasturimizda qo'llanilgan setw() manipulyatori chiqish oqimiga berilayatgan ma'lumotlarning eng kichik kengligini belgilaydi, biz setw() parametrini 4 deb berdik, demak c[] massivi elementlari 4 harf kenglikda ekranga bosiladilar. Agar kenglik kamlik qilsa, u kattalashtiriladi, agar bo'sh joy qolsa, elementlar chapga yondashilib yoziladi. Biz va manipulyatorlarni keyinroq to'la ko'rib chiqamiz. Misolimizda massiv nomli konstantani qo'lladik. Uning yordamida massiv chegaralarini va for strukturasidagi chegaraviy qiymatlarni berdik. Bunday o'zgarmasni qo'llash dasturda hatoga yo'l qo'yishni kamaytiradi. Massiv chegarasi o'zgarganda, dasturning faqat bir joyiga o'zgarish kiritiladi. Massiv hajmi e'lonida faqat const sifatli o'zgaruvchilar qo'llanilishi mumkin. Massivlar bilan ishlaganda eng ko'p yo'l qoyiladigan hato bu massivga 0 dan kichkina va (n-1) dan (n: massivdagi elementlar soni) katta indeks bilan murojaat qilishdir. Bunday hato dastur mantig'i hatosiga olib keladi. Kompilyator bu turdagi hatolarni tekshirmaydi. Keyinroq o'zimiza yozgan massiv klaslarida ushbu hatoni tekshiriladigan qilishimiz mumkin. 10 ta sonning tushish ehtimilini ko'rsaturvchi dastur yozaylik. // Ehtimollar va massivlar # include # include # include # include int main () { const int massivHajmi = 10; int m[massivHajmi] = {0}; // hamma 10 ta element // 0 ga tenglashtirildi srand( time(NULL) ); for(int i = 0; i < 1000; i ) { m[ rand() % 10 ]; } for(int j = 0; j < massivHajmi; j ) { cout << j << setw(4) << m[j] << endl; } return (0); } Ekranda: 0 96 1 89 2 111 3 97 4 107 5 91 6 100 7 118 8 99 9 92 Ko'rib turganimizdek, sonlarning tushish ehtimoli nisbatan tengdir. Albatta, bu qiymatlar dasturning har yangi ishlashida o'zgaradi. m[ rand() % 10 ]; Yozuvi bilan biz massivning rand() % 10 indeksli elementini birga oshirmoqdamiz. Bunda rand () % 10 ifodasidan chiqadigan qiymatlar [0;9] ichida yotadi. Satrlar, yani harflar ketma-ketligi ("Toshkent", "Yangi yilingiz bilan!"...) C/C da char tipidagi massivlar yordamida beriladi. Bunday satrlar bilan islovlar juda tez bajariladi. Chunki ortiqcha tekshirishlar bajarilmaydi. Bundan tashqari C da ancha rivojlangan String klasi mavjuddir, u oddiy char bilan berilgan satrlardan ko'ra qulayroqdir. Lekin ushbu klas ko'proq joy egallaydi va massivli satrlardan ko'ra sekinroq ishlaydi. String klasini keyingi qismlarda o'tamiz. Qolaversa, satrlar bilan ishlash uchun biz o'zimiz klas yoki struktura yozishimiz mumkin. C dan meros bo'lib qolgan satrlar ustida amallar bajarish uchun biz dasturimizga (yangi ismi ) e'lon faylini kiritishimiz kerak. Ushbu e'lon faylida berilgan funksiyalar bilan keyingi bo'limda ishlaymiz. Harflar, yani literalar, aytib o'tganimizdek, C da char tipi orqali beriladi. Literalar apostroflarga ('S', '*' ...) olinadi. Satrlar esa qo'shtirnoqlarga olinadi. Satrlar e'loniga misol beraylik. char string[] = "Malibu"; char *p = "Ikkinchi!?!"; Satrlarni yuqoridagi ikkita yo'l bilan initsalizatsiya qilsa bo'ladi. Satrlar ikkinchi uslubda e'lon qilinganda, yani pointer mehanizmi qo'llanilganda, ba'zi bir kompilyatorlar satrlarni hotiraning konstantalar saqlanadigan qismiga qo'yadi. Yani ushbu satrlarga o'zgartirish kiritilishi ta'qiqlanadi. Shu sababli satrlarni hardoim o'zgartirish imkoni bo'lishi uchun ularni char tipidagi