C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlash




Download 255.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana01.06.2023
Hajmi255.77 Kb.
#68378
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
C-dasturlash-tilida-fayllar-bilan-ishlash
M618-Combined-Micro-Sim-and-Micro-SD-Holder-Drawing, 1, 2. O\'zbekiston 2050-yilda, Мунозара клуби низоми, Sharipova Sabokhat (2), KT Amaliyot 15, 1 - topshiriq, DIQQAT, 1-amaliy ish algoritm


C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlash 
Ko‘pgina kompyuter dasturlari fayllar bilan ishlaydi. Bunda fayllarni yaratish, 
o‘chirish, yozish, o‘qish, ochish mumkin bo‘ladi. Fayl – bu xotira qurilmalarida 
saqlanishi mumkin bo‘lgan baytlar to‘plamidir. Fayl o‘ziga xos nomga ega, 
masalan, fayl.txt fayli bo‘lgan ma’lum bir bayt ketma-ketligi sifatida tushuniladi. 
Xuddi shu nomdagi fayllar bitta katalogda bo‘lishi mumkin emas. Fayl nomi 
nafaqat uning nomini, balki kengaytmasini ham anglatadi, masalan: file.txt va 
file.dat bir xil nomga ega bo‘lsada, turli xil fayllar hisoblanadi. Fayllarning to‘liq 
nomi kabi tushuncha mavjud – bu fayl nomi bilan fayl katalogining to‘liq 
manzilidir, masalan: D:\docs\file.txt. Ushbu asosiy tushunchalarni tushunish 
muhim hisoblanadi, aks holda fayllar bilan ishlashda muammo paydo bo‘ladi. 
C++ dasturlash tilida barcha fayllar, baytlar ketma-ketligi deb qaraladi. Uning 
kutubxonasidagi funksiyalar fayllar bilan ham, qurilmalar bilan ham ma’lumot 
almashinishda foydalaniladi. C++ tili kutubxonasida kiritish va chiqarish, quyi 
darajadagi kiritish, chiqarish hamda portlar uchun kiritish va chiqarish, 
shuningdek, oqimli daraja tizim xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi uchun qaralmaydi. 
Oqimli chiqarish va kiritishda ma’lumotlar bilan almashish baytma-bayt 
amalga oshiriladi. Ammo tashqi xotira qurilmalari bilan almashish oldidan 
belgilangan ma’lumotlar bloki orqali amalga oshiriladi. Odatda ushbu blokning 
minimal hajmi 512 yoki 1024 baytga teng bo‘ladi. Bunda diskga o‘qilishda 
ma’lumotlar operatsion qatordagi buferi yoziladi, so‘ngra baytma bayt buferga 
yig‘iladi, so‘ngra diskka har bir murojaat qilinganda yagona blok sifatida uzatiladi. 
Shuning uchun ma’lumot almashishi diskka to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishiga 
ko‘ra tezroq amalga oshadi. Ushbu fikrlardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, oqim 
– bu buferlash vositalari va fayldir.
Oqim bilan ishlashda quyidagi vazifalarni bajarish mumkin: 
- oqimlarni ochish va yopish; 
- belgi, satr, formatlangan ma’lumot ixtiyoriy uzunlikdagi ma’lumotlarni 
kiritish yoki chiqarish va fayl oxiriga yetganlik shartini tahlil qilish; 


- buferlash va bufer hajmini boshqarish; 
- ko‘rsatkich oqimidagi o‘rnini aniqlash yoki yangi o‘ringa o‘tkazish. 
Ushbu vazifalarni bajarishda, dasturrga stdio.h – faylini ulash talab etiladi.
Buning natijasida dastur bajarilishi boshlanganda avtomatik ravishda quyidagi 
oqimlar ochiladi: 
- standart kiritish oqimi stdin
- standart chiqarish oqimi stdout
- xatolar haqida malumotlar standart oqimi stderr

Download 255.77 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 255.77 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



C++ dasturlash tilida fayllar bilan ishlash

Download 255.77 Kb.
Pdf ko'rish