massivlar ko'rinishida e'lon qilish afzaldir. Satrlar massiv yordamida berilganda, ularning uzunligi noma'lumdir. Shu sababli satrning tugaganligini bildirish uchun satr ohiriga mahsus belgi nol literasi qo'yiladi. Uning dastursa belgilanishi '\0' ko'rinishga ega. Demak, yuqorida berilgan "Malibu" satriga ohiriga '\0' belgisi qo'shiladi, yani massivning umumiy uzunligi "Malibu":6 '\0':1 = 7 ta char tipidagi elementga teng bo'ladi. Satrlarni massiv initsalizatsiya ro'yhati ko'rinishida ham bersak bo'ladi: char c[6] = {'A', 'B', 'C', 'D', 'E' , '\0'}; ... cout << c; ... Ekranda: ABCDE Biz cout bilan c ning qiymati ekranga bosib chiqardik. Aynan shunday klaviaturadan ham o'qib olishimiz mumkin: char string[80]; cin >> string; Eng muhimi satr bilan '\0' belgisi uchun yetarli joy bo'lishi kerak. Satrlar massiv yordamida berilganligi uchun, alohida elementlarga indeks orqali yetishish mumkin, masalan: char k[] = "Bahor keldi, gullar ochildi."; for (int i = 0; k[i] != '\0'; i ) if ( (i mod 2) == 0 ) // juft sonlar uchun haqiqat bo'ladi cout << k[i] << " "; Ekranda: B h r k l i u l r o h l i Yuqoridagi misolda, sikl tugashi uchun k[i] element '\0' belgiga teng bo'lishi kerak. FUNKSIYALARNING MASSIV KIRISH PARAMETRLARI Funksiyalarga massivlarni kirish argument sifatida berish uchun parametr e'lonida [] qavslar qo'yiladi. Masalan: ... void sortArray(int [], int ); // funksiya e'loni void sortArray(int n[], int hajm) { // funksiya aniqlanishi ... } ... Dasturda esa, funksiya chaqirilganda, massivning faqat ishmi beriladi halos, [] qavslarning keragi yo'q. int size = 10; int array[size] = {0}; ... void sortArray(array, size); // funksiya chaqirig'i, // faqat massiv ismi - array berildi ... Funksiyaga massivlarni berganimizda, eng katta muammo bu qanday qilib massivdagi elementlari sonini berishdir. Eng yaxshi usul bu massiv kattaligini qo'shimcha kirish parametri orqali funksiyaga bildirishdir. Bundan tashqari, massiv hajmini global konstanta orqali e'lon qilishimiz mumkin. Lekin bu ma'lumotni ochib tashlaydi, global sohani ortiqcha narsalar bilan to'ldirib tashlaydi. Undan tashqari massiv hajmini funksiyaning o'ziga yozib qoyishimiz mumkin. Biroq bunda bizning funksiyamiz faqat bitta kattalikdagi massivlar bilan ishlaydigan bo'lib qoladi. Yani dasturimiz dimamizmni yo'qotadi. Klaslar yordamida tuzilgan massivlar o'z hajmini biladi. Agar bunday ob'ektlarni qo'llasak, boshqa qo'shimcha parametrlarni qo'llashimizning keragi yo'q. Funksiyalarga massivlar ko'rsatkich ko'rinishida beriladi. Buni C , biz ko'rsatmagan bo'lsak ham, avtomatik ravishda bajaradi. Agar massivlar qiymat bo'yicha chaqirilganda edi, har bir massiv elementining nushasi olinishi kerak bo'lardi, bu esa dastur ishlash tezligiga salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Lekin massivning alohida elementi argument o'rnida funksiyaga berilganda, ushbu element, aksi ko'rsatilmagan bo'lsa, qiymat bo'yicha beriladi. Masalan: ... double m[3] = {3.0, 6.88, 4.7}; void foo(double d){ ... } ... int main() { ... void foo(m[2]); // m massivining uchinchi elementining qiymati - 4.7 berildi ... return (0); } Agar kiritilayatgan massiv funksiya ichida o'zgarishi ta'qiqlansa, biz funksiya massiv parametri oldiga const sifatini qo'ysak bo'ladi: foo(const char []); Bunda funksiyaga kiradigan massiv funksiya tomonidan o'zgartirilmaydi. Agar o'zgartirishga urinishlar bo'lsa, kompilyator hato beradi. Massivlar va funksiyalarning birga ko'llanilishiga misol beraylik. // Massiv argumentli funksiyalar # include const int arraySize = 10; double ortalama(int m[], int size) { double temp = 0; for (int i = 0; i < size; i ) { temp = m[i]; } return ( temp / size ); } void printArray(const int n[], int size, int ortalama) { for (int i = 0; i < size; i ) { cout << n[i]; << endl; } cout << "O'rtalama: " << ortalama << endl; } int main() { int m[10] = {89,55,99,356,89,335,78743,44,767,346}; printArray(m, arraySize, ortalama(m, arraySize)) ; return (0); } Ekranda: 89 55 99 356 89 335 78743 44 767 346 O'rtalama: 8092.3 BIR NECHA INDEKSLI MASSIVLAR Massivlar bir necha indeksga ega bo'lishlari mumkin. C kompilyatorlari eng kamida 12 ta indeks bilan ishlashlari mumkin. Masalan, matematikadagi m x n kattalikdagi matritsani ikkita indeksli massiv yordamida berisak bo'ladi. int matritsa [4][10]; Yuqorida to'rt satrlik, 10 ustunlik matritsani e'lon qildik. Bir indeksli massivlar kabi ko'p indeksli massivlarni initsalizatsiya ro'yhati bilan birga e'lon qilish mumkin. Masalan: char c[3][4] = { { 2, 3,9, 5}, // birinchi satr qiymatlari {-10, 77,5, 1}, // ikkinchi " " { 90,233,3,-3} // uchinchi " " }; int m[2][2] = {56,77,8,-3}; // oldin birinchi satrga qiymatlar beriladi, // keyin esa ikkinchi satrga double d[4][3][6] = {2.55, -46,0988}; // birinchi satrning dastlabki ikkita // elementi qiymat oladi, // massivning qolgan elementlari esa // nolga tenglashtiriladi Massivning har bir indeksi alohida [] qavslar ichiga olinishi kerak. Yuqoridagi c[][] massivining ikkinchi satr, birinchi ustunidagi elementi qiymatini birga oshirish uchun c[1][0]; // yoki c[1][0] ; // c[1][0] = 1; // c[1][0] = c[1][0] 1; deb yozishimiz mumkin. Massiv indekslari 0 dan boshlanishini unutmaslik zarur. Agar c[1,0]; deb yozganimizda hato bo'lar edi. C bu yozuvni c[0]; deb tushunar edi, chunki kompilyator vergul bilan ajratilgan ro'yhatning eng ohirgi elementini qabul qilardi. Hullas, C dagi ko'p indeksli massivlar dasturchiga behisob imkoniyatlar beradi. Undan tashqari, ular hotirada static joylashganligi uchun ularning ishlash tezligi kattadir. C dagi ko'p indeksli massivlar hotirada ketma-ket joylashgandir. Shu sababli agar massiv funksiyaga kirish parametri sifatida berilsa, faqat birinchi indeks tushurilib qoldiriladi, qolgan indekslar esa yozilishi shartdir. Aks taqdirda funksiya massiv kattaligini to'g'ri keltirib chiqarolmaydi. Massiv parametrli bir funksiya e'lonini beraylik. //Ko'p indeksli massivlar # include int indeks = 3; int intArray[indeks][4] = {}; // hamma elementlar 0 ga tenglashtirildi void printArray(int mass[][4], int idx){ // funksiya e'loni for (int i = 0; i < idx; i ) { // massivning birinchi indeksini // o'zgartirsa bo'ladi for (int k = 0; k < 4; k ){ // massivning ikkinchi indeksi o'zgarmaydi cout << mass[i][k]; } cout << endl; } return; } ... int main() { ... printArray(intArray); // funksiya chaqirig'i ... return (0); } Massivning indekslarini funksiyaga bildirish yana muammoligicha qoladi. Albatta, birinchi indeksdan tashqari qolgan boshqa indekslar kattaligini funksiya ichida berish ma'noga egadir. Lekin birinchi indeks kattaligini tashqaridan, qo'shimcha parametr sifatida bersak, funksiyamiz chiroyliroq chiqadi, turli kattalikdagi massivlarni o'lish imkoniga ega bo'ladi. C 5-darslik POINTER (ko'rsatkich) VA SATRLAR C da ikki ko'rinishdagi ko'rsatkichlar - &-ko'rsatkichlar va pointerlar mavjuddir. Aslida bularning farqi faqat qo'llanilishi va ko'rinishida desak ham bo'ladi. Bu qismda biz C dan meros qolgan pointerlar bilan yaqindan tanishamiz. &-ko'rsatkichlarni biz o'tgan qismda ko'rgan edik. Pointerlar C/C dasturlash tillarining eng kuchli qurollaridandir. Lekin pointer tushunchasini anglash ham oson emas. Pointerlar yordamida funksiyalarning ko'rsatkich bo'yicha chaqirish mehanizmini amalga oshirish mumkin. Undan tashqari pointerlar yordamida dinamik strukturalar – stek (stack), ro'yhat (list), navbat (queue) va darahtlar (tree) tuzish mumkin. Undan tashqari pointer, satr va massivlar orasida yaqin aloqa bordir. Satr va massivlarni pointerlar yordamida berish bizga C dan meros bo'lob qoldi. Keyingi boblarda biz satr va massivlarni to'la qonli ob'ekt sifatida qo'lga olamiz. Pointerlar qiymat sifatida hotira adreslarini oladilar. Oddiy o'zgaruvchilar ma'lum bir qiymatga ega bo'lgan bir paytda, pointerlar boshqa bir o'zgaruvchining adresini o'z ichlariga oladilar. Shunda o'zgaruvchi bevosita qiymatga ko'rsatib tursa, pointer qiymatga bilvosita ko'rsatadi. Pointer e'lonida, pointer ismidan oldin '*' (yulduzcha, ko'paytiruv) belgisi qo'yilishi kerak. Misolda ko'raylik: char *charPtr, c = 8, *pc, ff[] = "IcyCool"; Bu yerda charPtr va pc lar char tipidagi ko'rsatkichlardir. Yani, charPtr ni "char tipidagi oz'garuvchiga ga ko'rsatkich" deb o'qisak bo'ladi. Ko'rsatkich sifatida e'lon qilinayatgan har bir o'zgaruvchi ismi oldida '*' bo'lishi shartdir. Pointerlarni boshqa o'zgaruvchilar kabi e'lon davrida, yoki dastur ichida qiymat berish yordamida initsalizatsiya qilish mumkin. Pointerlar qiymat sifatida faqat o'zgaruvchi yoki ob'ektlarning adreslarini va NULL yoki 0 ni oladilar. NULL simvolik konstantasi va boshqa bir necha standart e'lon fayllarida aniqlangan. Pointerga NULL qiymatini berish pointerni 0 ga tenglashtirish bilan tengdir, ammo C pointerga to'g'ridan-to'g'ri 0 qiymatini berish afzalroqdir, chunki agar NULL emas, 0 qiymati berilsa, ushbu qiymat avtomatik ravishda pointerning tipiga keltiriladi. Butun sonlardan faqat 0 qiymati pointerga keltirilishsiz berilishi mumkin. Agar ma'lum bir hotira adresini pointerga bermoqchi bo'lsak, quyidagicha yozishimiz mumkin: int *iPtr, address = 0x45ad7 ; iPtr = (int *) address; // C uslubida tiplarni keltirish iPtr = static_cast(address); // C " " " Lekin, albatta, yuqoridagi yozganimizni kamdam-kam qo'llashga to'g'ri kelsa kerak, chunki adres olishning soddaroq yo'llari bordir. Aslida, pointer e'lon qilinsa-yu lekin hali qo'llanilmayatgan bo'lsa, unga 0 qiymatini berish tavsiya etiladi. Chunki, agar biz bu 0 qiymatli pointerni bilmasdan qo'llamoqchi bo'lsak, kompilyator hato beradi, bunga sabab odatda operatsiyon sistemalar 0 adresli hotira
1   2   3


Download 190.92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa


C++ dasturlash tili -kirish so'zi- assalomu alaykum! O'Zbek tilida dasturlash mavzusiga doir zamonaviy adabiyotlar ko'p emas. Shu bois c++ ni O'zbek tilida tushunturuvchi qo'llanmani yozishga qaror qildim

Download 190.92 Kb.